II-BOB SO‘Z-GAP VA ULARNING TURLARI




Download 60,38 Kb.
bet5/9
Sana02.02.2024
Hajmi60,38 Kb.
#150391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gap boʻlaklari (2)

II-BOB SO‘Z-GAP VA ULARNING TURLARI.
2.1 Ularning tasnifiy belgilari haqida ma’ lumot.
Gap bo’ laklari gapni tashkil etgan sintaktik shakllarni to’ la qamrab olmas ekan, demak, gapni bo’ laklarga gap bo’ laklari rubrikasi ostida ajratish yetarli asosga
ega emas. Shuning uchun ham tilshunoslikda bu masala ham eng munozarali masalalardan biri bo’ lib kelmoqda.
Sintaktik birlik hisoblangan gapning shakliy tuzilishi jihatidan uning ziddiyatini hisobga olgan holda quyidagicha sintaktik shakllarga bo’ lish mumkin:
1) sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar;
2) sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar;
Bularning birinchi guruhi an’ anaviy gap bo’ laklari hisoblanadi.
So’ zlovchining biror fakt, voqea-hodisa to’ g‘ risida xabar berishi yoki ma’ lum predmetda muayyan belgining mavjudligini tasdiq yo inkor qilishini ifodalaydigan gap darak rap deyiladi. Masalan, Manzura yigitlarning qizg‘ in suxbatiga quloq soldi. So’ zlovchining o’ ziga noma’ lum bo’ lgan biror voqeani suhbatdoshdan bilib olish istagini, zaruriyatini ifodalovchi gap s o’ r o q gap deyiladi.
Buyurish, iltimos, taklif, xohish, o’ git-nasihat, xitob, ogohlantirish kabi har xil ifoda ottenkalarini ifodalovchi gap buyruq gap deyiladi.
Buyruq gaplar suhbatdoshni biror ish-harakatni bajarishga yoki undan voz kechishga da’ vat qiladi: Jangga kirdingmi qo’ rquvni unut. O‘ limni emas, o’ ldirishni o’ yla.
Darak, so’ roq , buyruq gaplar kuchli intonatsiya bilan talaffuz qilinishi va bu intonatsiyada so’ zlovchining his-hayajoni, ruhiy kechinmalari o’ z ifodasini topishi mumkin. Emotsional qimmat kasb etgan bunday gaplar undov gap deb ataladi. Masalan, Siddiqjonning bu vajohati Zunnunxo’ janing o’ yinini puchga chiqardi... shuning uchun Siddiqjondan baland kelishga tirishib, jahl bilan Yana nima kerak?!dedi. Yana nimam bor?! Kirmaysiz xonaga! Kiraman! Kirmaysiz! Kiraman!Ahmoq Ahmoq bo’ lmaganimda, shu ahvolga tusharmidim?!
Predmetda biror belgining mavjudligini yoki biror ish-harakatning yuzaga kelganligini, yuzaga kelishi mumkinligini anglatadigan gap tasdiq gap deyiladi: — Odamlar bundan ming yil ilgari ham quyosh nuridan foydalanishni bilganlar.
Inkor gap predmetda biror belgining mavjud emasligini yoki biror ish-harakatning sodir bo'lmaganligini, sodir bo’ lishi mo’ ljallanmaganligini anglatadi. Inkor gap inkor anglatadigan vositalar yordamida shakllanadi:
Undov gaplarda inkor va tasdiq kuchli emotsiya bilan ifodalanadi. Gap grammatik jihatdan tasdiq formasida bo'lsa ham, logik jihatdan undov-inkor gap ekanligi anglashilib turadi: Nahotki yerimiz chappa aylanib, nahotki daryolar oqar teskari!

Download 60,38 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 60,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB SO‘Z-GAP VA ULARNING TURLARI

Download 60,38 Kb.