|
Maktabda manaviy-marifiy ishlarni rejalashtirish
|
bet | 2/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 53,17 Kb. | | #242868 |
Bog'liq KURS ISHI 473Kurs ishining maqsadi. Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq ta'limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-me'yoriy asoslari mustahkamlandi. Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab ta'limi tizimi tiklandi. So'nggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumta'lim maktabi yangidan qurildi. Ulug' allomalarimiz - Mirzo Ulug'bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Is'hoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, "Temurbeklar maktabi", Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta'lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta'lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.
Kurs ishining vazifasi. Shunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Ta'lim to'g'risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi»da ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko'tarish, kadrlar tayyorlashning yangi tizimini yaratish, barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash asosiy maqsad qilib belgilanib, uni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustivor yo'nalishlaridan deb hisoblanishi ko'rsatilgan.
«Ta'lim to'g'risidagi Qonun»da yetim va ota-onasining homiyligidan mahrum bo'lgan, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonli bolalar va o'smirlarni, ijtimoiy yordamga muxtoj bo'lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va o'qitish borasida ta'lim hamda vossiylik organlarining burch va vazifalari belgilab berilgan.
I BOB. Ta'lim muassasalarida muomala madaniyati va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish.
1.1.Ta'lim muassasalarida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida muomala madaniyati.
O'quvchilar bilan tarbiyaviy tadbirlar o'tkazishda o'qituvchining muomala odobi ham juda katta ahamiyatga egadir. O'qituvchining o'quvchilar bilan bevosita yoki bilvosita muomalasi o'tkazilishi lozim bo'lgan tarbiyaviy tadbirlarga tayyorgarlik jarayonida sodir bo'ladi. Mazkur jarayonni o'quvchilarning muomalasiga ta'sir ko'rsatishning o'ziga xos vositasi deb qarash mumkin. Muomala - bu ma'lumotlar, axborotlar jarayonidir. Ushbu jarayon ikki yo'nalishda, ya'ni boshqarish subyektidan (o'qituvchidan) boshqarish obyektiga (o'quvchiga) borishi yoki aksincha - obyektdan subyektga borishi mumkin. O'qituvchi bevosita shaxslararo muomaladan o'z tarbiyalanuvchilari, umuman jamoa haqida, undagi ichki jarayonlar haqida goyat hilma-xil ma'lumotlarga ega bo'ladi va hokazo. O'z navbatida o'qituvchi muomala jarayonida o'z o'quvchilariga ham ustoz va shogird odobi an'analari mavzusiga qaratilgan ma'lumotlarni ma'lum qiladi. Bunda o'qituvchi o'tkazilishi kerak bo'lgan tarbiyaviy tadbirlar mazmuni, shakli, vositalari haqida o'z tarbiyalanuvchilariga ma'lumot berish bilan birga, ularning ishlash jarayonlari haqida ham tushuncha beradi. Har qanday ijodkorlik, buning ustiga pedagogik ijodkorlik quruq joyda, faqat hissiy kechinmalar asosida boshlanishi mumkin emas. Tarbiya san'atida o'zining pedagogik mahorati, o'zining «bir qolipdagi» mehnat madaniyati borki, ularni bilib olish zarur. Pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish butun tizimi ana shuni bilib olishga qaratilishi kerak. Biroq, hali hech kim oliy o'quv yurtida o'qib yoki o'qituvchilar malakasini oshirish kursini tamomlagandan keyin usta pedagog bo'lib qolmagan.1
Pedagogik mehnat ustalari ta'lim muassasalarida vujudga keladi, o'quvchilar bilan muomalada shakllanadi. Demak, tarbiyaviy tadbirlar jarayonida pedagog pedagogik mahoratga ega bo'lish bilan birga, u o'quvchi qalbini tushunishi, uning qiziqish va moyilliklarini his qilishi kerak. Shunga ko'ra tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishi va o'tkazishi lozim. Albatta, rejalashtirish o'quvchilarning maslahatisiz amalga oshirib bo'lmaydi. Tarbiyaviy tadbirlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda o'quvchilar faol bo'lishsin, o'qituvchi esa nazoratchi sifatida namoyon bo'lsin. Shundagina ko'zlangan maqsadga aniq va tez erishish mumkin..
O'zbek xalq pedagogikasida bolalarni insonga mehrli, rahm-shafqatli, insonparvar, kindek qoni to'kilgan zaminiga mehr qo'yish va h.k. kabi tuyg'ularni singdirishga katta e'tibor berib kelingan.2
O'quvchilar ma'naviy-ahloqiy tarbiyasining muhim qismlari bo'lmish vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat his-tuyg'ularini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Maktabda o'quvchilarda yuksak ma'naviy-ahloqiy hislardan vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat his-tuyg'ularining paydo bo'lishi va rivojlanishi, asosan bolalarning katta kishilar bilan qiladigan o'zaro muomala, muloqot va munosabatlariga bog'liq bo'ladi. Insonda eng yuqori ma'naviy hislardan vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat his-tuyg'ulari bir-biri bilan uyg'unlashib ketgan. Bularni bir-biridan ajratib qarash qiyin. Bular bir-birining zamirida paydo bo'luvchi, shakllanuvchi va shaxs ma'naviyatini belgilovchi his-tuyg'ulardir. Mehr-muruvvat his-tuyg'ulari vatanparvarlik, insonparvarlik his-tuyg'ulari zamirida va aksincha mehr-muruvvat his-tuyg'ulari zamirida vatanparvarlik, insonparvarlik his-tuyg'ulari paydo bo'ladi. Insonparvarlik tushunchasi - o'zbek millatida o'ziga xos alohida xususiyatga ega. Bu fikrlar zamirida Ona-Vatan va o'z xalqiga cheksiz muhabbat va mehr his-tuyg'ulari bilan to'lib-toshgan avlodni kamol toptirish, uning ongida vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr - muruvvat his-tuyg'ularini shakllantirish vazifasi turganligini anglash qiyin emas. O'zbeklarning urf-odatlari bo'yicha, o'zi yashab turgan joy muqaddas hisoblanadi. Bu muqaddas tuproqqa nisbatan yovuz niyat, yomon so'z aytilmaydi. Vatan, yurt, millat tushunchalari ulug'vor tushunchalar bo'lib, hamisha mehr-muhabbatdan quvvat oladi.
Shu jihatdan qaraganda, bu tuyg'ular egizak qondoshu- jondoshdurlar. Bu his-tuyg'ularni yosh murg'ak yuragida uyg'atish, uni rivojlantirish va takomillashtirib borish, barcha maktab o'qituvchilari faoliyatlarida, ota-ona, mahalla fuqarolarining muqaddas burchlari hisoblanadi. Mustaqil O'zbekistonning kelajagi, ko'p jihatdan, barkamol avlod tarbiyasiga bog'liq. Buning uchun dono xalqimizning va mutafakkirlarimizning durdona fikrlariga rioya qilib, yoshlarimizga bolalikdan boshlab ajdodlarimiz tomonidan qo'llab kelingan eng xalqchil odob namunalari va his-tuyg'ularni o'rgatib borishimiz zarur. Vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat his-tuyg'ulari - bu qo'shaloq tuyg'ular bo'lib, ularni bolalarimiz ma'naviy-axloqiy tarbiyasi tizimida birgalikda singdiriladi. Bolalarimizning ilk yoshlik paytlaridan boshlaboq, bu yuqori his-tuyg'ularini shakllantirib, o'stirib borish - ularni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirib beruvchi kelajakdagi barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatini beradi. Vatan tuyg'usi to'g'risidagi fikrlar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan yurtdosh mutafakkirlarimiz al-Xorazmiy, al-Farg'oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Mansur as-Samarqandiy, Ibn Sino asarlarida ham o'z ifodasini topgan. Vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ulariga sodiq bo'lib, o'z asarlarida bu tushunchalarning muqaddas ekanligini XX asrning 30-50 va nihoyat 80-yillarida xalqimizga qarshi uyushtirilgan ishlarda - qatag'onlik va surgun azoblarini o'z boshlaridan kechirib, halok bo'lgan yurtdoshlarimiz, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon Nosir kabi yozuvchi, shoirlarimiz o'z asarlarida kuylaganlar.
Hadislarimizda «Vatanni sevmoq iymondandir» deyiladi. Vatan ostonadan boshlanadi, deydi donishmandlar. Bu dono so'zlar har bir kishining o'z vatanini sevish va qadirlashga da'vad etadi. Demak, Vatan inson uchun o'zi tug'ilib o'sgan joy, go'shadan boshlanib butun bir mamlakatni qamrab oladi. Vatanni sevish - o'z ona qishlog'i, shahri, o'zi balog'atga yetayotgan joyini sevish va ardoqlashdir.3
Musiqani sevuvchi insonning ko'ngli ezgulikka moyil bo'ladi, ya'ni u jaholatga qarshi samarali vosita, o'tkir quroldir. U bor yerdan hajolat qochadi. U millat tanlamaydi, lekin milliy ruh uyg'otad. Ta'lim tizimida ham musiqiy ta'limni ushbu tizimni eng quyi pog'onasi bo'lgan maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyatidan boshlab kuchaytirmoq, bu yo'lda uchrayotgan to'siq va muammolarni bartaraf qilmoq kerak. Chunki, biz ham farzandlarimizning kelajakda jaholatdan yiroq, ma'rifatli, fozil va komil insonlar bo'lib yetilishini istaymiz. Shuning uchun ularni bolalikdan musiqasevar, adabiyot va san'atning barcha jabhalariga ixlosmand, keng fikr, axloq-odobli, mehr-oqibatli, badiiy-estetik dunyoqarashi yuksak qilib tarbiyalashimiz va shu ishni bolalar bog'chalaridan boshlamog'imiz lozim.
Tadbirlarning eng asosiysi bayram ertaliklari bo'lib, u uzoq tayyorgarlik hamda tashkilotchilik, puxta bilim va mahorat talab qiluvchi tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu muassasalarda ertaliklar asosan mustaqillik kuni (1-sentabr), yangi yil, vatan himoyachilari kuni (14-yanvar), xotin-qizlar kuni (8-mart), navro'z umumxalq bayrami (21-mart), xotira kuni (9-may) va bog'cha bilan xayrlashish kuni (1-iyun bolalar kuni) ga bag'ishlab o'tkaziladi. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar - o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to'ldiradi. Ularning dunyoqarashini to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog'lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko'p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:4
- darsdan tashqari tarbiyavity ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish;
- o'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko'p qirrali ishlarini pedagogik jamoa, o'quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo'lga ko'yish;
- sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo'nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o'qituvchilar, ota-onalar, sinf faollari, uslubiy yordam ko'rsatish;
- umummaktab va maktablararo o'tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan, uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma'lum bir tizimga solmasdan turib ko'zda tutilgan maqsadga erishi qiyin. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga bolalar, o'smirlar ijodiyoti saroylari, uylari klublari va markazlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari, san'at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog'lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Musiqiy ommaviy va tarbiyaviy ishlarga oid to'garaklarda o'quvchilarning badiiy-estetik didini, ma'naviyatini, axloqini Vatanga, el-yurtga bo'lgan mehr-muhabbatini mehnatga, bilim olishga bo'lgan intilishini, qobiliyatini oshirish va albatta yangi-yangi samarali ishlarga bosh qo'shmog'i muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirni amalga oshirish rejasida estetik, tarbiyaga e'tiborni qaratish lozim. Shunda o'tkazilayotgan tadbir: hox konsert ko'rinishida bo'lsin, hox sahnaviy ko'rinish shaklida bo'lsin: nafaqat tomashabinlarga, balki ko'rinishda ishtirok etayotgan, qatnashayotgan o'quvchilarga ham estetik zavq-shavq bag'ishlaydi.
