O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2023-yil 27-apreldagi
39-son bayoni va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 2-maydagi “2023-yilda
o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar
ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 118-sonli buyrug‘iga asosan hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik
xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-144 sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2023-yilning 14-dekabr kunlari
Namangan muhandislik-qurilish institutida “Qurilishda innovatsiyalar, binolar va
inshootlarning seysmik xavfsizligi” mavzusida Xalqaro miqyosida ilmiy va ilmiy-texnik
konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Ilmiy-texnik anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:
qurilishda innovatsiyalar, binolar va inshootlarning mustahkamligi va seysmik
xavfsizligi;
zamonaviy arxitektura, qurilish materiallari va buyumlari, energiyatejamkor qurilish
texnologiyalari;
resurstejamkor muhandislik kommunikatsiyalari, qurilish iqtisodiyoti va ekologiya,
transport va logistika, qishloq xo‘jaligida innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar;
ilm-fan va ta’limning innovatsion rivojlanishi: kadrlar tayyorlashda innovatsion
pedagogik va axborot texnologiyalari o‘rni.
Maqolalarga qo‘yilgan talablar:
maqola yoki tezis matni 3 betdan kam bo‘lmasligi lozim;
maqola 1,5 intervalda (chapdan 2,5 сm, yuqoridan va pastdan 2 сm, o‘ng tomondan
1,5 cm, varaq bichimi A4 formatda, 210x297 mm), Microsoft Word muharririda,
matnlar Times New Roman, 14 o‘lchamli shriftda;
maqola mavzusi bosh xarflarda qoraytirilib, varaqning o‘rtasiga yoziladi, keyingi
qatorlarga muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, tashkilotning
qisqartirilgan nomi, konferensiya sho‘basi, telefon raqami ko‘rsatiladi va qisqacha
annotatsiya va kalit so‘zlar keltirilishi lozim (namunaga qarang);
rasmlar *.jpg yoki *.bmp grafik muharririda.
Maqola matni ilmiy, texnik, grammatik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi lozim.
Maqoladagi ma’lumotlar, faktlar va statistik ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligiga mualliflar
|