I.2. Abdulla Qahhorning hikoyachilik maktabi




Download 52,21 Kb.
bet3/7
Sana22.02.2024
Hajmi52,21 Kb.
#160700
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1111111111 vvv

I.2. Abdulla Qahhorning hikoyachilik maktabi
Ma’lumki, Abdulla Qahhor ijodini hajviy she’rlar, felyetonlar yozishdan boshladi. Uning iste’dodi keyinchalik hikoya janrida yorqin namoyon bo‘ldi.
Abdulla Qahhor hikoyalarini shartli ravishda uch yo‘nalishga ajratish mumkin:
“Anor”, “Bemor”, “O‘g‘ri”, “Dahshat” kabilar tarixiy hikoyalar bo‘lib, ularda o‘zbek xalqining Oktabr to‘ntarishidan oldingi hayoti, ya’ni o‘tmishimiz voqealari aks etgan. Bu hikoyalar darsliklarda adabiyotshunoslik ilmida boylar tuzumi keskin fosh etilgan asarlar sifatida baholab kelindi. Mazkur asarlar o‘tmishimizga nafrat, sho‘ro tuzumiga muhabbat uyg‘otadi, deb xulosa chiqarildi.
Biroq o‘sha paytda berilgan baholar bir yoqlama edi. Aslida ushbu hikoyalarga umumbashariy badiiy-estetik talablardan kelib chiqib qarash lozim. Ularda o‘tmish hayoti-inson sha’nini kamsituvchi, jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy ildizlariga borib taqaluvchi norasoliklar haqqoniy tasvir etilgan.
Binobarin, adib hikoyalari umuminsoniy qadriyatlar yuksak darajada ifoda etilgan asarlardir. Bu jihatdan “Bemor” hikoyasi e’tiborli. Asardagi qattiq og‘rib, vafot etgan ayol taqdiri va unga biror yordam berishdan batamom ojiz eri Sotiboldining ahvoliga, uyqudan to‘ymagan ko‘zlari-yu, hali ancha shakl olmagan jujuq tilda onaizoriga saharda xudodan shifo tilovchi begunoh qizcha holati butun murakkabligi bilan aks etgan. Umuman, bir oila boshidan kechirgan bu kabi mudhish voqea faqat feodalizm jamiyati davridagi O‘zbekistondagina emas, istalgan, hatto taraqqiy etgan kapitalistik yoki yetmish yil davomida maktab kelingan sotsialistik jamiyatda ham bo‘lishi mumkin.
Abdulla Qahhorning ulkan iste’dodi va mahorati shundaki, u voqealarni umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan mafkuraviy betraflik asosida ifodalab bergan.
Yozuvchi siqiq va ixcham lavhalarda, kichik detallarda katta ma’nolarni jo etgan holda bir o‘zbek oilasi misolida mohirona tasvir etdi.
“Dahshat”da boshqa bir manzarani kuzatamiz. Unsin - asarning bosh qahramoni. U taqdir taqozosi bilan Olimxon dodhoxga o‘zigacha bo‘lgan etti xotinning kenjasi bo‘lib tushgan. U eriga sevimli va erka bo‘lib, taqdirda bori shu ekan-da, deb yashay berishi mumkin edi. Biroq Unsinning “O‘g‘ri”dagi Qobil bobo, «Anor»dagi Turobjon, “Bemor”dagi Sotiboldidan farqi shuki, u mutelik qurboni bo‘lib qolmaydi, erki uchun kurashadi. Adabiyotimizda aynan shu tipdagi qizlar obrazi yaratilgan: “Kecha va kunduz”dagi Zebi, “Qutlug‘ qon”dagi Gulnor. Ular taqdirga tan bergan qizlar. Biroq Unsin bu jihatdan ularga o‘xshamaydi. U o‘z taqdirini o‘zgartirmoq, o‘zi tug‘ilib o‘sgan uyiga qaytib ketmoq istagida tanho isyon ko‘taradi. Dodhox Unsinning rozi bo‘lishiga ishonqiramay shart qo‘yadi. Unsin qishlog‘iga ketish uchun yarim tunda qabristonga borib, choy qaynatib kelishi kerak edi. Yoshgina kelinchak uchun bundan ham qo‘rqinchli, bundan ham dahshatli ish bo‘lishi mumkinmi? O‘z erkini qo‘lga kiritish ilinjida Unsin rozi bo‘ladi. Abdulla Qahhorning mahorati shundaki, u o‘z qahramoni Unsun halokatini faqat dahshat yoxud fojiagina emas, erkinlik va xo‘rlik yo‘lidagi ezgu qo‘shiq darajasiga ko‘tara oldi.
“Xotinlar”, “Asror bobo”, “Ming bir jon”, “Mahalla” singari hikoyalarida zamondoshlarimizning ma’naviy dunyosini, insoniy xislatlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor berdi. “Ming bir jon” (1956) o‘n yildan buyon og‘ir dardga chalinib to‘shakka mixlanib qolgan ayol haqidagi hikoyadir. Kasalxonaga kim kelsa undan xabar oladi. Kimdir eti ustixoniga yopishgan jussani ko‘rib yoqa ushlaydi, kimdir esa uning bardoshiga, irodasiga qoyil qolib dalda beradi. Hoji aka esa bu ayolning dardini tushunishi u yoqda tursin, uning rangini ko‘riboq shaytonlab qoladi.
Asarning oxirida “teri-suyakdan iborat” bo‘lib qolgan o‘sha xasta ayolning tuzalib hayotga qaytganidan, yo‘g‘on chorpaxil Hoji akaning esa qazo qilganidan voqif bo‘lamiz. O‘n yil to‘shakda mixlanib yotgan ayolning hayotga qaytishi mo‘jiza edi aslida.
Abdulla Qahhor talqinidagi bu mo‘jiza asar bosh qahramonining jismoniy zaifligiga qaramay, irodasida, bardoshida, “hayotga to‘la ko‘zlarida”, ma’naviy qudratidadir. Uning hayotga chanqoqligida, odamlarga bo‘lgan mehridadir. Ayni vaqtda eri Akramjonning unga cheksiz muhabbatida, atrofini qurshagan odamlarning unga bergan ruhiy daldasidadir. Shu bois asar qahramonlaridan biri Mirrahimov “bu xotinning joni bitta emas, ming bitta” deydi.
Abdulla Qahhor - hajviy hikoyalar ustasi. U hajviy va yumoristik hikoyalarida qahramonlar xarakteri, dunyoqarashi, fe’l-atvoridagi ijtimoiy illat sifatida bartaraf etilishi zarur bo‘lgan kamchiliklarni, ba’zan yengil-yelpi tuzatish bilan to‘g‘rilanishi mumkin bo‘lgan xato va yetishmovchiliklarni ko‘rsatadi.
“Mayiz yemagan xotin” hikoyasida yozuvchi yangi zamondagi o‘zgarishlarni ko‘rolmaydigan, paranjini tashlagan qizaloqdan tortib har bir keksa ayolgacha-barchaga gumonsirab qaraydigan, ular haqida kurakda turmaydigan gaplarni tarqatadigan mulla Norqo‘zining hajviy qiyofasini yaratadi.
“Munofiq” hikoyasida ikkiyuzlamachi, bezbet, har so‘ziga, har harakatida turlanib, tuslanib turuvchi beor kishi obrazi yaratilsa, “Adabiyot muallimi”da o‘zi muallim bo‘la turib, bilimi sayozligidan oddiy bir vaziyatda kulgili holatga tushgan, lekin hech narsa bo‘lmagandek, pinagini buzmay suvdan quruq chiqib ketuvchi “ustamon” qiyofasi gavdalantirilgan.
Umuman, Abdulla Qahhor mazmunan teran, badiiy yuksak hikoyalar ijod etdi. Aytish mumkinki, Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos hikoyachilik maktabi yarata oldi.



Download 52,21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 52,21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.2. Abdulla Qahhorning hikoyachilik maktabi

Download 52,21 Kb.