Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roli




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana04.01.2024
Hajmi0,63 Mb.
#130034
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
189 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 1245-1258

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(5), May, 2023 
1254 
Oddiy sanash orqali (ommabop) induksiyada bir turkum predmetlarning bir 
qanchasida biror xususiyat takrorlanishini o‘rganish orqali qolganlari haqida xulosa 
chiqariladi. Bu еrda xulosa chin bo‘lishi uchun xususiyat ko‘proq predmetlarga xos 
bo‘lishi, xususiyat predmetlar uchun muhim bo‘lishi, umumiy holatga zid keladigan 
hollar bo‘lmasligi kerak. Oddiy sanash orqali induksiya xulosalari ilmiy xarakterga 
ega bo‘lmasa ham, takrorlanib turadigan holatlardan xulosa chiqarish uchun 
ahamiyatlidir. Misol uchun, “Hamma metallar qizdirilganda kengayadi”. 
Ilmiy induksiyada xulosa chiqarish uchun hodisalar o‘rtasidagi sababiy 
bog‘lanish asos qilib olinadi. Ilmiy induksiyada xulosa hodisalarning muhim 
xususiyatlarining takrorlanishini o‘rganish natijasida hosil bo‘ladi. Sababiy 
bog‘lanish hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning eng muhimidir. U predmet va 
hodisalarni asoslab beradigan qonuniyatlarni еchishga imkoniyat yaratadi. 
Ilmiy induksiya metodlari: 
* O‘xshashlik metodi;
* Tafovut metodi;
* Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi; 
* Qoldiqlar metodi. 
Xulosa shuki, induktiv yo‘l bilan chiqarilgan xulosalar deduktiv yo‘l bilan 
xulosa chiqarish uchun asos bo‘ladi. Deduktiv yo‘l bilan chiqarilgan xulosalar esa, 
ba’zan induktiv yo‘l bilan tekshiriladi. Induksiyaning deduksiyadan farq qiladigan bir 
qancha xususiyatlari mavjud. Eng muhimi, uning xulosasi ehtimoliy xarakterga ega 
bo‘ladi. Keyingi tekshirishni talab etadi. Deduktiv xulosa chiqarishning asoslari 
ikkita hukmdan iborat bo‘lsa, induksiyaning asoslari esa ikkitadan ko‘proq hukm 
orqali ifodalanadi. 
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish nisbatan torroq bilimlardan nisbatan torroq 
bilimlarni keltirib chiqarishdir. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish uchun bir 
predmetni, bir hodisani o‘rganish natijasida hosil bo‘lgan bilimga asoslanib, boshqa 
bir predmet xususiyatlari haqida xulosa chiqariladi. Chiqarilgan xulosaning to‘g‘ri 
yoki noto‘g‘riligini bilish uchun uni amaliyotda tekshirib va sinab ko‘rish lozim. 
Analogiyaning asosi ham, xulosasi ham deyarli yakka hukm orqali ifodalanadi. 
Xulosalari ehtimoliy shaklda, boshqa xilida esa qat’iy shaklda bo‘ladi. 
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish uchun ikkita predmet yoki ikkita hodisa 
biror xususiyati jihatidan taqqoslanadi, o‘xshatiladi. Analogiyaning xulosasi 
ehtimoliy shaklda bo‘lgani uchun xulosaning aniqlik darajasi o‘rganilayotgan, 
taqqoslanilayotgan xususiyatlarga bog‘liq. Analogiyaning xulosasi chin bo‘lishi 
uchun, to‘g‘ri bo‘lishi uchun o‘xshatilayotgan predmetning xususiyatlari ular uchun 
muhim xususiyat bo‘lishi kerak. 



Download 0,63 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roli

Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish