• Kalit so‘zlar: RLTC
  • RLTC - yo‘llarda harakatni chiziqli boshqarish tizimlari.
  • RLTC tizimining asosiy maqsadi.
  • Yo‘l harakatini tashkil etishda intellektual tizimlar




    Download 0.75 Mb.
    bet1/3
    Sana08.04.2024
    Hajmi0.75 Mb.
    #191868
      1   2   3
    Bog'liq
    Yo‘l harakatini tashkil etishda intellektual tizimla
    ROZILIK XATI, Seeght Uzbekistan, ИНН курс лекции, Umumiy psixologiya 22222, 1 Past Perfect, 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Taqdimot uchun talablar, 670, hisoblash 1-topshiiriq, 897135, publicOffer, MILLIY QADRIYATLAR TUSHUNCHASI, Datchiklar haqida umumiy ma’lumotlar

    Yo‘l harakatini tashkil etishda intellektual tizimlar
    Aholi yashash punktlari va avtomagistrallarda yo‘l harakatini tashkil etuvchi intellektual tizimlar, yo‘llarda harakatni chiziqli boshqarish tizimi - RLTC(Road Line Traffic Control)ning asosiy maqsadlari, yo‘l xolati nazoratini tashkil etishda ITT tizimosti bo‘linmalari ish faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish.


    Reja:
    RLTC - yo‘llarda harakatni chiziqli boshqarish tizimlari.
    Avtomagistralga kirishni boshqarish tizimi.
    Transport oqimlarini boshqarishning intellektual tizimlari.
    Kalit so‘zlar: RLTC – yo‘llarda harakatni chiziqli boshqarish tizimlari (Road Line Traffic Control), BYB (boshqariladigan yo‘l belgilari), RM – avtomagistralga kirishni boshqarish tizimi (Ramp Metering), shahar yo‘lovchi tashish jamoat transporti (ShYTJT), GSM – mobil aloqa global tizimi (System for Mobile Communication), WAP – radiokanallar orqali axborotni tarqatish protokoli (Wireless Application Protocol).

      1. RLTC - yo‘llarda harakatni chiziqli boshqarish tizimlari.

    RLTC - yo‘llarda harakatni chiziqli boshqarish tizimlari yo‘lning nisbatan uzoq masofali hududlarida transport oqimlarining harakatlanish rejimlari (intensivlik va transport oqimi tarkibi) haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash hamda tezlikni - “Maksimal tezlikni chegaralash” boshqariladigan yo‘l belgisi yordamida va “Yuk mashinalarining quvib o‘tishi ta’qiqlanadi” belgisi yordamida harakatni boshqarishga asoslangan. Tizim imkoniyatlari, qo‘shimcha “Boshqa xavf-hatar”, “Yo‘l-ta’mirlash ishlari” va shu kabi ogohlantiruvchi yo‘l belgilari bilan to‘ldirilgan.


    RLTC tizimining asosiy maqsadi. Transport oqimining zichligi oshishi bilan harakatning, «Stop and Go» deb nomlanuvchi sezuvchan to‘lqinlar ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi o‘zgaruvchan rejimi yuzaga keladi. Bu to‘lqinlar tezlikning katta o‘zgarishlari, va shu bilan birga, o‘rtacha tezlikdan og‘ishish holatlari bilan tasniflanadi.
    Berlin shahrining A10 avtomagistrali hududining 6-km da shunday vaziyatni tahlil qilish amalga oshirilgan edi. Bu hududda, ikkala yo‘nalishda sutkasiga 140000 avtobus o‘tadi. Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatdiki, 80% baxtsiz hodisalar bevosita harakat vaqtida, qolgan qismi esa avtomagistralga kirish va chiqish hududida yuz beradi. Baxtsiz hodisalarning umumiy sonidan 40% harakat vaqtida «Stop and Go» sezuvchan to‘lqinlari paydo bo‘lgan hollarda ro‘y beradi.
    Yo‘llarda chiziqli boshqarishning birinchi maqsadi – transport oqimi tezligini uyg‘unlashtirish, uning natijasida, birlamchi xavfsizlik sezilarli oshadi.
    Yo‘llarda chiziqli boshqarishning ikkinchi maqsadi – transport vositalarining tezligini cheklashga asoslangan transport oqimlarini muqobillashtirish. Sekin harakatlanish natijasida avtomobillar orasidagi masofa qisqaradi va yo‘lning o‘tkazuvchanligi anchagina oshadi. Bu ko‘rsatkichlar 70–80 km/s tezlik chegarasida eng maksimal hisoblanadi. Yo‘llarda chiziqli boshqarishning uchinchi maqsadi –boshqariladigan belgilarning qo‘llanilishi orqali ikkilamchi xavfsizlikning oshirish. Ko‘p hollarda, haydovchilarni axborot bilan ta’minlash uchun ogohlantiruvchi belgilar ishlatiladi.

    Download 0.75 Mb.
      1   2   3




    Download 0.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo‘l harakatini tashkil etishda intellektual tizimlar

    Download 0.75 Mb.