|
Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roliBog'liq 189 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 1245-1258Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
1250
* Qonun va huquq to‘g‘risidagi yangi g‘oyalarni ishlab chiqish uchun tanqidiy
qonunlar va yangicha siyosiy islohotlarni ishlab chiqish;
* Qonun qabul qilish jarayonidagi munozaralarda samarali ishtirok etish va
boshqalar.
Huquqshunos uchun mantiqiy fikrlash mantiqiy izchil, asoslangan nutqni ijod
etish, qonun loyihasini tayyorlash, huquqiy muammolarni aniqlash hamda ularga
noodatiy еchim taqdim etish, huquq to‘g‘risidagi yangi g‘oyalarni ishlab chiqish,
jabrlanuvchi, guvoh, ayblanuvchining ko‘rgazmalaridagi ziddiyatlarni ochib tashlash,
opponentlarning asoslanmagan fikrlarini rad etish, sud versiyasini qurish, rasmiy
hujjatni izchil va asoslangan tarzda tuzishga yordam beradi. Mazkur ko‘nikmani turli
xil usul va yondashuvlarini amalda qo‘llash orqali siz o‘z kasbingizning еtuk
mutaxassisiga aylanasiz.
Fikrni mantiqiy ifoda etish usullari juda ko‘p. Ular qatoriga turli xil mantiqiy
o‘yin va masalalar, topishmoqlar va boshqotirmalarni ham kiritish mumkin. Siz bilan
bir nechtasini ko‘rib chiqamiz.
SCAMPER – huquqshunoslar uchun guruh bo‘lib muammolarga еchim izlash
usullaridan biri sanaladi.
S = Substitute – o‘zgartirish;
C = Combine – kombinatsiyalash;
A = Adapt – moslashtirish;
M = Magnify – kattalashtirish (kengaytirish);
P = Put to Other Uses – boshqa tarzda foydalanish;
E = Eliminate (or Minify) – yo‘q qilish (olib tashlash, bartaraf etish yoki
minimal ta’sirini kamaytirish);
R = Rearrange (or Reverse) – qayta o‘zgartirish (yoki teskari).
Substitute/O‘zgartirish. Siz takomillashtirmoqchi bo‘lgan mahsulot yoki g‘oyani
aniqlang. SCAMPERda fikrlashning еtti usulidan foydalanish kerak. Bunda hech
qanday ketma-ketlik yoki tartib yo‘q. Asosiysi, bu holat samaradorlikka olib keladimi
yoki yo‘q? Misol uchun, avtoulovlarni qulay yoki yanada yoqilg‘i kam sarflaydigan
qilish uchun turli xil kompozitsiyalardan foydalanayotgan avtomobil ishlab
chiqaruvchi zavodlar faoliyatini olishingiz mumkin. Bu sinov va xatolardan saboq
chiqarish orqali siz qaysi bir fikr to‘g‘ri ekanligini ajratib olish imkoniga ega bo‘lasiz.
Combine/Kombinatsiyalash. Yangi bir g‘oyani yaratish shart emas. Bu
jarayonda bir necha g‘oya, jarayon va mahsulotlarni bitta samarali natijaga
birlashtirishingiz mumkin. Masalan, ikki xil mahsulotning kombinatsiyasi asosida
uchta kamerali uyali telefon yaratilganligini olishimiz mumkin.
|
| |