O`tmishdan ertaklar” Abdulla Qahhor




Download 88,5 Kb.
bet3/3
Sana30.05.2024
Hajmi88,5 Kb.
#257782
1   2   3
Bog'liq
“O`tmishdan ertaklar” Abdulla Qahhor

MING QUYOSH SHULASI
Kitobda yoritilgan Afg'oniston hayotiga ham,urushlarga ham yetarlicha to'xtalib o'tilgan. Afg'oniston hayotiga Xolid Husayniyning uchchala romanini tugatgach umumiy qilib xulosa yoza(r)man. Hozir esa kitobdagi ikki asosiy obrozga ta'rif berib,keyin ular haqida qisqacha fikrimni yozaman. Afg'oniston qizlari timsoli ko'rsatib berilgan Maryam va Layloning hayotiga alohida to'xtalib o'tmoqchiman.
Maryam-gunoh mevasi! Tug'ilishi bilanoq "baxtsizlikning farzandi"ga aylangan murg'ak go'dak... Har haftada atiga bir bora ota diydorini ko'rish uchun kun va soatlar sanaydigan norasida... Hali aqlini tanib ulgurmasdan 'xaromi' nomini eshitishga mahkum etilgan bechora... Hayot qonuni shundayki, yuragimiz uchun eng og'ir zarbalar, aynan "yuragimiz ichidagilar" tomonidan beriladi (shaxsiy fikrim). Maryamning mehriga, yuragining to'riga loyiq ko'rgan insoni nima qildi? O'z farzandini ko'chada qoldirdi😞. Ne umidlar bilan eshigiga borgan bolasidan or qildi. Maryamchi? Otasi bilan atiga bir marta kinoteatrga borish uchun,uni butun borlig'i deb biladigan onasining o'limida o'zini ayblashga mahkum etildi. Kitobda boshqa obrozlardan ko'ra, shu qizga ko'proq achindim. Atiga 15 yoshli orzulari osmon qizaloqni,deyarli 40 yoshdagi erkakga turmushga berishdi. Vaxshiylik bu...😢 Avvaliga Rashid unga mehribonlik qilayotganini o'qib, qizaloq baxtga erishdi deb o'ylagandim. Lekin hech qancha o'tmasdan bu fikrlarim mutlaqo xatoligini tushundim. Voqealar rivojida yurakni ezadigan 'allanimalar' sodir bo'la boshladi. Atiga 15 yoshli qizaloqdan xotinlik vazifasini bajarishni so'radi😔 Nima deyotganimni tushunyapsizmi? U endigina 15 yoshda edi.
Yana bolasining nobud bo'lishida aybdor ham Maryam bo'ldi. Tabiiyki, yosh organizm ona bo'lishga tayyor emasdi. 18 yil shu erga chidab yashaganidan so'ng unga 14 yoshli kundosh olib kelindi. Bechora ayol kundosh uchun ham ko'p tahqirlashlarga chidaydi. Farzandsizlik uni ado qilgandi. Butun umidi, borlig'i bo'lgan kundoshining qizi Azizani ham taqdirning beshavqat sinovlari qaysidur ma'noda undan olib qo'ygandi. Alal-oqibat shu o'z qizidek ko'rgan shu kundoshini ximoya qilish uchun o'z jonini qurbon qiladi. To'g'ri boshida u kundoshini yomon ko'rib, o'ta xunuk muomalada bo'ldi, biroq keyinchalik shu qiz uchun o'limni bo'yniga olib, dor ostiga bordi. Yuragimni ezgani esa qayerdadur Maryamga o'xshagan minglab qizlar yashashyapti. Biz gender tengligi, ayollar huquqlari deb jar solayotgan bir vaqtda ular yosh boshiga bir nechta farzandning onasi, o'zidan 20-25 yosh erkakning ikkinchi yoki uchinchi xotini bo'lib yashashyapti. Afsus...
Laylo-erkatoy qiz. 14 yoshgacha deyarli uncha katta qiyinchilik ko'rmagan pari...(urushda dugonalarining o'limini hisobga olmaganda albatta). Maryamga nisbatan uning bolaligi ancha yaxshi o'tdi. Hali endi o'smirlikka qadam qo'yayotgan qizcha sevdi, sevildi. Avvaliga unda ancha nafratlandim. Qaysi aql bilan hali go'dak bo'lgan qiz o'z ixtiyorini birovga topshirib qo'ydi deb juda jahlim chiqdi. U buning uchun juda yosh edi. Bunday gunoh ishlarni o'ylash uchun yoshlik qilardi. Keyin farzandining taqdirini o'ylab salkam 60 yoshli erkakga xotin bo'lganida bir mehrim tushdi. Biroq bu uning gunohini oqlay olmasdi. U Maryamga qaraganda ancha yaxshi yashadi. Eri uncha avaylardi. Oxir oqibat farzandlari bilan,sevgan insoni bilan baxtga erishdi. Lekin men undan haliyam nafratlanyapman.
Avvallari kitoblarni o'qish vaqtida hech nafrat xissini tuymaganman. Yomon ko'rishim,jahlim chiqishi va yoki yig'lashim mumkin. Biroq ushbu kitobdagi ayollarga bo'lgan munosabatni o'qib haliyam o'zimga kelolmayapman. Ayol qancha kuchli bo'lmasin u bir suyanchiqga muhtojligi rost,biroq nega erkakdan qo'rqgani uchun unga itoat etishi kerak? Nega sevgani, sevilgani va hurmat qilgani uchun emas? Nega Maryam erining oliyjanobligi uchun hurmat qilishi yoritilmadi? Nega Laylo Tariqni unutib farzandlari uchun mehribon er bilan qolgani haqida yozilmadi? Chunki kitobda haqiqat yozilgan. Yurakni ezadigan jihati ham kitob to'qima voqealar bilan emas, yaqin o'tmishda (balkim hozir ham) sodir bo'lgan voqealar yoritilganidir.
.
Download 88,5 Kb.
1   2   3




Download 88,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`tmishdan ertaklar” Abdulla Qahhor

Download 88,5 Kb.