• Valyuta tizimi tushunchasi. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari. Jahon va hududiy valyuta tizimlari, ularning elementlari.
  • Valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari




    Download 66.77 Kb.
    bet1/6
    Sana21.09.2023
    Hajmi66.77 Kb.
    #83265
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1493312161 68069
    Документ Microsoft Word, Kompyuter-zamonaviy-texnik, 2 talik slayd 111, 1-Mavzu, ispolzovanie-reytingov-uchebnyh-dostizheniy-dlya-formirovaniya-motivatsii-kursantov-v-obrazovatelnoy-deyatelnosti (1), Jizzax Politexnika instituti, Axborot xati (Uzb-Rus-Eng), Konstitutsiya bo\'yicha savol-javoblar, Анжуман АндИКИ 14 декабрь 2023 йил, 4-mavzu, ABDUMAJIDOV ELYOR BAXTIYOR O’G’LI, 1.3 Zo‘ravonlik omillari, Energiya tejamkorlik asoslari AN, Документ Microsoft Word

    Jahon valyuta tizimiga oid asosiy tushunchalar
    Reja:

    1. Valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari.

    2. Valyuta munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi, maqsadlari va shakllari.

    3. Valyuta tizimi tushunchasi. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari.

    4. Jahon va hududiy valyuta tizimlari, ularning elementlari.



    1. valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari
    Xalqaro valyuta munosabatlari – valyutaning jahon xo‘jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo‘jaliklar faoliyati natijalarining o‘zaro almashuviga xizmat ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir1. Yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining subyektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari orasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish va boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir.2
    Valyuta munosabatlarining paydo bo‘lishi, o‘zgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari xalqaro kelishuvlar hamda davlatning ichki qonun va qoidalari hisoblanadi.
    Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bo‘lgani holda to‘lov balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali Jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
    Valyuta munosabatlarining holati quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:

    • milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi;

    • siyosiy ahvol;

    • jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi mu-ammolar va ularning rivojlanish tendensiyalari.

    Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga chiqadi.
    Rezident shaxslar – bu muayyan davlat hududida yashayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan hamda shu davlatning fuqarosi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
    Norezident shaxslar – bu muayyan davlat hududida yashayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan, lekin shu davlatning fuqarosi bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslardir. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va kompaniyalarining filiallari va shu kabilar.
    Shu bilan birga, bu yerda shuni ta’kidlab o‘tmoq lozimki, valyuta munosabatlarining faol ishtirokchilaridan biri bu – tijorat banklaridir.
    Tijorat banklari milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlarida nafaqat o‘z manfaatlari, balki o‘z mijozlari manfaatlarining himoyachisidir. Jahonning yirik tijorat banklari o‘z mijozlarining topshiriqlarini yaxshi bajarish, ularning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va o‘z tijorat maqsadlari uchun jahon moliya bozorining yirik markazlarida o‘z filiallarini ochgan.
    Tijorat banklarida va mijozlarida turli sabablarga ko‘ra hamda turli maqsadlarda xorijiy valyutaga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Masalan, agar tijorat bankining mijozi eksportyor bo‘lsa, u xorijiy valyutada tushum oladi va valyuta kursining tebranishi oqibatidagi risklarni hisobga olgan holda, unda shu xorijiy valyutada olingan tushumni himoyalash zaruriyati tug‘iladi. Shu sababli, u mazkur eksport tushumini sug‘urtalash maqsadida o‘z bankiga murojaat etadi. Yoki bank mijozi importyor bo‘lsa, kontragenti bilan tuzgan o‘zaro shartnoma shartlariga muvofiq, belgilangan muddatda eksportyor bilan hisob-kitob qilish uchun unga muayyan miqdorda xorijiy valyuta zarur bo‘ladi. Shunga muvofiq, mijoz o‘z bankiga xorijiy valyuta sotib olish maqsadida murojaat qiladi.
    Yuqoridagilardan tashqari tijorat bankining xorijiy valyutaga bo‘lgan o‘z zaruriy ehtiyojlari mavjud. Bularga masalan, jahon valyuta bozorida oldi-sotdi baholarining farqi sifatida foyda olish maqsadida xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish, valyuta kursining tebranishi oqibatida vujudga keladigan valyuta risklarining oldini olish maqsadida xejerlash bilan bog‘liq turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish kabi harakatlarni keltirish mumkin.

    Download 66.77 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 66.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari

    Download 66.77 Kb.