|
Maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish
|
bet | 3/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 53,17 Kb. | | #242868 |
Bog'liq KURS ISHI 4731.2.Maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish
O'quvchilar qalbini urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni o'rgatish orqali ulardan odob-axloq nurlarini yoritmoqchi bo'lgan tarbiyachi o'quvchi chuqur bilim, keng maxorat va tarbiyachilik, tashkilotchilik san'atini egallamog'i lozim. Maktabda sinfdan tashqari musiqa to'garaklarini amalga oshirish metodikasi kursining maqsadi:
- bo'lajak o'qituvchi tarbiyachilar, to'garak rahbarlariga tarbiyaga doir tadbirlarni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari haqida bilim berish;
- o'quvchilarni ma'naviy barkamol qilib tarbiyalashda o'zbek xalqining urf-odatlari, milliy va ma'naviy qadriyatlaridan foydalanish manbashunoslikka o'rgatish;
- ommaviy tadbirlarni rejalashtirishda o'quvchi yoshlarning yosh xususiyatlari qiziqishi, jamoadagi ijobiy va salbiy tomonlarining mavjud darajasiga e'tibor berish;
- tarbiyaviy tadbirlarni sifat va samaradorligini oshirishda yangicha ishlash metodi va shakllaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lish kabilar.
Darsdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida innovatsion texnologiyalarini qollab shaxs ma'naviyatini shakllantirish, ongini o'stirish va tafakkurini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bular orqaligina erkin va mustaqil fikrlaydigan, o'zligini anglay oladigan, ya'ni har xil zararli oqimlarga qo'shilib ketavermaydigan bo'lajak mutaxassislarni intellektual salohiyatli, siyosiy ongli qilib tarbiyalash imkoniyati yaratiladi. Shaxs ma'naviyatini shakllantirish muammosi asrlar davomida ilm ahli uchun dolzarb muammo bo'lib kelgan. Chunki shaxs ma'naviyati jamiyat ma'naviyatini tashkil etadi. Ular zamon va makon nuqtai nazardan kelib chiqib turlicha fikr bildirgan.8 Hozirgi kunda maktablardagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar, o'quvchilar darsdan tashqari olib boriladigan ishlar pedagogik muammo sifatida imkon darajasida tashkil etilgan, ammo davr talabi ularni yanada takomillashtirishga undamoqda.9 Maktablardagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar mazmundai o'quvchilar ma'naviy-axloqiy tarbiyasini yanada takomillishtirish o'quvchilar ota-onalari uchun mo'ljallangan tadbirlarni mazmunan boyitish lozim ekanligi aniqlandi.
O'quvchilarning ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarga qiziqishini oshirish Maktablarda tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning amaliyotdagi ahvoli muntazam tashkil etiladigan tadbirlarga o'zgacha ruh bag'ishlash kerakligini ko'rsatadi. Maktabda darsdan tashqari olib boriladigan ishlar senariyalarini tuzish, milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz haqida batafsil ma'lumotlar tayyorlash, ularni yoshlarimiz ongiga singdirishga qulay holga keltirib, ya'ni axborot ko'rinishiga keltirib tizimlarga (qomusiy va hadis ilmi olimlari, shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, faylasuflar, xalq qahramonlari, davlat arboblari, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan rasm-rusumlar va urf-odatlar, an'analar va h. k. ) ajratish ijobiy pedagogik samara beradi. Maktablarda olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni takomillashtirishdan pirovard maqsadimiz xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoini o'zida mujassam qilgan ozod va obod Vatan qurishdan iborat.
Mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash;
targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.10
2. Quyidagilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining (keyingi o‘rinlarda – Markaz) qo‘shimcha vazifalari etib belgilanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
a) davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘nalishida:
mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ishchi (ekspert) guruhlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va ma’naviy tahdidlarning mohiyatini va aholining turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganib borish;
yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish;
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash;
b) ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida:
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish;
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash11
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi, mahalla va boshqa tuzilmalar kesimida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tarbiya texnologiyalari, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
ma’naviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalari amaliyotga tatbiq qilinishini muvofiqlashtirish;
v) targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishida:
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
sohalar va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, aniq maqsadga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish
aholi, ayniqsa, yoshlarni islom dini va falsafasiga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.
3. Markazning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy mavzulardagi dolzarb maqolalar, jamoatchilik vakillarining ilg‘or fikrlari, shuningdek, mafkuraviy jarayonlar tahlili, sohaga oid yangiliklarni to‘plash, tayyorlash va tarqatish maqsadida “oyina.uz” elektron portalini tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.12
Portal faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Markazga qo‘shimcha 15 ta shtat birligi ajratilsin va uning tuzilmasida Raqamli targ‘ibot bo‘limi tashkil etilsin.
Markaz Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda portalni ishga tushirish choralarini ko‘rsin.
4. Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlariga qo‘shimcha 2 tadan, tuman (shahar) bo‘linmalariga aholi soni 200 mingdan ortiq bo‘lganda 2 tadan, 200 mingdan kam bo‘lgan taqdirda esa 1 tadan qo‘shimcha shtat birliklari ajratilsin.
Belgilansinki, mazkur shtat birliklari mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining:
“Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasi negizida Markaz huzurida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish;
“Tafakkur” va “Ma’naviy hayot” jurnallari hamda “Ma’naviyat” nashriyotini Markaz tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
“Ma’naviyat” nashriyoti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi hisobidan bir oy muddatda 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilsin.
6. Quyidagilar:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari namunaviy tuzilmalari 4-ilovaga muvofiq;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman (shahar) bo‘linmalarining namunaviy tuzilmalari 5-ilovaga muvofiq;
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha umumta’lim muassasalarida yoshlar yetakchisi lavozimi 1 ta shtat birligi hisobida saqlanib kelinayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ta’lim tashkilotlarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:
har bir umumta’lim muassasasida joriy etilgan ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimini moliyalashtirish uchun 2021 yil 1 apreldan boshlab davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 0,5 shtat birligi ajratiladi hamda uning ish haqi miqdori umumta’lim muassasasi oliy ma’lumotli o‘qituvchisi uchun o‘rnatilgan bazaviy tarif stavkasi miqdorida belgilanadi;
davlat oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida, talabalar sonidan qat’i nazar, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) lavozimi joriy etiladi. Bunda, oliy ta’lim muassasalarida mavjud yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) lavozimi qisqartiriladi.
8. Markaz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida barcha tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2021-2023 yillarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etishning manzilli ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur maskanlar yangi qurilishlar orqali yoki bo‘sh turgan binolarda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan tashkil etilishi belgilansin.
9. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimining tegishli ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga bakalavriat bosqichida “Ma’naviyatshunoslik”, magistratura bosqichida “Kasbiy ma’naviyat” fanlari kiritilishini hamda magistratura ta’lim bosqichida “PR-menejer” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini yo‘lga qo‘ysin.
10. Innovatsion rivojlanish vazirligi Markaz bilan birgalikda ikki oy muddatda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni shakllantirsin va belgilangan tartibda moliyalashtirsin.
13. Toshkent shahar hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, “Ma’naviy hayot” va “Tafakkur” jurnallari tahririyatini joylashtirish uchun bino ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
|
| |