• MUHOKAMA VA NATIJALAR
  • Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roli




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/14
    Sana04.01.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #130034
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    189 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 1245-1258

    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences
    (E)ISSN:2181-1784 
    www.oriens.uz 
    SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
    3(5), May, 2023 
    1246 
    qarash tarafdorlari Gegelning “Har kim fiziologiya qonunlarini bilmay ham ovqatni 
    to‘g‘ri hazm qilganidek, mantiq qonunlarini bilmay to‘g‘ri fikrlashlari mumkinligi 
    to‘g‘risidagi fikrini keltirishadi. 
    MUHOKAMA VA NATIJALAR 
    Fikrlash – shaxs bilish faoliyati jarayoni bo‘lib, voqelikni bevosita va 
    umumlashgan holda aks ettirish bilan xarakterlanadi. Fikrlash fanlararo tadqiqotlarni, 
    kompleks fanlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Fikrlash insonga haqiqat hodisalari 
    o‘rtasidagi aloqalarni topish imkonini beradi, lekin aniqlangan bog‘liqlik haqiqatdan 
    vaziyatning to‘liq holatini aks ettirishi uchun u ob’ektiv, to‘g‘ri yoki boshqacha 
    aytganda, mantiqqa tayangan, mantiq qonunlariga mos bo‘lishi kerak. 
    Mantiqiy fikrlash – fikrlashning oliy pog‘onalaridan biri bo‘lib, izchillik, ketma-
    ketlik asosida fikrlarning bog‘lanishini bildiradi va shaxs ijodiy faolligining muhim 
    qirrasini o‘zida aks ettiradi.
    Demak, mantiqiy fikrlash – inson tomonidan ko‘rib, eshitib, bilib, his qilib va 
    anglab olingan borliq, voqelik yoki taassurotlarning boshqalar uchun ham tushunarli 
    tarzda tafakkur etilishini anglatadi.
    Mantiqiylik – tafakkurning yozma va og‘zaki nutqda fikrlash qonunlariga amal 
    qilish jarayonidir. Bu jarayonda ayniyat, ziddiyat, inkorni inkor hamda еtarli asos 
    qonunlari o‘zaro uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Ayniyat qonuni har bir narsa-
    hodisaning aynan o‘ziga tengligini, fikrda, so‘zlashuv va matnlarda takror so‘zlarni 
    to‘g‘ri qo‘llashni bildiradi (A-Adir). Ziddiyat qonuni bir vaqtning o‘zida har bir 
    voqea-hodisani ziddi bo‘lmasligini taqozo etadi (A ham V, ham V emas bo‘la 
    olmaydi). Uchinchisi istisno qonuni esa muayyan sharoitda voqea-hodisalar aynan 
    o‘sha holatda bo‘lishi yoki bo‘lmasligini anglatadi (“A V yoki V emasdir”). Yetarli 
    asos qonuniga kelsak, har bir narsa-hodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ularning 
    in’ikosi bo‘lgan fikrimiz ham asoslanishini ta’kidlaydi (Agar V mavjud bo‘lsa, uning 
    asosi sifatida A ham mavjud). 
    Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish mezonlari: 
    * Tafakkurning mustaqilligi;
    * O‘quv materialini o‘zlashtirishning tezligi va mustahkamligi;
    * Standart bo‘lmagan vazifalarni hal qilishda zehn (fikrlashning) tezligi;
    * O‘rganib chiqilayotgan huquqiy vaziyat mazmuniga chuqur kirib borish 
    (muhim bo‘lgan nazariyani muhim bo‘lmagan nazariyadan ajrata bilish);
    * Fikrlashdagi tanqidiylik.
    Mantiqiy fikrlashning rivojlanganlik darajasini belgilovchi mezonlar: 
    * Mantiqiy fikrlashga nisbatan motivatsiyani qaror topganligi; 
    * Mantiqiy fikrlash qobiliyatlarining shakllanganligi; 



    Download 0,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roli

    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish