2 - Mavzu
Kompyuter nimadan tashkil topgan
Ba’zi kishilar biron narsani qanday ishlashini ko’rish uchun uni bo’laklarga ajratishni xush ko’rishadi. Lekin biron gadjet(inglizcha gadget – uskuna, qurilma) ni bo’laklarga ajrata olish degani, uni qayta yig’a olish degani emas. Hattoki yig’ish muvaffaqiyatli bo’lishi ham, bu divays (ing. Device-qurilma) qayta ishlashi kafolatini bermasligi mumkin. Ba’zi hollarda narsalarni bo’lib sochish (dekonstruksiya qilish) ni mutaxassislarga qoldirgan ma’qul. Agar masalasi ko’rilayotgan divays – kompyuter bo’lsa, bu ogohlantirish yaqqol ahamiyatga ega.
Kompyuterlar murakkab, nozik va hatto xavfli bo’lishi ham mumkin. Lekin bu bizni kompyuterning nimalardan iborat ekanligini bilishdan to’xtata olmaydi. Buning uchun biz IBM-noutbuklarini tanladik. Unda siz nafaqat barcha standard bo’laklarni topishingiz, balki anchagina ixcham konfigurasiya guvohi bo’lishingiz mumkin.
Shuni yodda tutingki, shaxsiy (personal) kompyuterlar noutbuklarga qaraganda kattaroq bo’lishiga qaramay, kompyuterlar ichidagi bo’laklar deyarli bir xil. Darvoqe, ko’rinishlari turli bo’lgani bilan ular noutbukdagi vazifalarini bajarishadi, bo’laklarni bunchalar jips holda joylashtirish esa shart emas. Yana bir ko’zga ko’rinadigan farqi shundaki, ko’pgina shaxsiy kompyuterlar foydalanuvchilarga turli qismlar masalan, kartalarni almashtirish imkonini bersa, ko’pgina noutbuklarda bu qism yoki kartalar birlashtirilgan bo’ladi.
Biz bo’laklarni ikki turkumga bo’lib chiqdik: miya va ulamalar. Kompyuter miyasiga – ma’lumotlarni yuritish imkonini beruvchi elementlarni kiritish mumkin. Ulamalar esa – ma’lumot hisob-kitobida qatnashmaydigan, biroq kompyuterlarni ishlatishdagi qolgan barcha elementlarni tashkil etadi.
Shunday qilib ishni bir noutbuk “nevro-hirurgiya”si bilan boshlaymiz. (Keyingi bo’limga o’ting va kompyuter miyasini biz bilan birga tadqiq qiling).
a’zi kishilar biron narsani qanday ishlashini ko’rish uchun uni bo’laklarga ajratishni xush ko’rishadi. Lekin biron gadjet(inglizcha gadget – uskuna, qurilma) ni bo’laklarga ajrata olish degani, uni qayta yig’a olish degani emas. Hattoki yig’ish muvaffaqiyatli bo’lishi ham, bu divays (ing. Device-qurilma) qayta ishlashi kafolatini bermasligi mumkin. Ba’zi hollarda narsalarni bo’lib sochish (dekonstruksiya qilish) ni mutaxassislarga qoldirgan ma’qul. Agar masalasi ko’rilayotgan divays – kompyuter bo’lsa, bu ogohlantirish yaqqol ahamiyatga ega.

|