|
Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roliBog'liq 189 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 1245-1258Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
1251
Adapt/Moslashtirish. Ehtimol aynan o‘zingiz muammo еchimini topgandirsiz,
lekin hozircha bu sizga noma’lum. Ba’zan bitta muammoni hal qilish uchun ishlab
chiqilgan g‘oya, boshqa bir masalaga еchim bo‘lishi ham mumkin. E’tiboringizga bir
misolni taqdim qilmoqchiman. Yangi vaziyatga muvaffaqiyatli moslashtirish uchun
Netfliks kompaniyasi 1999 yilda DVD ijarasi bo‘yicha o‘z faoliyatini boshlaydi.
Ammo Blokbasterdan farqli ravishda ular kelajak onlayn translyatsiyalarga bog‘liq
ekanligini anglab, o‘z biznes rejasini o‘zgartiradi. Endilikda Netfliks an’anaviy
televizion tarmoqlarning jiddiy raqobatchisiga aylandi. Blokbaster esa, 2013 yilda
biznesdagi faoliyatini yakunlagan.
Magnify/Kattalashtirish (kengaytirish). Vaziyat yoki muammoning bir tomoniga
o‘zgartirish kiriting. Bu sizga mahsulot yoki vaziyatning qaysi qismi eng muhimligini
aniqlash imkonini beradi. Misol uchun, mahsulot ishlab chiqarish ko‘lamini
kengaytirish yoki shu mahsulotga e’tiborini qaratgan tashkilot aspektini
kattalashtirish bo‘lishi mumkin.
Put to Other Uses/Boshqa tarzda foydalanish. Bu moslashtirishga juda o‘xshash.
U mavjud g‘oya yoki konsepsiyadan yangi ko‘rinishda foydalanishni nazarda tutadi.
Misol uchun, okean chiqindilaridan poyavzal yoki biror bir shunga o‘xshash
mahsulotni ishlab chiqarishda foydalish tarzida bo‘lishi mumkin.
Eliminate (or Minify)/Yo‘q qilish (olib tashlash, bartaraf etish yoki minimal
ta’sirini kamaytirish). Bunda samarasiz jarayonlarni soddalashtirish orqali yo‘q qilish
nazarda tutilgan. Masalan, Applening MacBook Airga optik CD/DVD drayverini
ularni ingichka va еngil qilish uchun qo‘shilmaslik to‘g‘risidagi qarorini keltirish
mumkin.
Rearrange (or Reverse)/Qayta o‘zgartirish (yoki teskari). Jarayon yoki
mahsulotning yo‘nalishini o‘zgartirish lozim. Buni ishning asl maqsadiga mutlaqo zid
ravishda amalga oshirish kerak. Ba’zida mahsulotning yo‘nalishini yoki jarayonni
o‘zgartirish sizga unga nisbatan boshqa tomondan qarash imkonini beradi. Bu sizdagi
noodatiy, kreativ qarashni yuzaga keltiradi. Misol uchun, qarorlarni qabul qilishda
har doim “yuqoridan pastga” prinsipini qo‘llagan tashkilot, “pastdan yuqoriga”
yondoshish orqali qaror qabul qilish jarayonini yaxshilashi mumkin.
SCAMPER – huquqiy vaziyatlarga еchim taqdim etishda g‘oyalarni ishlab
chiqish uchun ajoyib usullardan biri hisoblanadi. Bu har qanday muammo uchun
amal qiladi va tez yuqori sifatli fikr topish imkonini beradi.
Tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari – tushuncha, hukm va xulosa chiqarish
hisoblanadi. Xulosa chiqarish ma’lum bo‘lgan bilim orqali noma’lum bilimni
vujudga keltirishdir. Xulosa chiqarish vositali yangi bilim bo‘lib, u bizning oldingi
|
| |