radiastion quritish - nam materialga issiqlik infraqizil nurlar orqali uzatiladi;
dielektrik quritish - nam material yuqori chastotali tok maydonida uzatiladi;
sublimastion quritish - nam material muzlagan holatda, yuqori vakuum ostida quritiladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, istalgan quritish usulida quritilayotgan nam material ko’pchilik hollarda issiqhavo bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Konvektiv quritish sanoat texnologiyalarida juda ko’p ishlatiladi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun nam materialga issiqhavo ta’sirining ahamiyati katta. Shuning uchun, nam havoning asosiy xossalarini bilish quritish jarayonini o’rganish va hisoblash uchun zarur.
Quruq havoning suv bug`i bilan aralashmasi nam havo deb nomlanadi. Nam havo absolyut va nisbiy namlik, nam saqlash, entalpiya, quruq va ho’l termometr temperaturalari, parstial bosim kabi parametrlar bilan xarakterlanadi.
Absolyut namlik deb 1 m3 nam havo hajmidagi suv bug`i (kg) miqdoriga aytiladi.
Agar parstial bosim rb da suv bug`i butun hajmi, masalan 1 m3 ni, egallasa, unda, absolyut namlik suv bug`i zichligi b ga teng.
Nisbiy namlik deb havo absolyut namligining, to’yinish paytidagi absolyut namlik nisbatiga aytiladi:
bu erda t - to’yingan suv bug`ining zichligi, kg/m3; b - suv bug`ining zichligi, kg/m3.
Gaz tarkibidagi bug`lar parstial bosimi, uning miqdoriga proporstional bo’lgani uchun, nisbiy namlik bir xil temperatura va bosimda havodagi suv bug`i parstial bosimi rb ning to’yingan suv bug`lari bosimi rT ga nisbati sifatida ifodalanishi mumkin:
рб
рТ
yoki
рб рТ
(5.192)
|