Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
1245
MANTIQIY FIKRLASH VA MAZMUNLI IFODALASHNING YURIST
FAOLIYATIDAGI ROLI
Norboboyev Baxtiyor Jaxongir o’g’li
Toshkent shahar yuridik texnikumi 2-bosqich o’quvchisi
ANNOTATSIYA
Bugungi kunga kelib dunyo hamjamiyati globallashuvning cho’qqisida turibdi.
Ayniqsa hozirgi davrda axborot bosimining kuchliligi har birimizdan axborotlardan
himoyalanishni mantiqiy fikrlash orqali muhim va foydali bo’lgan ma’lumotlarni
ajratib olishni talab etadi. Bu esa mantiqiy fikrlash jarayonida kechadi. Ushbu
maqolada huquqshunosning kasbiy faoliyatida mantiqiy fikrlash ko’nikmasining
ahamiyati yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Mantiq, fikrlash, mantiqiylik, tafakkur, gipoteza, deduktiv xulosa,
induktiv xulosa.
ABSTRACT
Today, the world community is at the peak of globalization. Especially in today's
era, the strength of information pressure requires each of us to protect ourselves
from information by logical thinking, and extract important and useful information.
And this happens in the process of logical thinking. This article highlights the
importance of logical thinking skills in the professional activity of a lawyer.
Key words: Logic, reasoning, rationality, reasoning, hypothesis, deductive
reasoning, inductive reasoning
KIRISH
Globallashuv va axborotlar ko‘lami nihoyatda kengayib borayotgan hozirgi
davrda axborot bosimining kuchliligi har birimizdan mazkur axborotlardan
himoyalanishni, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilmasdan, tanqidiy va kreativ
yondashuv asosida ko‘rib chiqishni va mantiqiy fikrlash orqali muhim va foydali
bo‘lgan ma’lumotlarni ajratib olishni talab etadi. Bu esa mantiqiy fikrlash jarayonida
kechadi.
Mantiq – nafaqat fikrlash qobiliyati, balki izchil va to‘g‘ri mulohaza yuritish
hamdir. Ya’ni insonlarning kundalik faoliyatida, munosabatlarida tartibli, aniq, asosli
ya’ni mantiqiy o‘ylay olishi tushuniladi.
Inson tafakkuri mantiq qonunlaridan qat’iy nazar o‘zi mantiqiy qonunlarga
bo‘ysungan ravishda mavjud bo‘ladi. Ko‘pchilik imlo qoidalarini bilmagan holda
to‘g‘ri gapirganlari kabi mantiq qonunlarini bilmay ham to‘g‘ri fikrlaydilar. Lekin
bundan mantiqning amaliy ahamiyati yo‘q degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu kabi
|