Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roli




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana04.01.2024
Hajmi0,63 Mb.
#130034
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
189 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 1245-1258

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(5), May, 2023 
1256 
tasavvurlaridir. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan 
iborat. 
Isbotlash ikki xil ma’noni anglatadi: 
Mantiqiy yo‘l bilan isbotlash (mantiq fani o‘rganadi); 
Amalda isbotlash (konkret fanlarning vazifasi). 
Mantiqiy isbotlash berilgan fikrning chinligini boshqa fikrlar yordamida 
ko‘rsatish, aniqlash demakdir. 
Mantiqiy isbotlash 3 elementdan iborat: 
* Tezis; 
* Asos yoki argument; 
* Isbotlash usuli. 
Tezis - chinligi isbotlanishi lozim bo‘lgan fikr bo‘lib, bir yoki bir necha fikrlar 
orqali ifodalanadi. U isbotlashning asosiy elementi bo‘lib, “nima isbotlanayapti?” - 
degan savolga javob beradi. Tezis sifatida bir qancha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
hukmlardan tashkil topgan ilmiy xulosalar ishtirok etishi mumkin. Matematikadagi 
isbotlanayotgan teorema ham tezis vazifasini bajaradi. Hatto, sud-tergov faoliyatida 
jinoiy hodisaning shart-sharoitlari, jinoyatchining shaxsi haqidagi, o‘g‘irlangan 
narsalar saqlanayotgan joy haqidagi fikrlar ilgari suriladi va isbotlanadi. 
Asoslar (argumentlar) tezisning chinligini ko‘rsatuvchi, keltirilgan fikrlar bo‘lib, 
bir qancha hukmlar orqali ifodalanadi. Ular isbotlashning mantiqiy fundamenti rolini 
bajaradi va “Tezis nima orqali asoslanayapti?”- degan savolga javob beradi. 
Ilm-fanning turli sohalarida asos vazifasini turli xil hukmlar bajarishi mumkin: 
1) nazariy va empirik umumlashmalar; 2) aksiomalar; 3) faktlar to‘g‘risidagi 
hukmlar. 
Isbotlash usuli asoslar va tezis o‘rtasidagi mantiqiy aloqa hisoblanib, asoslardan 
tezisning chinligini keltirib chiqaradi. Asoslardan tezisga mantiqiy o‘tish xulosa 
chiqarish tarzida kechadi. Bu xulosa chiqarishda asoslar bo‘lib to‘g‘ri axborot ifoda 
etilgan hukmlar, xulosa bo‘lib esa tezis to‘g‘risidagi hukmlar ishtirok etadi. 
Yuridik argumentatsiya – har bir huquqshunos faoliyatining muhim jihati 
hisoblanadi. 
Yuridik argumentatsiyaning maqsadi – munozara ishtirokchilari tomonidan 
ilgari surilgan nazariyalarni qabul qilishdir. Haqiqat, yaxshilik va yomonlik 
argumentning oraliq maqsadlari yoki dalillarning bir qismi bo‘lishi mumkin, ammo 
maqsadi emas. Pirovard maqsad esa tinglovchilar e’tiboriga taqdim etilgan muayyan 
pozitsiyaning to‘g‘riligiga ishontirish, uni muayyan nuqtai nazar, pozitsiya (tezis) ni 
qabul qilishga ko‘ndirish, aks ettirish yoki harakatni rag‘batlantirishdan iborat. 



Download 0,63 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mantiqiy fikrlash va mazmunli ifodalashning yurist faoliyatidagi roli

Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish