• Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari.
  • Tabiiy fanlar fakulteti gs 2 kurs 222 guruh talabasi Azimova ma’sudaxon




    Download 160.62 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana02.04.2024
    Hajmi160.62 Kb.
    #185161
    Bog'liq
    Jovliyeva Zulayxo 66UI
    gaz-bilan-ishlaydigan-avtomobillarning-ta-minlash-tizimi, innovation medic, TA`LIM TO`G`RISIDAGI QONUN YANGI TAHRIRDA 2020., Курс иши Абдураззоқов С , 7-8-9-10 amaliy mashg\'ulotlar, Kredit modul tizimiga ma\'lumotlar, 2-var, Raqamli texnologiylar va ularning rivojlanish tendensiyalari. Ra-kompy.info, Abdullayev Z pedagogik ish, tarmoq xavfsizligi 111, Mavzu Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechi, 6 Hududlar kesimida qishloq, ormon va baliqchilik xojaligi hajmi-Объем продукции (услуг) сельского, MM, Gidrometralogiya.pdf 9, t8csice3-pub-description


    TABIIY FANLAR FAKULTETI GS 2_KURS 
    222_GURUH TALABASI JOVLIYEVA 
    ZULAYXO


    TAFAKKURNING MANTIQIY TARKIBI VA 
    SHAKLLARI
    Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari.
    TAFAKKURNING
    MANTIQIY SHAKLLARI
    Psixologiya fani mantiq fani bilan birgalikda tafakkurning mantiqiy shakllarini 
    o`rgandi. Tafakkurning mantiqiy shakllari -tushuncha, hukm va xulosa 
    chiqarishlardir.
    TUSHUNCHA shunday bir fikrki, bu fikrda voqelikdagi narsa va hodisalarning 
    umumiy, muhim, farq qiladigan belgilari aks ettiriladi. Masalan, odam tushunchasi 
    uning mehnat faoliyati, mehnat
    qurollarini ishlab chiqarish
    , nutq, inson ongi va 
    shular kabi nihoyatda muhim belgilarni o`zida mujassamlashtirgan. Mana shu 
    belgilar bilan odam hayvonlardan farq qiladi.
    Tushunchalarning mazmuni HUKMlarda aks ettiriladi. Hukm narsa va hodisalar 
    o`rtasidagi mavjud bog`lanishlarning yoki shu narsa va hodisalarga xos bo`lgan 
    xususiyat va belgilari o`rtasidagi bog`lanishlarni o`zida aks ettiruvchi tafakkur 
    shakli.


    Hukmlar ob`ektiv voqelikni qanday aks ettirishlariga qarab CHIN va YOLG`ON bo`lishi 
    mumkin.
    Chin - "Toshkent O`ZBEKISTONning poytaxti".
    Yolg`on - "Hech qanday uchburchak o`tkir burchakka ega bo`la olmaydi".
    Hukmlar UMUMIY, JU`ZIY va YAKKA bo`ladilar. Umumiy hukmda aks ettirilgan xususiyat 
    va bog`lanishlar biror sinfdagi barcha narsalarga taalluqli bo`ladi. "Barcha metallar elektr 
    tokini o`tkazadilar". Ju`ziy hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat ayrim narsalargagina
    taalluqli bo`ladi. "Ba`zi o`quvchilar a`lochilardir". YAkka hukmlarda tasdiqlash yoki inkor 
    qilish faqat bitta narsaga tegishli bo`ladi. "Salimov A. a`lochi o`quvchi".
    Hukmlar ikkita yo`l bilan hosil qilinadi:
    1) bevosita usul bilan, bunda idrok qilayotgan narsalar ifodalanadi ;
    2) bavosita usul bilan, ya`ni xulosa chiqarish, mulohaza yuritish yo`li bilan.
    Bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm keltirib chiqarish - xulosa chiqarishdir. 
    Masalan, "Barcha metallar elektr tokini o`tkazadilar", "Mis metall". Ana shu ikkita asosdan 
    yangi
    hukm - xulosa chiqariladi
    , "Mis elektr tokini o`tkazadi".


    TAFAKKURNING JARAYONLARI
    TAFAKKUR JARAYONLARI
    Tafakkur jarayoni (fikrlash) o`ziga xos qonuniyatlarga, qoidalarga bo`ysunadi. 
    Tafakkur jarayonining mohiyatini tushunish uchun uning qanday kechishini 
    o`rganish lozim. Tafakkur avvalo analiz, sintez va umumlashtirishdir.
    ANALIZ - ob`ektning
    muayan bir tomonlarini
    , elementlarini, xossalarini, 
    munosabatlarini va boshqa shuning kabilarni ajratib olib, o`rganilayotgan ob`ektni
    fikran bo`laklarga, qismlarga, elementlarga bo`lish demakdir. Biron narsani analiz 
    qilish davomida bu narsaning g`oyat muhim, kerakli va qiziqarli va shu kabi muayan
    xususiyatlari ajratib olinadi.
    SINTEZ. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni 
    birlashtirish sintezdir. Analiz va sintez jarayonlari hamma vaqt o`zaro bog`liqdir.
    TAQQOSLASH - narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib ko`rish va ular 
    orasidagi o`xshashliklar, tafovutlarni topish.


