|
Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roliBog'liq 189 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 1245-1258Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
1247
* Mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanganligi;
* Amaliy mantiqiy fikrlash jarayonini tashkil etish;
* Ixtisoslashgan (pedagogik) mantiqiy fikrlashning rivojlanganligi.
Bugungi kunda tadqiqotchilar tomonidan har bir samaradorlik darajasining
xususiyatidan kelib chiqib, quyidagi mezonlar ajratib ko‘rsatilmoqda:
yuqori daraja – mantiqiy fikrlashga yo‘nalganlik, moslashuvchanlik,
fikrlashning ravonligi, ratsionalizatorlik ko‘nikmasining mavjudligi, mantiqiy
fikrlash qobiliyatlarini rivojlanganlik sifatlarining shakllanganligi, sifat masalalarini
еchish malakasining shakllanganligi;
o‘rta daraja – mantiqiy fikrlashga nisbatan ongli munosabatning tarkib
topganligi, mantiqiy fikrlashga oid nazariy bilimlarning o‘zlashtirilganligi, aktivlik,
tashabbuskorlik, yaratuvchanlik ko‘nikmalarining shakllanganligi;
past daraja – fikrlashga moyillikning yo‘qligi, passiv ishtirokning mavjudligi,
o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ishtiyoqning pastligi.
Mantiqiy fikrlashning asosiy talablari:
Birgina inson tafakkuri butun insoniyat tafakkurining rivojlanishi bilan
vositachilik qiladi. Fikrlash – bu “koinotning inson olamidagi kichik bir
ko‘rinishi”dir. U o‘ziga xos bir muhitda shakllanadi, bu еrda boshqalarning ijtimoiy
tajribasini o‘zlashtirish hamda ular bilan doimiy aloqada bo‘lish talab etiladi.
Umumlashtirish orqali atrofimizdagi olam, uning muhim xususiyatlari, narsa va
hodisalar, shuningdek ular o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risidagi umumiy bilimlarga
ega bo‘lib boramiz. Ob’ektni bitta xususiyati (eng oddiy umumlashtirish) yoki
ko‘plab xususiyatlari (umumlashtirish) asosida umumlashtirish mumkin. Masalan,
“kitob” tushunchasini uning sahifasi, muqovasi, rangi, nomi kabi bir qator belgi va
xususiyatlariga tayangan holda umumlashtirish amalga oshiriladi.
Mantiqiy fikrlash har doim muammoni hal qilish bilan bog‘liq va u inson
tomonidan ma’lum bir ixtiyoriy harakatlar bilan birga keladi. Muammoli vaziyatning
yo‘qligi fikrlash jarayonini stereotipga asoslangan xatti-harakatlarga yaqinlashtiradi.
Fikrlash har doim maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan, siz magistraturada
o‘qishni davom ettirimoqchisiz. Buning uchun mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda
ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirishingiz talab etiladi. Ya’ni, aqliy еchim topiladi. Mana
shu jarayonda irodangizga tayanib, bu ishni mukammal darajada amalga oshirishingiz
kerak. Chunki irodasiz qilingan harakatlar, juda kamdan-kam hollardagina maqsadga
olib keladi. Fikrlash – bu harakat qilish demakdir.
Eslab qoling! Mantiqiy fikrlash harakat bilan chambarchas bog‘liq. U orqali
inson haqiqatni anglaydi, unga amal qiladi, dunyoni tushunadi, uni o‘zgartiradi.
Harakat fikrlashning asosiy shaklidir.
|
| |