Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari




Download 53,17 Kb.
bet5/6
Sana18.05.2024
Hajmi53,17 Kb.
#242868
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISHI 473

2.2.Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida olimlarimiz juda turli xil fikrlarni aytib o‘tganlar. Madaniy oqartuv ishlari, madaniy-ma’rifiy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, madaniy tadbirlar kabi nomlar bilan atalib kelingan. Ushbu sanab o‘tilganlarning barchasi deyarli bir xil mazmunga ega, ammo hozirgi kunga kelib asosan “ma’naviy-ma’rifiy ishlar” deb yuritish an’anaga aylangan. Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga juda katta strategik masala sifatida qaralib kelinmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning deyarli barchasi shu yurtda istiqomat qilayotgan insonlarning orzu-istaklarining rо‘yobi uchun qilinayotgan ishlardir, deb qarasak, bizningcha tо‘g‘ri bо‘ladi. Barkamol avlod, komil inson, yosh avlod tarbiyasi kabi vazifalar aynan ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etish orqali amalga oshiriladigan jarayonlardir. Bu jarayonlarning barchasining markazida insonlarning farovon hayot kechirishlari, xalqimizni ehtiyojlarini qondirish, ularning yaxshi yashashi, sharoitlarini yaxshilash kabi vazifalar yotadi. Ayniqsa, yoshlar tarbiyasida bu faoliyatning muhimligini unutmasligimiz lozim. Zero, davlatimiz rahbari aytib o‘tganlaridek, “barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish“ kabi masalalar ma’naviy-ma’rifiy soha xodimlari oldidagi katta ma’suliyat yuklaydi.19
• Talabalarni mustaqil O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi qilib tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor qaratish – talabalarning milliy g‘ururini oshirish;
• xalqning qadimgi qadriyatlarini boyishiga hissa qo‘shish;
• ona vatan oldidagi hamfuqarolik, haminsoniylik vazifasini bajarishga tayyorlab berish;
• bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy bilimini oshirish;
• mamlakatning ichki va tashqi siyosatini yuksalishida yoki mo’taxassislarni tayyorlash;
• talabalar kasbiy ko‘nikmasini oshirish;
• muomala madaniyati oshirish, millati, vatani oldida, oilasi va do‘stlari oldidagi burchini shakllantiirish;
• talabalarning shaxs sifatida individual xususiyatlarini shakllantirishi va takomillashtirish;
• talabalar orasida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik o‘qishga va kasbga hurmat va ijtimoiy ma’suliyat hissini keng targ‘ib qilish;
• talabalar manfaatlarini himoya qilish, bilim olish va sog‘lom turmush tarzi uchun barcha sharoitlarni yaratish;
• talabalarning ijtimoiy – siyosiy va huquqiy ongini oshirish, tanqidiy va tahliliy tafakkurini kengaytirish;
• adolatsizlik, firibgarlik, qarindosh – urug‘chilik va mahalliychilik, ya’ni jamiyatdagi salbiy kamchiliklarga qarshi kurashish;
• talabalar o‘rtasida xalqaro terrorizm, diniy va siyosiy ekstrimizm, giyoxvand moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
• maqsadli ma’naviy – axloqiy ishlarni takomillashtirish;
• universitetda boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining vazifasi:
Ma’naviy tarbiya jarayonida boshqaruv tuzilishni muntazam takomillashtirish; 
• Rejalar va dasturlarni ishlab chiqish va ularni nazorat qilish;
• Talabalar va professor-o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va ta’lim to‘g‘risidagi qonun bilan birga milliy kadrlar tayyorlash dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida etkazishini tashkil etish;
• Talabalar va professor-o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorlarini va axborotlarni o‘z vaktida etkazishni ta’minlash;
• O‘qituvchi-murabbiylar tizimini takomillashtirishni yaratish;
• O‘qituvchi-murabbiylar tomonidan o‘tkaziladigan ma’naviyat soatlarini samarali o‘tkazilishini ta’minlash;
• Universitetda ma’naviyat kunida o’tkaziladigan mazmunli tadbirlarni tashkillashtirish;
• Har xil sohalarda tarbiyaviy uchrashuvlar tashkil etish;
• Jinoyatchilikni oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ish tizimini takomillashtirish;
• O’qituvchilarni ma’naviy-marifiy tarbiya masalalari buyicha o”quv qo’llanmalarini tayyorlash va nashr etish, shuningdek o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash;
• Talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishini tashkil etish;
• Uyda yoki kvartirada yashaydigan talabalarning yashash sharoitlarini doimiy ravishda nazorat qilinishini tashkil etish;
• Universitetda maishiy uskunalar, sport va sog’lomlashtirish tizimini uzluksiz sifatli ishlashini ta’minlash hamda umumiy ovqatlanish va bo’sh vaqtlarini nazorat etish;
• Universitetda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalarida e’tirof etayotgan barkamol avlodni shakillantirish, ularga Vatanga muhabbat, o‘z xalqiga sadoqat, istiqlolga fidoiylik, mustaqil va erkin fikrga ega bo‘lgan, irodasi mustahkam, iymoni bo’tun yoshlarni voyaga etkazish kabilar tashkil etish;
• Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi o‘z faoliyatini universitet Nuroiylar va murabbiylar kengashlari, Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti, xotin-qizlar maslahatchisi, psixolog, kasaba uyushmasi hamda fakultetlar dekanlarining yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari bilan hamkorlikda olib borish;
• Fakultetlar va kafedralarida professor-o‘qituvchilar tomonidan «Axborot va ma’naviyat soatlari»ni o‘tkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar murabbiylik guruh jurnallari va hujjatlarini muntazam ravishda tekshirib borish;
• Universitetda olib borilayotgan har bir ishdan ko‘zlangan maqsad talabalar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, vatanga muhabbat, mustaqillikning qadriga etish kabi tuyg‘ularni shakllantirish;
Talabalarning ma’naviy tarbiyasida terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, OITS kabi illatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish, ular keltirib chiqaradigan mudhish oqibatlardan talabalarni ogoh etishga alohida e’tibor qaratish va shu maqsadda huquq-tartibot, diniy, sog‘liqni saqlash idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kompleks tadbirlarni amalga oshirish20
Talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boradi va istiqomat qiluvchi talabalarning dam olishi, o‘z ustida mustaqil ishlashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratishda ko‘maklashish;21
Universitetda olib borilayotgan har bir ishdan ko‘zlangan maqsad talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirish, vatanga muhabbat, mustaqillikning qadriga yetish kabi tuyg‘ularni shakllantirish;
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi talabalarning ma’naviy tarbiyasida terrorezm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, OITS kabi illatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish, ular keltirib chiqaradigan mudhish oqibatlardan talabalarni ogoh etishga alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda huquq-tartibot, diniy, sog‘liqni saqlash idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kompleks tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, ular ishtirokida amaliy anjumanlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari muntazam o‘tkazib boriladi. Shuningdek, talabalar ushbu mavzuda yaratilgan filmlar, spektakllar, sahnalashtirilgan tomoshalarga ommaviy ravishda olib borish;
• Talabalar turar joylarida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham bo‘limning doimiy e’tiborida turadi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning dam olishi, o‘z ustida mustaqil ishlashlari barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, talabalar turar joyida ko’tubxona va qiroatxona, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, sport kulub faoliyat ko‘rsatmoqda. Talabalarning o‘qishdan bush vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadidа qiroatxonada kitobxonlik kechalari, ma’naviyat va ma’rifat xonasida uchrashuvlar, davra suhbatlari, sport klubida turli musobaqalarni muntazam o‘tkazish;
• Bo‘lim tomonidan talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda alohida ahamiyat beriladi. Buning uchun universitetda 40 ga yaqin klub va tugaraklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayniqsa «Talaba» sport kulubi, «Quvnoqlar va zukkolar», «Zakovat» klublariga talabalarning qiziqishlari katta. Ularda bugungi kunda mingga yaqin talabalarimiz darsdan bo‘sh vaqtlarini do‘stlar bilan birgalikda o‘tkazishni tashkil qilish;
• Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-qo‘vvatlash bo‘limning doimiy nazoratidagi ishlardan hisoblanadi. Milliy bayramlarimiz arafasida, shuningdek, yil davomida navbati bila nota-onasi yo‘q, nogiron, kam ta’minlangan talabalar moddiy rag‘batlantirib borishni tashkil qilish;
Bo‘limning asosiy vazifalari talabalarni, malakali mo’taxassis sifatida vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy vazifalarning mohiyatini anglab borishi, shuningdek, bo‘lajak mo’taxassislarni mustaqil ishlashga tayyorlashning axloqiy asoslarini tushuntirishi mantiqiy fikrlashi, jamoani boshqarish qobiliyati, hayotda munosib o‘rin topishi, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, kelajakka ishonch, mamlakatning buyuk kelajagi yo’tuqlar bilan bog‘liqligini tushuntirishidan iboratdir. Hammamizga ma’lumki, “ma’naviyat” va “ma’rifat” tushunchalarining ko‘pincha birgalikda qo‘llanishi ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ta’lim va tarbiya uyg‘unligini nazarda tutadi. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida buning ahamiyati, dolzarbligi yuz barobarga oshadi. Aytib o‘tganimizdek, ma’naviyat bevosita ma’rifat tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir.
Chunki, bilish orqali juda ko‘p muammolarni bartaraf qilish mumkin. Manbalarda, “Ma’rifat (arabcha «arafa» - «bilmoq» so’zidan) - ta’lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g’oyalar majmui asosida kishilarning ong-bilimini, madaniyatini o’stirishga qaratilgan faoliyat” deb berilgan. “Ma’rifat” tushunchasi bilish, bilim, ma’lumot, tanish, tanishish ma’nolarida ham qo‘llanilib kelinmoqda.22
Darhaqiqat, uning ma’nosi bilimdir. Atama sifatida esa u tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. Ma’rifat degani bilimli, muayyan sohada ma’lumoti bor, degani bo‘lib, insonparvarlik ma’naviyati zaminidagina o‘z mohiyatiga ega bo‘ladi. Kishilarning bilimini, madaniyati oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaga ham ma’rifat deb ham qaraladi.
Bu so‘z ilm-u urfon ma’nolarida ham ishlatiladi. Ma’rifat tushunchasi kengroq ma’noda qo‘llanilib, bilim va ma’naviyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o‘zida mujassam qilgan. Bu ikki sermazmun tushunchalarning birga qo‘llanishi ta’lim-tarbiya masalalarining barcha jihatlarini, odob, ahloq, tarbiya, o‘qish, bilim olish, o‘rganish, mutolaa qilish, ilmli bo‘lish, jamiyatga nafi tegadigan inson bo‘lish va h.k. kabi qarashlar, fikrlarni o‘zida qamrab oladi. O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar qatorida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga ham alohida o‘rin berilgan. Jumladan, 2021-yil 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimida Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘zlagan nutqlarida “Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyilni asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida ilgari surganda, uni tinglagan, eshitgan har bir inson keyingi amalga oshiriladigan islohotlarda millat, yurt va Vatan taraqqiyotini his etdi. Taraqqiyot strategiyasida jamiyatni yanada rivojdantirish uchun muhim bo‘lgan barcha siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy masalalar bilan bir qatorda ma’naviy va ma’rifiy masalalarning qo‘yilishi ham ushbu sohaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilaydi.23 Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug‘lash, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson qadr-qimmatini ta’minlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli ta’lim-tarbiya masalasi, ma’naviy va ma’rifiy sohani rivojlantirish, ekologik tahdidlarning salbiy ta’siri, mamlakatimizdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar kun tartibiga qo‘yilgan bo‘lib, bunda inson, uning qadr-qimmati, jamiyatda xotirjam yashashi, farzandalariga ta’lim-tarbiya berishda uning ortida davlat, Prezident turganligini his qilishi, yaxshi, farovon yashashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilajagi haqidagi fikrlarni anglash qiyin emas. Taraqqiyot strategiyaning beshinchi ustuvor yo‘nalishga asosan ma’naviy va ma’rifiy sohalar rivojlantirilishi haqidagi fikrlar bayon etilgan. “Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshiriladi.24 Madaniyat va san’atni yuksaltirish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi”, deydi Prezidentimiz. Darhaqiqat, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda asosiy maqsad yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy, estetik ehtiyojlarini qondirish, ma’naviy dunyosini boyitish, vatanparvarlik, fidoyilik, mehnatsevarlik hissiyotlarini rivojlantirish, jamiyat taraqqiyotida o‘z o‘rnini egallashi, kelajakda jamiyatning faol a’zosi sifatida shakllanishi, ilmli, bilimli, zukko bo‘lishi kabi ulug‘ maqsadlar qo‘yilgan. Hozirgi kunda bunday ishlar ta’lim muassasalarida bilan bir qatorda mahallalarda ham tashkil etilishi katta samara bermoqda. Mahallalalarda istqomat qilayotgan xalqimizni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, ularning ma’rifiy va ijodiy qobiliyatlarini oshirish, dam olish va xordiq chiqarishini uyushtirish ham ma’naviyma’rifiy sohalarning ijtimoiy funksiyalarini belgilab bermoqda.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, xalqni rozi qilish, yashash sharoitlari, turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Insonlarning maroqli dam olishlari uchun dam olish maskanlarini, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, teatrlar, konsert zallari, sport o‘yinlari o‘tkaziladigan maydonlar, maktab, oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalarini yangidan qurish, mavjudlarini moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, rivojlantirish, ularni ta’mirlash va boshqa ishlar shaxsan davlatimiz rahbarining tashabbuslari, taklif va ko‘rsatmalari asosida tashkil etilmoqda. Ayniqsa, talaba yoshlarning yaxshi o‘qishlari, ularning ma’naviy, estetik ehtiyojlarini qondirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan turli mavzulardagi tadbirlarning tashkil etilishi talaba yoshlarning bu boradagi imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 19-yanvar kuni “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish” masalalari bo‘yicha videoselektoryig‘ilishida “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat ”, deya ta’kilab o‘tdilar. Undan tashqari, davlatimiz rahbarining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son Qarori ham ushbu faoliyatga bugungi Yangilanayotgan O‘zbekiston uchun muhim xujjatlardan biri ekanligini alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu xujjatda “Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.25


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ommaviy musiqiy tadbirlar orqali bo'lajak barkamol avlodlarimizni badiiy-estetik tarbiyalash ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan musiqa o'qituvchilari maktagacha, maktabdan tashqari muassasa rahbarlari, tarbiyachilarining muqaddas burchlaridan biridir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Xususan, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmagan.
Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O‘zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1992-yil 2-iyul Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Ta’limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:
- ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;
- ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;
- ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi;
- e’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatlari yaratilganligi;
- ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan xoliligi.
1993-yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan “O‘zbekistonda o‘quvchi yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risi”dagi farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun rivojlangan davlatlardagi universitetlarda ta’lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib berildi.
O‘zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eski tafakkur, e’tiqodidan qutilgan istiqlol uchun, o‘z ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turdi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib batamom yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlari yo‘lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Sobiq ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targ‘ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan Universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo‘lsa, endilikda bu o‘quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi.
Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida Prezident qoshidagi “Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi”, “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti”, ayrim vazirliklar qoshida akademiyalarning tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Respublika va viloyatlarning rahbar xodimlari, huquq organlari rahbarlari bilan uchrashuvlarida hokimiyatlar, huquq organlarining ayrim xodimlari tomonidan tartib-intizomning, qonunchilikning buzilayotgani to‘g‘risida har gal kuyib-pishib gapiradi va urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik, poraxo‘rlik kabi o‘tmish qoldiqlaridan toza, el-yurti va xalqiga halol mehnat qiladigan yosh kadrlarni tayyorlash, ularga yo‘l ochib berish zarurligini qayta-qayta takrorlab ko‘rsatadi.
O‘zbekiston mustaqilligining kelajagi yuqori malakali, ma’rifatli, el-yurtiga sadoqatli mutaxassislarni tayyorlashga bevosita bog‘liq. I.A.Karimov muxbirlarning “Sizning siyosatingizda ta’lim-tarbiya masalasiga katta e’tibor berishning sabablari nimada?”, deb so‘ragan savoliga ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib bo‘lmaydi, ong, g‘oya, tafakkur ta’lim-tarbiya bilan uzviy bog‘liq, bir-birini to‘ldiradi deb javob beradi.
1997-yil, 29-avgustda Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida I.A.Karimovning “Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” ma’ruzasi asosida yangi tahrirda “Ta’lim to‘g‘risida” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.
Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarda, boshlang‘ich sinflarda o‘quv-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilib, o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000-yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari, shu jumladan 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talaba bilim olmoqda. Mustaqilligimiz kelajagi yoshlar qo‘lida ekan bilimdon, ma’naviyatli, mustaqil fikrlab mustaqil ish yuritadigan yoshlarni yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda jamiyatimizning eng katta boyligi, millatimizning intelektual, aql-zakovat boyligi bo‘lmish yigit-qizlarimizni tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qo‘yilmoqda.



Download 53,17 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 53,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari

Download 53,17 Kb.