Mavzu: Portlandsement xossalari




Download 25,97 Kb.
bet1/2
Sana17.05.2024
Hajmi25,97 Kb.
#240621
  1   2
Bog'liq
portandsement


Mavzu: Portlandsement xossalari,



Reja:


  1. Portlandstement tayyorlash texnologiyasi asoslari


  2. Portlandstementning mineralogik tarkibi va qotishining asosiy nazariyasi


  3. Portlandstementning xossalari va uning qo’llanilishi


Tarkibi asosan (70—80%) silikat kalsiydan (CaC03 va 20— 30% gil tuproq va boshqa qo’shilmalardan) tashkil topgan gid­ravlik bogiovchi moddaga portlandsement deb ataladi. Portland­sement qisman erib tosh holatga aylangan klinkerni gips yoki boshqa qo’shilmalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo’lgan gidravlik bog’lovchi moddadir.



Portlandsement xossalarini o’zgartirish, shuningdek, Yo’lning tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga faol — gidravlik va inert ma’danli qo’shilmalar qo’shiladi. Inert qo’shilmalar (ohak-tosh, dolomit, kvars qum va h.k.) miqdori 10% dan, faol (trepel, diatomit, trass va h.k.) qo’shilmalar miqdori odatda 15% dan oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qo’shilmalar 20% va undan ortiq bo’lishi ham mumkin. Klinkerni tuyganda unga odatda ko’pi bilan 3% gips (sulfat kislota angidridga nisbatan hisob-langanda) qo’shiladi. Bu bilan sementning quyuqlashish muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi ta’sir qiladi.
Klinker. Portlandsementning sifat ko’rsatkichlari (mustahkamli-gi, chidamliligi, mustahkamlikni oshirish tezligi) asosan, klinker sifatiga bog’liq. Portlandsement klinkeri o’lchamlari 10—20 mm dan 50—60 mm gacha mayda va yirik donalar ko’rinishida olinadi.
Kuygan klinker o’zining mikrOtuzilishiga ko’ra murakkab zar-rachasimon kristallar va shishasimon mahsulotlar aralashmasidan iborat. Klinker sifati asosiy oksidlar miqdori, mineralogik tarkibi va asosiy oksidlarining o’zaro nisbatiga qarab baholanadi.
Klinkerning kimyoviy tarkibi katta oraliqda o’zgarib turadi. Portlandsementning klinkerini ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida gil (30%) va ohaktosh (70%) ishlatiladi.
Agar portlandsementda ko’p miqdorda ishqoriy temir oksid­lar bo’lsa, beton yuzasida sho’r dog’lar hosil bo’lishi mumkin.
Standartga ko’ra, portlandsement tarkibida ishqor istalgan miqdorda bo’lishi mumkin, ammo gidrotexnik betonlar uchun 0,6% dan, yer usti konstruksiyalarini qurishda ishlatiladigan betonlar uchun esa 1% dan ortiq ishqori bo’lgan portlandsement ishlatish tavsiya etilmaydi.
Moslashtiruvchi qo’shilmalar. Asosiy xomashyo ohaktosh va gil nisbatini o’zgartirish bilan kerakli kimyoviy tarkibdagi klinkcr olishga imkon bo’lavermaydi. Shuning uchun ko’pincha uchinchi, ba’zan esa to’rtinchi moslashtiruv qo’shilmalar qo’shishga to’g’ri keladi. Xomashyo aralashmasiga tarkibida (SiO)2 qumtuprog’i ko’p bo’lgan moddalar (trepel, opoka, diatomit) qo’shib ko’paytiriladi.
Yoqilg’i. Xomashyolarni kuydirish uchun qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg’i ishlatiladi. Suyuq va gazsimon yoqilg’i eng yaxshi yoqilg’i hisoblanib, ularni yoqqanda kul hosil bo’lmaydi.
Portlandsementni ishlab chiqarish texnologiyasi
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik bosqichlar bajariladi: ohaktosh va gil qazib olish; xomashyolarni tayyorlash; yoqilg’ini tayyorlash; xomashyolarni kuydirish; klinkerni qo’shilmalar bilan birga tuyish; sementni omborga joylash. Xomashyolar suv ishtirokida tayyorlansa, port­landsement ishlab chiqarish «xo’l» usul deb, quruqligicha tayyorlansa «quruq» usul deb ataladi.
O’rta Osiyoda birinchi marotaba «quruq usul» deb ataladigan texnologiya asosida Navoiy shahrida sement ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirildi. Bunda xomashyoni kuydirish uchun sarf-lanadigan yonilg’ining 30—35% tejaladi. Hozirgi zavodlarda ishlab turgan eng yirik aylanuvchi xumdonlarning diametridan 1,5—2 baravar katta — 7 diametri metr va uzunligi 95 metr bo’lgan o’choqlar o’rnatilgan.
Sementni «quruq» usulda ishlab chiqarish Germaniyada 90%, Yaponiyada 78%, Chexiyada 64%, Vengriyada 55%, Bolgariyada 45%, Amerikada 42% ni tashkil etadi. Bu usulga mo’ljallab qurilgan zavodlar so’zsiz katta iqtisodiy samara beradi.
Muayyan texnik xossalarga ega bo’lgan portlandsement olish uchun klinkerni tuyish, unga gips va faol mineral (gidravlik) qo’shilmalar qo’shish kerak. Tayyorlangan klinker qanchalik mayda tuyilgan bo’lsa, portlandsement faolligi shunchalik yuqori bo’ladi, u dastlabki muddatlarda tezroq qotadi.
Standartda ko’rsatilgan talablarga muvofiq, portlandsement 30—45 daqiqadan key in quyuqlasha boshlaydi va kamida 12 soatdan keyin quyuqlashish tamom bo’ladi. Yangi tayyorlangan beton va qorishmani sementning quyuqlanishini boshlanishigacha ishlatib bo’lishi kerak. Aks holda betonning mustahkamligi pasayib ketadi. Shuning uchun yo’l quruvchilarning o’zlari ishlatayotgan sement­ning quyuqlanish muddatlarini bilishlari juda muhim. Harorat ortib borishi bilan sementning quyuqlanishi tezlashadi, harorat pasayishi bilan esa sekinlashadi.
Sement xamirining quyuqlashish jarayonida C3A asosiy rol o’ynaydi. Uch kalsiyli aluminat qanday tezlikda quyuqlashsa, gips qo’shilmagan maydalangan portlandsement klinkeri ham taxminan shunday tezlikda quyuqlashadi (4.2-jadval).
4.2-jadval
Sement solishtirma yuzasining quyuqlashish muddatlariga ta’siri


Download 25,97 Kb.
  1   2




Download 25,97 Kb.