Demak, barkamol inson uchun zarur bo'lgan musiqiy, ommaviy tadbirlarni amalga oshirishning mohiyati mazmunini to'g'ri taxlil qilib munosabat bildirishi, musiqiy ommaviy tadbirlarni tashkil etish va uni amalga oshirishning shakl va yo'llarini izlashi, musiqiy ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish va uni ko'tarinki ruhda o'tkazish ta'lim muassasalarida badiiy havaskorlik to'garaklariga iqtidorli yoshlarni jalb etish, sahnaviy ko'rinishlar orqali o'quvchilarni ma'naviy estetik tarbiyalash, ularga davr bilan hamohang bo'lgan asarlarni, kuy va qo'shiqlarni, raqslarni o'rgatish, drama, komediyali sahnaviyko'rinishlardan baxramand etishdek mas'uliyatli va sharafli ishlar zamon talabiga mos va juda zarur yumushlardir.5 Ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmagan. Mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida6 aniq, strategik, ustivor yo‘nalishlar belgilandi. Mazkur xujjatda oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish, yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish kabi muhim masalalarga katta e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlangan. Juda ko‘p hollarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hisobot uchun o‘tkazilishi sir emas. Tadbirlarni tashkil etishda aniq maqsadlar belgilanib, amalga oshiriladiganishlar rejasi puxta ishlanib, insonlarning bo‘sh vaqtlarini hisobga olgan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatiga erishish uchun tadbirlar saviyasini ko‘tarish haqida bosh qotirish lozim. Masalan, davra suhbatini olaylik. Odam savdosiga qarshi kurash mavzusi bo‘yicha tadbir o‘tkaziladigan bo‘lsa, ma’ruzachi undagi faktlarni faqat aytib berish bilan chegaralansa, ya’ni (ma’ruzani o‘qib yoki tushuntirib bersa) bu tinglovchida hech qanday hissiyotlarni uyg‘otmasligi mumkin.6
Bunda turli metod va vositalardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish - tadbirning sifat samaradorligiga erishishiga olib keladi. Bu yerda “tadbirni quruq ma’ruzani o‘qish bilan emas, balki isbotlangan faktlar bilan, turli ko‘rgazmalar, xujjatli filmlar, videoroliklar, sahna ko‘rinishlari, shu mavzularga oid kuy va qo‘shiqlar uyg‘unligida o‘tkazilsa, uning ta’sirchanligi va sifat darajasi oshadi hamda tinglovchi yoki tomoshabinning ongiga ijobiy ta’sir qiladi. Bunda ishontirish metodidan foydalanish mumkin, ya’ni chet ellarga, ya’ni o‘zga yurtlarga borib, ko‘p pul topishni istagan yoshlarga buning hammasi safsata ekanligiga ishontirish, u yerdagi shart-sharoit va ahvolning naqadar ayanchli ekanligini ko‘rsatish (film, sahna ko‘rinish orqali yoki aynan ana shunday sharoitlarga tushib qolgan insonlar o‘zlari gapirib bersalar), o‘z yurtining qadriga yetish kabi vazifalarni qo‘ygan holda taqdim etilishi ko‘pchilikning to‘g‘ri xulosa chiqarishiga sabab bo‘la oladi , deyish mumkin. Bitta tadbirni o‘tkazgan bilan inson o‘zgarib yoki tarbiyalanib qolmaydi.
Buning uchun tizimli ishlarni amalga oshirish zarur. Tadbir tashkilotchilari badiiy jihatda mukammal ssenariyni yaratish, uni sahnaga ko‘chirish qonuniyatlarini yaxshi bilishi talab etiladi. Faqat kuy, qo‘shiq yoki raqslardan iborat tashkil etilgan tadbirlar yaxshi samara bermasligi mumkin. Tadbirni g‘oyaviy jihatdan aniq maqsadlarga yo‘naltirish, tinglovchi yoki tomoshabinlarning didiga mos tarbiyaviy manbalardan foydalanish, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy, estetik ehtiyojlarini qondirishga qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Madaniy-ma’rifiy faoliyat ertangi kun ish samaradorligiga erishishda muhim rol o‘ynaydi. Chunki, yaxshi dam olgan kishi sidqidildan mehnat qiladi. Xotirjam bo‘lmagan, yaxshi dam olmagan, charchagan insondan chin dildan mehnat talab qilish qiyin masalalardan biridir.
Yaxshi, maroqli dam olgan odam ish faoliyatida aktivlashadi, oldinga intiladi, oldinga intilish esa juda ko‘p kadrlarni o‘z o‘rnini egallashda asqotadi. Insonlarning dam olish, hordiq chiqarish masalalari ham muhim ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardan hisoblanadi. “Ma’naviy-ma’rifiy sohaning obekti INSON, insonning ma’naviy-madaniy olamidir. U, birinchidan, insonning ma’naviy-madaniy olamini o‘ziga xos amaliy-tarbiyaviy vositalar va usullar bilan shakllantiruvchi, ikkinchidan esa xalq ijodini7
|
| |