• Auditorlik xizmati
  • Auditorlik xulosasi va uning xulosasi




    Download 94.95 Kb.
    bet1/11
    Sana01.11.2023
    Hajmi94.95 Kb.
    #92442
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    audit
    1-мавзу (1), 1.7, QISHLOQ QURILISH BANK, essey

    AUDITORLIK XULOSASI VA UNING TURLARI

    TAYYORLADI MMT – 85i GURUHI TALABASI

    RUSLAN DUSHAMOV

    REJA :

    • Auditorlik haqida tushuncha ;
    • Auditorlik xulosasi nima ;
    • Auditorlik xulosasi turlari ;

    Audit

    • Audit – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xoʻjalik faoliyatini tekshirib borish, ular hisobotini ekspertizadan oʻtkazishdir.
    • Audit (inglizcha audit – u eshitadi) – muayyan vakolatlar berilgan shaxslar – auditorlar (auditorlar firmalari) tomonidan xoʻjalik yuritayotgan sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari toʻgʻriligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xoʻjalik operatsiyalarining mamlakat qonunlariga muvofiqligini tekshirish maqsadlarida oʻtkaziladigan moliya hujjatlari ekspertizasi va tahlili; taftish. Uning ichki audit va tashqi audit turlari bor. Ichki audit boshqaruvning korxona xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida axborot olish, menejerlar hisobotining haqqoniyligini tasdiqlash maqsadlarini koʻzlaydi. Tashqi audit oʻzaro mustaqil tomonlar (korxona va auditorlik firmasi) oʻrtasida shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditda korxona moliyaviy hisobotining toʻgʻriligiga baho beriladi, uning amaldagi qonunchilikka mos kelishi tasdiqlanadi. Audit yoʻnalishiga koʻra umumiy audit (korxonalar, birlashmalarning tashkiliy-huquqiy shakli hamda mulkchilik turlaridan qat’i nazar), bank audit, sugʻurta tashkilotlari audit, investitsiya institutlari audit va boshqalarga boʻlinadi (qarang Auditorlik xizmati).

    Auditorlik xizmati

    • Auditorlik xizmati – Kompaniya, korxona, tashkilot va boshqalarning moliya-xoʻjalik faoliyati holatini xolis tekshiruvchi firmalar. Bu firmalarning xizmatchilari belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun huquqi boʻlgan va auditorlik kasbkor roʻyxati (reyestri)ga kiritilgan mutaxassislar boʻlib, auditorlar deb ataladi. Auditorlik xizmati xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan auditorlik firmalari urtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunday firmalar Auditorlik xizmatini bajarish uchun tegishli kompaniya, korxona va tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladigan davlat organlari (Oʻzbekistonda Adliya, Moliya vazirliklari)dan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) oladilar. Auditorlik xizmatining asosiy vazifasi tekshirilayotgan korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida xolis xulosa berishdan iborat. Bu xulosa ushbu korxonaning faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotda shu korxonaning rasmiy balansi hamda foyda va zarari hisoblari bilan birgalikda qonun bilan belgilangan tartibda eʼlon qilinadi. Auditorlik xizmati xulosasi ijobiy yoki salbiy boʻlishidan qatʼi nazar korxonaning moliyaviy holatini tasdiklovchi mustaqil hujjat hisoblanadi. Auditorlik xizmati nazorat ishlari bilan birga maslahat xizmatlarini ham bajaradi.
    • Auditorlik xizmati birinchi marta 19-asrning 40-yillarida Angliyada aksiyadorlik jamiyatlari moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. 20-asrning 70-yillariga kelib jahon mamlakatlarida Auditorlik xizmati standartlari yaratila boshladi. MDH mamlakatlari, shu jumladan Oʻzbekistonda dastlabki auditorlar 90-yillarning boshlarida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda 300 dan ortiq auditorlik firmalari faoliyat koʻrsatadi (2000). Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish olib boruvchi auditorlik firmalari va mustaqil auditorlar ixtiyoriy asoslarda mustaqil jamoat tashkiloti boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Auditorlar palatasiga uyushgan. Oʻzbekistonda Auditorlik xizmati 2021-yil 25-fevralda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining „Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida“ Qonuniga muvofiq olib boriladi.
    • Auditorlik faoliyati — auditorlik tashkilotlarining auditorlik teskhiruvlarini oʻtazish va qonunda tutilgan professional xizmatlar koʻrsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati. Uning ichki va tashqi turlari bor.Ichki audit boshqaruvning tashkilot xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida axborot olish, menejerlar hisobotining haqqoniligini tasdiqlash maqsadlarini koʻzlaydi. Tashqi audit oʻzaro mmustaqil tomonlar oʻrtasida shartnoma asosida amalga oshiriladi. Audit yoʻnalishiga koʻra umumiy, bank, sugʻurta tashkilotlari, investitsiya institutlari auditi va boshqalarga boʻlinadi.

    Download 94.95 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 94.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Auditorlik xulosasi va uning xulosasi

    Download 94.95 Kb.