• Ichki audit
  • Ichki audit uchun nazoratning uch bosqichi xarakterlidir
  • Ichki auditning metodikasining xususiyatlari




    Download 292,83 Kb.
    Sana18.01.2024
    Hajmi292,83 Kb.
    #140110
    Bog'liq
    audit mustaqil ish

    Ichki auditning metodikasining xususiyatlari

    Normahmatova Muxlisa

    3-1 bux 21

    Ichki audit nima?

    • Audit – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xoʻjalik faoliyatini tekshirib borish, ular hisobotini ekspertizadan oʻtkazishdir.
    • Audit (ing. audit – u eshitadi) – mu-ayyan vakolatlar berilgan shax-slar – auditorlar (auditorlar firmalari) tomonidan xoʻjalik yuritayotgan sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari toʻgʻriligini, ular amalga oshirgan mo-liyaviy va xoʻjalik operatsiyalarining mamlakat qonunlariga muvofiqligini tekshirish maqsadlarida oʻtkaziladigan moliya hujjatlari ekspertizasi va tahlili; taftish. Uning ichki A. va tashqi A. turlari bor. Ichki A. boshqaruvning korxona xoʻjalik fao-liyati toʻgʻrisida axborot olish, mene-jerlar hisobotining haqqoniyligini tasdiqlash maqsadlarini koʻzlaydi.

    Auditorlik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1970-yillarning boshida auditning xalqaro andozalari yaratila boshlandi. Dastlab, quyidagi sohalarida faoliyat ko‘rsatishgan:

    • buxgalteriya hisobini yurituvchi, hisobotlarni tuzuvchi va shu sohada maslahat xizmatini ko‘rsatuvchi faoliyat;
    • moliyaviy hisobotlar ishonchliligini, nazoratini ta’minlovchi, hisobvaraqalar bo‘yicha komissarlar.

    Auditor xizmatiga bo‘lgan ehtiyoj o‘sha davrda quyidagi:
    • ma’muriyat tomonidan ob’ektiv bo‘lmagan axborotlarni berilishi mumkinligi (korxona egalariga, investorlarga, kreditorlarga);
    • qabul qilinadigan qarorlarning natijasi axborotning sifatiga bog‘liqligi;
    • axborotni tekshirish uchun maxsus bilimlarning zarurligi kabi shart-sharoitlar sababli paydo bo‘ldi.

    AUDIT
    TASHQI
    ICHKI

    Audit ikki turga ya’ni, ichki va tashqi auditga bo‘linadi. Ichki audit ham o‘z o‘rnida ikki turga: boshqaruv auditi va ishlab chiqarish auditiga bo‘linadi. Ushbu bosqichlarning asosiy negizi tashqi auditning rivojlanish tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ichki audit tizimini tashkil etish jarayonning yakuniy bo‘g‘ini deb aytishimiz mumkin.

    Ichki audit

    • Ichki audit tushunchasi haqida bir qancha olimlar o‘z fikr va mulohazalarini keltirib o‘tganlar. Jumladan:
    • “Ichki audit – korxona tomonidan uning o‘z faoliyatini tekshirish va baholash maqsadida tashkil etilgan xizmatidir”-deb, ta’rif beradi Xalqaro Ichki Auditorlar instituti.
    • V.V.Bursevning ta’rificha: “ichki audit - bu ichki hujjatlar asosida boshqaruv tizimidagi va tashkilot faoliyatidagi turli bo‘g‘inlar nazoratini olib boruvchi maxsus tizim bo‘lib, uning maqsadi boshqaruv tizimiga yordam berishdan iboratdir” deb ta’kidlaydi.
    • A.M.Bogomolov va N.A.Goloщapovlar esa: “ichki audit umumiy auditning negizidan iborat bo‘lib, mulkdorlar huquqini himoya qiluvchi tizim sifatida tashkil etilgan hamda uning faoliyati buxgalteriya hisobi mulkning saqlanishi va ichki nazoratning ishonchliligi hujjatlarga asosan degan g‘oyani ilgari surdilar”.

    Ichki audit uchun nazoratning uch bosqichi xarakterlidir:

    • taxminiy – xo’jalik muomalalari sodir etilguncha;
    • joriy – xo’jalik muomalalari sodir etilayotgan paytda
    • keyngi – xo’jalik muomalalari sodir etilgandan so’ng.

    Ichki auditda auditorlik dalillarini to’plash uchun turli usullardan keng foydalaniladi. Ularni quyidagi yo’sinda tasniflash mumkin:

    1.Nazoratning umumiy metodik usullari (tahlil, sintez, induktsiya, deduktsiya, taqqoslash, modellashtirish, mavhumlashtirish, tajriba va boshqalar.)

    2.Nazoratning empirik metodik usullari ( inventarizatsiya, ishlarning nazorati o’lchovi, uskunalarning ishga tushirilishi, formal va arifmetik tekshiruv, ikki tomonlama tekshiruv , teskari hisoblash usuli, bir turdagi faktlarni solishtirish metodi, xizmat tekshiruvlar, skanerlash, mantiqiy tekshiruv, yozuv va og’zaki so’rovlar va boshqalar

    2.Nazoratning empirik metodik usullari ( inventarizatsiya, ishlarning nazorati o’lchovi, uskunalarning ishga tushirilishi, formal va arifmetik tekshiruv, ikki tomonlama tekshiruv , teskari hisoblash usuli, bir turdagi faktlarni solishtirish metodi, xizmat tekshiruvlar, skanerlash, mantiqiy tekshiruv, yozuv va og’zaki so’rovlar va boshqalar

    3.Iqtisodiy fanlarga yaqin fanlarning maxsus ususllari (iqtisodiy tahlil usullari, iqtisodiy – matematik usullar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari). Rasmiy xarakterga ega va moliyaviy hisobga asosan o'tkazilgan tashqi auditdan farqli o'laroq, ichki audit tashkilot uchun ham rejalashtirilgan, ham to'satdan o'tkazilish xarakteriga ega bo'lishi mumkin.

    3.Iqtisodiy fanlarga yaqin fanlarning maxsus ususllari (iqtisodiy tahlil usullari, iqtisodiy – matematik usullar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari). Rasmiy xarakterga ega va moliyaviy hisobga asosan o'tkazilgan tashqi auditdan farqli o'laroq, ichki audit tashkilot uchun ham rejalashtirilgan, ham to'satdan o'tkazilish xarakteriga ega bo'lishi mumkin.


    E’tiboringiz uchun rahmat
    Download 292,83 Kb.




    Download 292,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ichki auditning metodikasining xususiyatlari

    Download 292,83 Kb.