Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roli




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana04.01.2024
Hajmi0,63 Mb.
#130034
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
189 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 1245-1258

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(5), May, 2023 
1255 
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish uchun ikkita predmet yoki ikkita hodisa 
biror xususiyati jihatidan taqqoslanadi, o‘xshatiladi. Analogiyaning xulosasi 
ehtimoliy shaklda bo‘lgani uchun xulosaning aniqlik darajasi o‘rganilayotgan, 
taqqoslanilayotgan xususiyatlarga bog‘liq. Analogiyaning xulosasi chin bo‘lishi 
uchun, to‘g‘ri bo‘lishi uchun o‘xshatilayotgan predmetning xususiyatlari ular uchun 
muhim xususiyat bo‘lishi kerak. 
Solishtirilayotgan predmetlarning imkoniyati boricha ko‘proq xususiyatlari 
o‘rganilishi kerak. 
O‘xshatilayotgan predmetlarning xususiyati nisbatan kamroq predmetlargi xos 
bo‘lishi kerak. 
Analogiyaning ikkita turi: 
* Xususiyatlar analogiyasi; 
* Munosabatlar analogiyasi. 
Xususiyatlar analogiyasida ikkita predmet yo ikkita hodisa o‘rganilib, ularning 
bitti xususiyati haqida xulosa chiqariladi. Uning xulosasi deyarli hamma vaqt 
ehtimoliy bo‘ladi. 
Masalan: 
A predmet a,v,s, d xususiyatlarga ega. 
V predmet a,v,s xususiyatlarga ega. 
Demak, V predmet d xususiyatga ega bo‘lsa kerak. 
Munosabatlar analogiyasida ikkita predmet yo hodisaning o‘xshash xususiyatlari 
emas, ikkita predmet yo hodisa o‘rtasidagi munosabat asos qilib olinadi. Bunda ikkita 
predmet bir-biriga o‘xshamasligi mumkin. Ikkita predmet o‘rtasidagi munosabat 
boshqa ikkita predmet o‘rtasidagi munosabatga o‘xshashligi asosda xulosa 
chiqariladi. Uning xulosasi doimo qat’iy, aniq bo‘ladi.
Ilmiy bilishning muhim jihati shundaki, yangi ma’lumotlar mantiqiy tekshirish 
jarayonidan o‘tgandagina chin deb hisoblanadi, konkret fanning empirik va nazariy 
fundamentiga qo‘shiladi va isbot etilgan yoki verifikatsiyalangan deb hisoblanadi. 
Sud tajribasida ham bilishga shunday talablar qo‘yiladi: sud qarori sudda ishni 
ko‘rib chiqish jarayonida to‘liq va har tomondan asoslangandagina odil, adolatli deb 
hisoblanadi. 
Isbotlash – bir hukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin hukmlar 
yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Ko‘pincha asoslash 
jarayonini dalillash deb ham ataladi. 
Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga 
ega bo‘ladi, kishilarda ishonch-e’tiqodni shakllantiradi. Ishonch-e’tiqod bu 
kishilarning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilab beradigan qarashlari va 



Download 0,63 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roli

Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish