Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda interfaol metodlar. Induksiya, deduksiya, analogiya Reja




Download 28.74 Kb.
bet1/5
Sana22.05.2023
Hajmi28.74 Kb.
#63000
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda interfaol me
excellda ishlash, shovqin haqida tushuncha, ISSIQLIK ENERGIYASI VA UNING TURLARI, 429 Bozor iqtisodiy, 1, 1682532797, Лекция №2 2-mavzu Mavzu. Axborot, uning turlari, xususiyatlari v-fayllar.org, Kompyuter grafikasi fanidan test savollari, 3d studio max dasturi, Grafik tasvirlarning formatlari. Fayl formatlari-fayllar.org, Hamid Olimjon hayoti va ijodi slayd

Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda interfaol metodlar. Induksiya, deduksiya, analogiya
Reja:

  1. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda interfaol metodlar

  2. Matematika o’qitishda induksiya, deduksiya, analogiya

Interfaol metod – ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni shirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.


Interfaol mashg’ulot turlari ko’p bo’lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda ko’zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko’riladi. Interfaol mashg’ulotda ishtirok etish uchun o’quvchilarning tayyorliklariga o’ziga xos talablar qo’yiladi, bular mashg’ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o’zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o’zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o’z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko’nikmalari va boshqalardan iborat.“Kichik guruhlarda ishlash” usuli.
O'quvchi mayda guruhlarda ishlanganda, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo'lishga, bir -biridan o'rganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo'ladi.Qo'llash bosqichlari va ular bo'yiga tavsiyalar:
1. Faoliyat yo'nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog'liq bo'lgan masalalar belgilanadi.
2. Kerakli asos yaratiladi. O'quvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo'lishlari kerak.
3. Guruhlar belgilanadi. O'quvchilar guruhlarga 5-8 kishidan bo'linishlari kerak.
4. Aniq ko'rsatmalar beriladi.
5. Qo'llab -quwatlab va yo'naltirib turiladi.6. Muhokama qilinadi.“Charxpalak” tеxnologiyasi Tеxnologiyaning tavsifi. Ushbu tеxnologiya talaba(yoki o'quvchi)larni o'tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, bеrilgan savollarga mustaqil ravishda to'g'ri javob bеrishga va o'z-o'zini baholashga o'rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o'qituvchi tomonidan barcha talaba(yoki o'quvchi)larning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan.
Tеxnologiyaning maqsadi: talaba(yoki o'quvchi) larni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o'z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o'zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko'p fikrlardan kеraklisini tanlab olishga o'rgatish.Tеxnologiyaning qo'llanilishi: tеxnologiya o'quv mashg'ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki o'quv prеdmеtining biron bir bo'limi tugallanganda, o'tilgan mavzularni talab(yoki o'quvchi) lar tomonidan o'zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o'tkazish uchun mo'ljallangan.
Ushbu tеxnologiyani mashg'ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin.«Aqliy hujum» biror muammoni yechishda gurux qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan eng samarali usuldir. U to'g'ri va ijodiy qo'llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o'rgatadi. "Aqliy hujum" yordamida turli xil muammolarni hal qilishning yo'llari izlanadi. Bu usul guruhning har bir a'zosi fikrini tezda yig'ish va umumlashtirish imkonini beradi. "Aqliy hujum"ni, o'quvchilar muammo haqida yetarli ma'lumotga ega bo'lmagan hollarda ham qo'llash mumkin. Bu kutilmagan, oddiy shiroitda aqlga kelmaydigan antiqa yechimlar tonish imkonini beradi."Aqliy hujum" usulidan foydalanilganda, odatda mashg'ulot ikki bosqichdan iborat bo'ladi: birinchi bosqich - taklif bosqichi ("aqliy hujunTning o'zi) va ikkinchi bosqich - tahlil hamda yechimlarni saralash bosqichi. Bosqichlar o'rtasida kichik tanaffus berilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bu uch metod yangi bilimlarni egallashning asosida yotuvchi xulosalarning xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi.

Download 28.74 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 28.74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda interfaol metodlar. Induksiya, deduksiya, analogiya Reja

Download 28.74 Kb.