|
Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roliBog'liq 189 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 1245-1258Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
1248
Huquqshunosning nutqi, ilmiy-pedagogik, rahbarlik faoliyati mantiqiy
fikrlashga asoslanishi kerak. Shundagina faoliyatning barcha sohalarida mantiqiy
ketma-ketlik, izchillik va muayyan samaraga erishish mumkin.
Har bir inson kichik yoshidan boshlab mantiqiy fikrlashni rivojlantira boshlaydi.
Insonning psixofiziologik xususiyatlari turli xil bo‘lganligi bois, bu jarayon har bir
insonda bir xil kechmaydi. Biroq, mantiqiy fikrlash rivojlantirish yo‘llari va usullari
yuzasidan foydali bo‘lgan tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotda qo‘llanilib
kelinmoqda.
Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish usullari – mantiqiy o‘yinlar, topishmoqlar,
masalalar va boshqotirmalarni еchish va bajarish, shaxmat o‘ynash, kitob o‘qish,
tanqidiy fikrlashni o‘rganish, munozaralarda ishtirok etish, fikrlash jarayonini
tasavvur qilish, vaziyatlarni simulyatsiya qilish, kundalik yuritish va b. Bu jarayonda
har bir elementga jiddiy e’tibor qaratish, turli xil predmetlar o‘rtasidagi bog‘liq
bo‘lmagan yoki mavhum bo‘lgan jihatlarni qidirib topish, yangi faktlarni aniqlash va
taqqoslash orqali mantiqiy fikrlashni rivojlantirish mumkin.
O‘quv jarayonida esa, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan
topshiriqlardan foydalanish ko‘p hollarda loyihalar metodi, tadqiqot metodi,
dasturlashtirish va muammoli o‘qitish metodlaridan foydalanishni ham taqozo etadi.
Mantiqiy fikrlashni aniqlashning bir necha usullari mavjud:
Birinchisi, bu tafakkur orqali dunyoni o‘zlashtirib borishga qaratilgan murakkab
bilim jarayoni;
Ikkinchisi, doimiy ravishda yangi narsalarni, yangiliklarni qidirish va kashf
etish.
Fikrlash muammoli vaziyat vujudga kelgan vaqtdan boshlanadi.
Xulosa shuki, inson vaziyatni muammo sifatida tushunadi va uning еchimi
uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. O‘sha paytdan boshlab aqliy faoliyatga
safarbar qilinadi va muammoni hal qilish uchun o‘z harakatlarini muayyan ketma-
ketlikda amalga oshiradi. Bu ketma-ketlik quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi:
* Muammoni bayon qilish va qidiruv zonasini cheklash;
* Gipoteza qurish va uni tekshirish;
* Gipotezani sinab ko‘rishdan keyingi harakatlar va natijalarni aks ettirish.
Kun davomida turli xil hayotiy, kasbiy yoki psixologik muammolarni hal
qilishimizga to‘g‘ri keladi. Jumladan, insonlar bilan aloqa o‘rnatish,
hamsuhbatimizning xatti-harakatlarini oldindan bilishga intilish, o‘z qobiliyatimizni
to‘g‘ri baholay olish kabi. Misol uchun, televizorda yangiliklarni tomosha qilish yoki
kitob o‘qish jarayonida yangi ma’lumotlar va faktlarga ega bo‘lib boramiz. Nimani
o‘tkazib yuborganingizni o‘ylab ko‘ring! Atrofingizda bo‘layotgan vaziyatlarni tahlil
|
| |