|
“Charxpalak” texnologiyasi
|
Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 257,88 Kb. | | #110077 |
Bog'liq charxpalak
7. MATEMATIKANI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR.
Laboratoriya mashg’ulotining maqsad, vazifalari: Matematikani o’qitishda
zamonaviy pedagogic texnologiyalar.
Laboratoriya mashg’ulotini amalga oshirish vositalari: AKT, laboratoriya
ishlanmalari, tarqatma materiallar, electron ishlanmalar.
“Charxpalak” texnologiyasi
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talaba(yoki o`quvchi)larni o`tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to`g`ri javob berishga va o`z-o`zini baholashga o`rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o`qituvchi tomonidan barcha talaba(yoki o`quvchi)larning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan.
Texnologiyaning maqsadi: talaba(yoki o`quvchi) larni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o`z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o`zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko`p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o`rgatish.
Texnologiyaning qo`llanilishi: texnologiya o`quv mashg`ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki o`quv predmetining biron bir bo`limi tugallanganda, o`tilgan mavzularni talab(yoki o`quvchi) lar tomonidan o`zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o`tkazish uchun mo`ljallangan.Ushbu texnologiyani mashg`ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin.
Mashg`ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, rangli qalam(yoki flomaster) lar.
Izoh: reja bo`yicha belgilangan mavzu asosida hamda o`qituvchining qo`ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash) ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o`tkazish mo`ljallangan bo`lsa, u holda guruhlar soniga qarab tarqatma materiallar tayyorlanadi).
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi:
talaba(yoki o`quvchi) larni (sharoitga qarab) guruhlarga ajratish;
talaba (yoki o`quvchi) mashg`ulotni o`tkazishga qo`yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtirish;
tarqatma materiallarni guruh a’zolariga tarqatish;
guruh a’zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi vazifalar bajariladi;
har bir guruh a’zosi o`zi ishlagan tarqatma materialining o`ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o`zining biron-bir belgisini chizib qo`yadi;
vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga “charxpalak aylanmasi” yo`nalishida almashtiriladi;
yangi guruh a’zolari tomonidan o`rganilgan va o`zgartirishlar kiritilgan materiallar yana yuqorida eslatilgan yo`nalish bo`yicha guruhlararo almashtiriladi(ushbu jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi);
materiallarni oxirgi almashishdan so`ng har bir guruh va har bir guruh a’zosi o`zlari ilk bor to`ldirilgan materiallarni (guruh raqami va o`zlari qo`ygan belgilari asosida)tanlab oladilar;
har bir guruh a’zosining o`zlari belgilagan javoblariga boshqa guruh a’zolarining tuzatishlarini taqqoslaydilar va tahlil qiladilar;
o`qituvchining tarqatma materialda berilgan vazifalarini o`qiydi va jamoa bilan birgalikda to`g`ri javoblarni belgilaydi;
har bir talaba(yoki o`quvchi) to`g`ri javob bilan belgilangan javoblar farqlarini aniqlaydilar, kerakli ballni to`playdilar va o`z-o`zini baholaydilar
Korgazmali materiallar
Tarqatma materiallar
|
| |