• Qayd etish qismida auditorlik tekshiruvi
  • Auditorlik xulosasining maxsus qismi
  • Auditorlik xulosasining tarkibi




    Download 94.95 Kb.
    bet8/11
    Sana01.11.2023
    Hajmi94.95 Kb.
    #92442
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    audit
    1-мавзу (1), 1.7, QISHLOQ QURILISH BANK, essey

    Auditorlik xulosasining tarkibi

    Kirish qismida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

    • sanasi va hisobot davri ko‘rsatilgan holda tekshirilgan moliyaviy hisobotlar ro‘yxati;
    • xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlaganligi va uning haqqoniyligi, shuningdek ichki nazorat tizimi uchun javobgarligi;
    • o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijasida ushbu moliyaviy hisobot bo‘yicha bildirilgan fikr uchun auditorlik tashkilotining javobgarligi.
    • Qayd etish qismida auditorlik tekshiruvi:

    • auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq o‘tkazilganligi;
    • moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat ekanligi ko‘rsatilishi kerak.
    • Qayd etish qismida auditorlik tekshiruvi davomida olingan dalillar fikrni ifodalash uchun yetarlicha asoslar berishi xususida auditorlik tashkilotining tasdig‘ini aks ettirishi kerak.

      Auditorlik xulosasining yakuniy qismida auditorlik tashkilotining tekshirilgan moliyaviy hisobot, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasi va moliyaviy holati to‘g‘risida haqqoniy tasavvur berish-bermasligi, hamda moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xususidagi fikri aniq bayon etilishi kerak.

      Auditorlik tashkiloti fikrini o‘z ichiga oluvchi auditorlik xulosasining yakuniy qismi modifikatsiyalangan fikrning shaklidan kelib chiqib “Salbiy fikr bildirish”, “Izohlar bilan fikr bildirish”, “Fikr bildirishni rad etish” deb nomlanadi.

    Auditorlik xulosasining maxsus qismi

    Auditorlik xulosasining maxsus qismida modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun asos bo‘lgan vaziyatlar ko‘rsatiladi.

    Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib auditorlik xulosasida maxsus qism “Salbiy fikr bildirish uchun asos”, “Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos”, “Fikr bildirishni rad etish uchun asos” deb nomlanadi.


    Download 94.95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 94.95 Kb.