|
Haydovchilar va piyodalarning majburyatlari
|
bet | 1/4 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 99,5 Kb. | | #119508 |
Bog'liq Haydovchilar va piyodalarning majburyatlari
Haydovchilar va piyodalarning majburyatlari
Reja:
Umumiy qoidalar.
Qoidalarda qo`llaniladigan asosiy tushuncha va atamalar.
Haydovchilarning umumiy majburiyatlari.
YTX sodir etgan haydovchilarning vazifalari.
Umumiy qoidalar
Ma`lumki, har qanday faoliyatni amalgam oshirishda, uni to`g`ri tashkil qilishda biror narsaga ya`ni qandaydir qonuniyatlarga asoslanish, maqsadga erishishning yagona to`g`ri tashkil qilishda insoniyat tarixida juda ko`plab qoidalar ishlab chiqilgan va ular takomillashib borgan. Yo`l harakati qoidalari juda qadimga borib taqaladi. Yo`llarda birinchi transport vositalari – “izvoshlar” baud obo`lishi bilan ular uchun harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan. Keyinchalik dastlabki avtomobillar yo`lga chiqqanda, tezliklari juda past bo`lsa ham ularni oldida bir kishi yugurib yurib, yo`ldagi odamlarni ogohlantirib chetga chiqarib yurgan. Keyinchalik shu tartibda har bir davlatda o`zlarining yo`llarida harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan. Davlatlarning rivojlanishi ular orasidagi aloqalarni ham rivojlantirib bordi va dunyoda o`zaro hamkorlik qiladigan davlatlar o`rtasida yo`llarda harakatlanish yagona qoidalarini qo`llashni talab qila boshladi. Shunday qilib, xalqaro kelishuvlarga asos solindi va 1909 yilda birinchi xalqaro konventsiya qabul qilingan bo`lib, unda atiga 4 ta yo`l belgisi qabul qilingan edi: Bular:
Notekis yo`l;
Xavfli burilishlar;
Temir yo`l kesishmasi;
Chorraxa yo`l belgilari.
Keyinchalik xalqaro konventsiya talablari asosida “yo`llarda harakatlanish qoidalari” ishlab chiqila boshladi. O`zbekistonda oxirgi yo`l harakati qoidalari 2001 yil mart oyidan kuchga kirgan.
“Yo`l harakati qoidalari” ni boblar bo`yicha o`rganib chiqamiz:
I-bob. Umumiy qoidalar:
Umumiy qoidalar 5 bandni o`z ichiga oladi.
1-band: Respublika yo`llarida harakatlanishning yagona tartiblarini;
2-band: Respublikadagi yo`llarda transport vositalarining o`ng taraflama harakati;
3-band: Yo`l harakati qatnashchilariga talablar;
4-band: Yo`l harakati qatnashchilarining vazifalari;
5-band: Qoidani yuridik himoyalaydi.
II-bob. Qoidada qo`llaniladigan asosiy tushuncha va atamalar.
Bu bob 45 asosiy tushuncha va atamalarni o`z ichiga oladi. Ular yo`l harakati qoidalarini o`rganishda muhim ahamiyatga egadir.
III-bob. Haydovchilarning umumiy majburiyatlari.
Haydovchilarning umumiy majburiyatlari 6 bandni o`z ichiga oladi.
1-band: Haydovchilarning zaruriy hujjatlarini o`z ichiga oladi;
2-band: Haydovchilik guvohnomasi bo`lgan shaxsning vakolatini;
3-band: Mototsikl haydovchisining xuquqini;
4-band: Xalqaro yo`llarda harakatlanishni;
5-band: Haydovchini majburiyatlarini;
6-band: Haydovchilarga ta`qiqlangan harakatlarni.
IV-bob. YTH (yo`l transport hodisasi) sodir etgan haydovchilarning vazifalari. Ushbu bob 2 bandni o`z ichiga oladi:
1-band: YTH sodir bo`lganda qilinishi lozim bo`lgan ishlarni barchasi yoritilgan;
2-band: YTH da zarar kam miqdorda bo`lgandagi holati yoritilgan.
|
| |