• Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi fikrni shakllantirish
  • Auditorlik xulosasida auditorlik tashkilotining ijobiy yoki modifikatsiyalangan fikri ifodalanishi mumkin.
  • Auditorlik xulosasi va uning xulosasi




    Download 94.95 Kb.
    bet2/11
    Sana01.11.2023
    Hajmi94.95 Kb.
    #92442
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    audit
    1-мавзу (1), 1.7, QISHLOQ QURILISH BANK, essey

    Auditorlik xulosasi

    • Auditorlik hulosasi — moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi va buxgalteriya xisobi yuritish tartibining qonun xujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini, xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlgan xujjat. Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi. Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatining milliy standartlari bilan belgilanadi.

    Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi fikrni shakllantirish

    Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra quyidagilarga baho berishi lozim:

    • auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq fikr bildirish uchun yetarli va lozim darajadagi dalillar olinganligiga;
    • alohida-alohida yoki umumiy birgalikda olinganda tuzatilmagan buzib ko‘rsatishlar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq muhim hisoblanishiga;
    • qabul qilingan hisob siyosatining asoslanganligiga va uning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga;
    • moliyaviy hisobotda aks ettirilgan axborotning ishonchli, qiyoslanuvchanli, tushunarli va o‘rinli ekanligiga;
    • moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzishga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligiga.
    • Auditorlik xulosasida auditorlik tashkilotining ijobiy yoki modifikatsiyalangan fikri ifodalanishi mumkin.

      Ijobiy fikr : Auditorlik tashkiloti, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti barcha muhimlilik munosabatlarida uning moliyaviy ahvolini, moliyaviy natijalarini haqqoniy aks ettirsa va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelgan hollarda mazkur Standartning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi auditorlik xulosasida ijobiy fikr bildirishi lozim.

      Modifikatsiyalangan fikr : Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasida modifikatsiyalangan fikrni bildirishi kerak, agarda:

    • olingan auditorlik dalillari asosida umumiy holda ko‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib ko‘rsatishlarga ega bo‘lsa;
    • umumiy holda ko‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib ko‘rsatishlarga ega emasligini aniqlash uchun yetarli darajadagi tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmasa.

    Download 94.95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 94.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Auditorlik xulosasi va uning xulosasi

    Download 94.95 Kb.