Mavzu: Portlandsement xossalari




Download 25,97 Kb.
bet2/2
Sana17.05.2024
Hajmi25,97 Kb.
#240621
1   2
Bog'liq
portandsement

Portland sement (Inglizcha: Portland – Birlashgan Qirollikadagi yarim orol nomidan), suvga chidamli bogʻlovchi modda; qurilish materiali. Tarkibi asosan kalsiy silikatlardan iborat. Sementning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Klinker va gips (3—7%) aralashmasini juda mayin tuyib olinadi. Aralashmaga maʼlum miqdorda (10—15%) faol mineral modda aralashtirilishi ham mumkin. Tarkibi, xossalari va qoʻllanish sohalariga koʻra, Portland sement oddiy, tez qotuvchan, gidrofob, sulfatga bardoshli, oq rangli, asbest-sement mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan va boshqalarga boʻlinadi. Portlandsementning tarkibi va sifati asosan klinkerning tarkibi va uning qanchalik mayin tuyilganligiga bogʻliq. Uning eng muhim xossasi suv bilan taʼsirlashganda qotish xususiyatidir. Bu xususiyati marka bilan belgilanadi, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Portland sementning markasi 300 dan 600 gacha (marka qancha yuqori boʻlsa, material shuncha sifatli hisoblanadi) Sementning asosiy xossalari
Sement toshi havoda qotayotganda, odatda hajmi kichrayadi, ya’ni kirishadi, suvda qotayotganda esa biroz ortadi, ya’ni shishadi (kengayadi). U bir oy davomida qotganda 0,5—0,6% ga kengayishi yoki kirishishi mumkin (ya’ni 1 metrda 1,5—6 mm kirishadi yoki kengayadi). Natijada, sement toshiga qaraganda beton bir nccha baravar kam kirishsa yoki kengaysa ham yaxlit beton konstruksiyalarda darz ketishi mumkin.
Qotishning dastlabki davrlardagi kirishishi yoki kengayishi bir oylik jarayonning 60—70% ini tashkil etadi. Bunga sabab, ko’rsa­tilgan davr ichida gidratlanayotgan sement donalarining namnitortishi va bug’lanish hisobiga xamir ayniqsa tcz suvsizlanishidir. Suvsizlanish natijasida, zarrachalar bir-biriga yaqinlashadi va sement toshi kirishadi. Vaqt o’tishi bilan cho’kish va kengayish deformatsiyalari to’xtaydi, biroq atrof-muhitning namligi o’zga-rishi bilan bu jarayon yana davom etishi mumkin.
Portlandsementning mustahkamligi namunalarning siqilishda-gi hamda egilishdagi mustahkamlik chegarasi bilan ifodalanadi. Portlandsement shu ko’rsatkichlarga ko’ra markalanadi. Markalar o’lchami 4x4x16 sm bo’lgan balkachalarning egilishdagi mustah­kamlik chegarasiga va yarim balkachalarning siqilishdagi mustah­kamlik chegarasiga qarab belgilanadi. Bu namunalar og’irlik bo’yicha 1:3 nisbatda tayyorlangan plastik sement qorishmasidan tayyorla-nib, 28 kun qotiriladi va shundan keyin sinaladi. 28 kun qotirilgan namunaning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi sementning fa-olligi deb ataladi. Agar sementning faolligi 54,6 MPa bo’lsa, Yo’lning markasi 500 qilib belgilanadi.
Portlandsement 300, 400, 500 va 600 markalarda ishlab chi-qariladi. Portlandsementdan tayyorlangan beton 3 kun davomida qotgandan so’ng Yo’lning mustahkamligi shu marka uchun belgilangan 28 kunlik mustahkamlikning yarmiga yetadi, mustah-kamlikning qolgan yarmiga esa 25 kundan keyin erishiladi.
Portlandsement asosida tayyorlangan namunalarning egilish­dagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagi mustahkamlik chegara-sidan ancha past bo’ladi. Sement toshi mustahkamligining o’sishi klinkerning mineralogik tarkibiga bog’liq. Uch kalsiyli silikat mu­stahkamligining ortish tezligi boshqa minerallarnikidan yuqori. C3S ning mustahkamligi ayniqsa, qotishning dastlabki 7 kunida tez ortadi. Shu davr ichida 28 kunlik mustahkamlikning 70% ga yaqinini ta’minlaydi. Bir oy qotganidan so’ng C3S mustah­kamligining ortishi keskin sustlashadi va 11 oyda bu mineralning mustahkamligi hammasi bo’lib 15% ga ortadi (taxminan 55—65 MPa gacha). Ikki kalsiyli silikat C,S ga qaraganda mustahkamligi dastlabki davrda oshmaydi. Ammo, keyinchalik C2S ning mustah­kamligi tezda orta boshlaydi va natijada C3S kabi mustahkamla-nadi.
Demak, yo’l qurilishida dastlabki davrda tez qotadigan beton tayyoriash kerak bo’lsa, tarkibida uch kalsiyli silikat ko’p bo’lgan alit portlandsement ishlatish lozim. Beton konstruksiyalari ko’p vaqt o’tgandan so’ng nihoyatda mustahkamlanishi talab qilinsa, belit portlandsement ishlatish kerak bo’ladi.
Plastik sement xamiri tayyoriash uchun zarur bo’lgan suv miqdoridan klinker minerallari kimyoviy yo’l bilan bog’lab olinadigan suv miqdori amalda doim kam bo’ladi. Masalan, 1 — 12 oydan so’ng sement kimyoviy sur’atda hammasi bo’lib o’z og’irligiga nisbatan 15—20% suv biriktiradi, vaholanki, normal quyuqiikdagi xamir olish uchun ham odatda 25% dan ortiq suv talab qilinadi (4.3-jadval).
4.3-jadval Sement solishtirma yuzasining birikkan suv miqdoriga ta’siri
Download 25,97 Kb.
1   2




Download 25,97 Kb.