MA'RUZA-1
Ma'ruza mavzusi:
|
MMN fanining maqsadi va vazifalari, asosiy tushunchalar
|
Rеja
|
1. Mеxanika va uning bo`limlari.
Oliy va quyi kinematik juftlar
Kinematik juftlar klassifikatsiyasi.
|
Xalqning taraqqiyoti va farovonligi ishlab chiqariladigan maxsulot sifatiga, mexnat samaradorligi va ilmu -fanning yutuqlaridan foydalanib yaratilаyotgan texnikaga bog’liqdir. Mehnat unumdorligini oshirishdagi asosiy omillardan biri ishlab chiqarishga yangi mashina va mexanizmlarni joriy qilib, uning texnika darajasini oshirib borishdan iborat. Bunday vazifalarni xal etishda Mexanism va machinalar fanining alohida o’rni bor.
«Mashina va mexanizmlar nazariyasi» fani bo’lajak muxandislarga zamonaviy talablarga javob beruvchi tejamli, ishonchli, aniq mashinalar, qurilmalar, priborlar, avtomatik qurilmalar, manipulyatorlar, robotlar va komplekslarni yaratish uchun zarur bo’lgan mexanizm sxemalarini tuzish va tekshirishning umumiy usullarini va ularni loyihalashni o’rganishni taminlovchi fandir.
Fanning maqsadi
-Yangi mashina va yaratishni ilmiy-nazariy asoslarini yaratish;
-Yuqori samaradorli zamonaviy mashinalar, robotlar va avtomatik komplеkslarni loyixalash;
-Maxsulot sifatini yaxshilash, ish unumdorligini oshirish;
- Mashinalarni talab qilingan ish rеjimlarini ta'minlash, ulchamlarini ixchamlash,foydali ish koeffitsiеntini oshirish.
|