    TAFAKKURNING TURLARI
    TAFAKKUR
    TURLARI
    Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va birmuncha shartli 
    klassifiatsiyasi tarqalgandir:
    1) ko’rgazmali-harakat;
    2) ko’rgazmali-obrazli;
    3) mavhum (nazariy) tafakkur.
    Yuqorida aytib o’tilganidek formal mantiq fikrlar o’rtasidagi aloqani tadqiq etadi. Bu 
    aloqa va bog’lanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar 
    mavjud bo’ladi. Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi
    barcha narsa va hodisalar bir-biri bilan bevosita va bilvosita aloqada bo’ladi. Mana 
    shu aloqadorlik bizning tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari 
    tafakkurga xos bo’lib fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va 
    yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Formal mantiq qonunlari ob'ektiv
    xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to’g’ri fikrlashni ta'minlaydi.


    Agar biz ikki predmetdan bir-biriga bir belgini xos desak, ikkinchisiga esa shu belgini xos 
    emas desak yoki bir predmetga bir belgini xos desak, shu predmetga ikkinchi belgini xos 
    emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi. Agar bir predmetga ma'lum belgini xos desak, 
    ma'lum vaqtdan keyin shu predmetga o’sha belgini xos emas desak nozidlik qonuni 
    buzilmaydi.
    Bir predmet turli munosabatda olinsa ham nozidlik qonuni buzilmaydi. Nozidlik qonuni 
    mantiqiy fikrlashning tub mohiyatidan
    biri tafakkurning ziddiyatsiz
    , izchillikni ifodalaydi. 
    Undan ongli foydalanish o’zimiz va o’zgalarning fikridagi ziddiyatni bartaraf etish har 
    qanday noaniqlikka tanqidiy munosabat bildirish imkoniyatini beradi. Fikrimizdagi izchillik 
    bizning faoliyatimizga ham izchillik bag’ishlaydi.
    3.Uchinchisi istisno qonuni. Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatdagi 
    hukmlarga ta'luqli bo’lsa uchinchisi istisno qonuni faqat zid munosabatdagi hukmlarga 
    xosdir. U qo’yidagicha ifodalanadi: bir predmet haqidagi ikki zid fikrning biri to’g’ri 
    ikkinchisi noto’g’ri, uchinchisi istisno bo’ladi. Masalan, «qor oqdir», “qor oq emas”, “qor 
    sariqdir” degan mulohazalarning birinchisi to’g’ri, ikkinchisi noto’g’ri, uchunchisi istisnodir. 
    Chunki «qor sariqdir» degan mulohaza «qor oq emas» degan mulohaza hajmiga kiradi.


    Fan-texnika taraqqiyoti natijasida inson o’z fikrini asoslashda qonunlar, aksiomalar, 
    tamoyil, qoidalarda ifodalangan butun insoniyat tajribasiga murojaat qiladi. Ilmiy 
    qonun va aksiomalarning chinligi insoniyat tajribasida isbotlangan, shuning uchun 
    qayta tasdiq talab etmaydi. Shu sababli bu qonun va aksiomalar doirasiga kiruvchi 
    alohida holatlarni qayta isbotlash zarurati yo’q. Fan-texnika yutug’iga asoslanib biz 
    har qanday hodisani tajribada sinab tasdiqlamaymiz. Demak, har qanday fikrning 
    yetarli
    asosi avval isbotlangan
    , hamda undan mantiqan yuqoridagi fikr kelib 
    chiqadigan chin fikr hisoblanadi. Agar A mulohazaning chinligidan V mulohazaning 
    chinligini kelib chiqsa A mulohaza V mulohaza uchun asos bo’ladi. Oqibatning 
    asosga bog’liqligi ob'ektiv borliqning tafakkurda in'ikosi hisoblanadi, shu jumladan 
    xodisalar o’rtasidagi sabab – oqibat aloqadorligi ham. Lekin bu in'ikos bevosita 
    bo’lmaydi. Ba'zi hollardagina mantiqiy asos hodisalar sababi bilan mos kelishi 
    mumkin. Ko’p hollarda esa bunday bo’lmaydi ham. Shu sababli asos bilan natija 
    o’rtasidagi bog’liqlikni sabab-oqibat bog’lanishidan faqlash lozim.


    Asoslilik – mantiqiy tafakkurning muhim xususiyatlaridandir. Barcha holatlarda biz ma'lum 
    bir fikrni bildirganda, suhbatdoshlarimizni ishontirishga harakat qilganda shu fikrni chinligini 
    isbotlash uchun yetarli asoslar keltiramiz. Fan har doim ilgari surilgan g’oya va ta'limotlarni 
    isbotlab beradi. Agar shu g’oya ta'limotlarni isbotlash uchun yetarli asos bo’lmasa u chin deb 
    qabul qilinmaydi. Din esa o’z aqida va ta'limotlarini hech qachon tajribada isbotlab bermaydi. 
    Ularga ishonish diniy e'tiqodni o’zidan kelib chiqadi
    Mantiqdagi yetarli asos qonuni har xil irimlarni ham oqlamaydi. Masalan, yo’lda ketayotgan 
    kishini yo’lini qora mushuk kesib o’tsa, go’yoki uni falokat kutishi bu uydirma hisoblanadi. 
    Bunday irimlar ko’p hollarda tasodiflarga asoslanadi.
    Etarli asos qonuni muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Formal mantiq qonunlari 
    (tafakkur qonunlari) fikrlash jarayonida demak fikrimizning aniq, izchil,
    ziddiyatsiz
    , asosli 
    bo’lishini ta'minlar ekan. Ularni har biri bir-biri bilan uzviy bog’liq. Ulardan uzluksiz 
    foydalanish kundalik turmush tarzida ham mulohazalarni chin bo’lishi uchun xizmat qiladi

    Download 160.62 Kb.




    Download 160.62 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy fanlar fakulteti gs 2 kurs 222 guruh talabasi Azimova ma’sudaxon

    Download 160.62 Kb.
    Pdf ko'rish