|
Maktabda manaviy-marifiy ishlarni rejalashtirish
|
bet | 1/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 53,17 Kb. | | #242868 |
Bog'liq KURS ISHI 473
MAKTABDA MANAVIY-MARIFIY ISHLARNI REJALASHTIRISH
REJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….2
I BOB. Ta'lim muassasalarida muomala madaniyati va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish……………………………………………………………….4
1.1.Ta'lim muassasalarida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida muomala madaniyati.4
1.2.Maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish………………………....11
II BOB. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va uning asosiy yo’nalishlari………………………19
2.1.Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish………………19
2.2.Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari………….23
XULOSA………………………………………………………………………..32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………35
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma'naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta'lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Prezidentimiz maktab ta'limi tizimini isloh qilish bo'yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulug' ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo'ja Behbudiyning "Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktabdir" degan fikrini alohida ta'kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to'xtalib o'tdi. Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ularda jamiyat hayotini o'zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta'lim tizimidan, bog'cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko'ramiz. Chunki maktabni o'zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o'zgartirib bo'lmaydi. Ta'lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu - maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o'qituvchilardir. Ma'lumki, murakkab o'tish yillarida maktablardagi ma'naviy-ma'rifiy muhit, o'qituvchi kasbining obro'yi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etishga yetarli e'tibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi.
|
| |