• Fanning obyekti, predmeti va о‘rganish uslubiyati
  • Marketing fani predmeti
  • Shunday qilib, marketing usuli
  • Ma’ruza materiallari 1 Mavzu: Kirish. Marketing kursi predmeti va vazifasi Reja




    Download 28.79 Kb.
    bet1/3
    Sana06.04.2023
    Hajmi28.79 Kb.
    #49117
      1   2   3
    Bog'liq
    1-мавзу (1)
    1.7, QISHLOQ QURILISH BANK, essey, audit

      1. MA’RUZA MATERIALLARI

    1 - Mavzu: Kirish. Marketing kursi predmeti va vazifasi
    Reja:

    1. Fanning obyekti, predmeti va о‘rganish uslubiyati.

    2. Fanning mazmuni va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

    3. Fanning vazifalari.

    4. Marketing tushunchasining asosiy ta’rif va talqinlari.




      1. Fanning obyekti, predmeti va о‘rganish uslubiyati

    Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bо‘lib marketing hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» konserni boshqaruvi raisi Djon Harvi Djons tadbirkorlikda marketingni о‘rnini tavisflab shunday deydi, ya’ni «Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg‘i, balki kema komandasidir.»


    Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bо‘lishi, sotish shakllarini rivojlanishi hamda iste’molchilarni tovar va xizmatlar bilan о‘zaro harakati bilan bog‘lanadi.
    Marketing elementlarining paydo XIX asrning о‘rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo bо‘ladi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi.
    Marketing fani predmeti - tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ning iste’molchi (xaridor) talablarini qondirish hamda о‘z mahsulotini sotish uchun yangi imkoniyatlarni qо‘lga kiritish jarayonidagi hatti harakatlarini tashkil etish mantiqi, shakllari, uslublarini ifodalovchi nazariy va amaliy tamoyillar majmuidan iborat.
    Marketing fanining asosiy о‘rganish obyektlari: bozor, iste’molchi, tovar, xizmat, baho, tovar harakatati, reklama, sotish va uni rag‘batlantirish hisoblanadi. Ana shu iqtisodiy kategoriyalarni kompleks ravishda о‘rganish va tadqiq qilish marketing fani metodologiyasi va uslubiyati mazmunini tashkil etadi.
    Fanning usuli deganda tom ma’noda о‘zining predmetini о‘rganish vositasi tushuniladi. Fannning eng asosiy bilish uslubi – dialektik uslub bо‘lib, u fanga о‘rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ochib berishga yordam beradi. Bu nazariyaga binoan hodisalar va voqeliklar о‘zaro aloqadorlikda, bir-birni taqozo etish, makon va zamonda ularning о‘zgarishi va rivojlanishida zskilik bilan yangilik kurashida kо‘rib chiqiladi.
    Dialektika usuli muammolar о‘rganilayotganda omillar va shart-sharoitlarning namoyon bо‘lishi va yuz berishi ziddiyatlariga, qarama-qarshiliklarga boy ekanligini inobatga olishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy hodisa va jaryonlar tez о‘zgaruvchan qiyofa kasb etadiki, har bir ishlab chiqarish subyekti ushbu о‘zgarishlarga moslanuvchan bо‘lmog‘i talab etiladi. О‘zgarishlarga moslashishda ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish va biznes-rejani tо‘g‘ri tuzish lozim bо‘ladi. Bu borada dialektika usullaridan foydalanish shuni anglatadiki, korxona xо‘jalik faoliyatini о‘rganish asosida uning ishini tashkil etish va faoliyatini rejalashtirish barcha о‘zaro aloqalarni hisobga olgan holda olib borilishi lozim.
    Marketing faoliyatida sababiy aloqalarni о‘rganish induksiya va deduksiya usullari yordamida amalga oshiriladi. Sababiy aloqalarni tadqiq etishda mantiqiy induksiya usulini qо‘llashda tadqiqot xususiydan umumiylikka, xususiy omillarni о‘rganishdan umumiylik sari, sababdan natija sari olib boriladi. Deduksiya – bu shunday tadqiqot olib borish usuliki, bunda tadqiqot jarayoni umumiy omillardan xususiylari, natijadan sabab sari olib boriladi. Ushbu ikkala usul ishlab chiqarishini tashkil etish va biznes-rejalashtirish jarayonida birgalikda olib boriladi.
    Marketingda dialektika usullaridan foydalanish shuni anglatadiki, har bir jarayon, har bir iqtisodiy hodisani tizimli kо‘rinishda, kо‘plab elementlar yig‘indisi va о‘zaro aloqadorligi shaklida qarash lozim bо‘ladi.
    Shunday qilib, marketing usuli – bu korxona samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida chegaralangan resurslar doirasida ishlab chiqarishni oqilona samarali tashkil etish va uni bozor talablariga moslashtirishdir.
    Ishlab chiqarishni boshqarishning marketing usuli bir qator analitik tadqiqotlar uslubiyotiga asosan namoyon bо‘ladi. Uslubiyot deganda tadqiqot yoki bilish, anglash yо‘li, voqelikni amaliy va nazariy о‘zlashtirish usullarining majmuasi tushuniladi. Marketingda uslubiyot о‘zida oldiga qо‘yilgan maqsadga erishishda marketing tadqiqotlarida qо‘llaniladigan usul va qoidalar majmuasini mujassam etadi.
    Marketingda har xil uslublar qо‘llaniladi. Ular о‘rtasidan an’anaviy mantiqiy uslublarni ajratib kо‘rsatish mumkin. О‘rganishning mantiqiy usullari jumlasiga quyidagilar kiradi: taqqoslash, grafik talqin, guruhlash, mushohadaga asoslanib iqtisodiy masalalarni evristik usul yordamida yechish, ekspertlar bahosi, tanlab kuzatish, shaxsiy aloqalar, SWOT-tahlil va boshqalar kiradi.

    Download 28.79 Kb.
      1   2   3




    Download 28.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza materiallari 1 Mavzu: Kirish. Marketing kursi predmeti va vazifasi Reja

    Download 28.79 Kb.