|
Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roliBog'liq 189 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 1245-1258Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
1252
bilimlarimizga tayanadi. Xulosa chiqarish orqali ob’ektiv voqelikdagi buyumlar va
ular orasidagi munosabatlarni bilib olamiz.
Xulosa chiqarishning tarkibi ikki muhim qismdan tashkil topadi:
Birinchisi, ma’lum bilimlarni ifodalovchi hukmlar bo‘lib, ular yangi bilim uchun
asos bo‘ladi. Ular xulosa chiqarishning asoslari deb yuritiladi;
Ikkinchisi, ma’lum hukmlar asosida kelib chiqqan yangi bilimni ifodalovchi
hukm, xulosa chiqarish natijasi, ya’ni xulosa deb ataladi.
Masalan,
Birinchi asos – Hamma mustaqil davlatlar BMTga a’zo.
Ikkinchi asos – O‘zbekiston – mustaqil davlat.
Xulosa – O‘zbekiston BMTga a’zo.
Yana bir misol.
Birinchi asos – Sudya agar u jabrlanuvchi bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqishda ishtirok
etmasligi mumkin.
Ikkinchi asos – Sudya N. - jabrlanuvchi.
Xulosa – Sudya N. ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etishi mumkin emas.
Oldingi ikki hukm asoslar deb yuritiladi, bu еrda birinchi hukm - birinchi asos
umumiy hukm, ikkinchisi - ikkinchi asos, xususiy yoki yakka hukm ko‘rinishida
ifodalangan. Bu asoslar yordamida xususiy yoki yakka bilimning yangi jihati haqida
yangi bilim hosil bo‘ladi va bu xulosa deb yuritiladi.
Xulosa chinligining zaruriy sharti:
* Xulosa asoslari chin bo‘lishi;
* Xulosa chiqarishning hukmlari mantiqiy bog‘langanligi.
Induktiv xulosa chiqarishda nisbatan torroq bilimdan nisbatan kengroq bilim
keltirib chiqariladi. Umumiyroq xulosalar keltirib chiqarish predmetlarni, hodisalarini
birma-bir o‘rganishga asoslanadi. Shu tomoni induksiyaning eng muhim
xususiyatlaridan biri. Birma-bir o‘rganib, biror xususiyat haqida bilimga ega
bo‘lamiz. Shunga asoslanib kattaroq bir sinfga mansub bo‘lgan predmetlar,
hodisalarning hammasi haqida fikr yuritamiz. Agar predmetlarni nisbatan ko‘proq
o‘rganilgan bo‘lsa xulosani to‘g‘rilik, aniqlik darajasi ancha yuqori bo‘ladi. Agar
xulosa chiqarish uchun nisbatan kamroq predmetlar o‘rganilgan bo‘lsa, xulosani
aniqligi past bo‘ladi, ehtimolligi yuqori bo‘ladi. Induktiv xulosa chiqarishda qat’iy
hukm ifodalangan bilimlardan ko‘pincha ehtimolli xulosalar chiqqani uchun
induksiyani ehtimolli bilimlar olish yo‘llaridan biri deb ko‘rsatiladi. Aniq asoslardan
ba’zan noaniq xulosa chiqarish induktiv xulosa chiqarishning ikkinchi muhim
xususiyatidir. Induktiv xulosa chiqarish predmetlarni, hodisalarni birma-bir
o‘rganishga asoslangani uchun ko‘pincha kuzatish va tajriba o‘tkazish bilan bog‘liq
|
| |