Suv chiqarish qurilmasi elektr uskunalari va elektr ta’minoti Reja: Kar’er chegarasida s




Download 29.44 Kb.
Sana13.03.2024
Hajmi29.44 Kb.
#170887
Bog'liq
Suv chiqarish qurilmasi elektr uskunalari va elektr ta’minoti
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.

Suv chiqarish qurilmasi elektr uskunalari va elektr ta’minoti
Reja:

1. Kar’er chegarasida suv chiqarish qurilmalaridan foydalanish


2. Suv chiqarish qurilmalarining elektr yuritmalari va avtomatlashtirish 
apparatlari.
3. Suv chiqarish qurilmasini loyihalash

Suv chiqarish qurilmalari, konchilik korxonalarida, turli xil zavod va fabrikalarda keng ko'lamda ishlatilib kelinmoqda. Suv chiqarish qurilmalari tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak birqancha davlatlarda turlixil usullar bilan suv chiqarish ishlarini olib borishgan 1835-yilga kelib birinchi markazdan qochma nasos yaratildi hozirgi kunga qadar rivojlanishda davom etmoqda shu bilan bir qatorda elektr yuritmalarni takomillashtirilib borilmoqda. Konchilik korxonalarida suv chiqarish qurilmalari bir sutga davomidaQn suv oqimi davomida kamroq ishlashi Qm suv oqimi davomida ko'proq muddatda ishlaydi ishlash mobaynida elektr energiya sarfi yuqori bo'lib qazib olingan foydali qazilma tannarxiga sezilarli darajada tasir qiladi. Boyitish fabrikalarida suvning miqdori bir maromda bo'lishi shart va lozim suvning unumdorligi tushsa zaheradagi nasos ishga tushiriladi bu esa yana qo'shimcha elektr energiya degani. Energetika tizimida energiya sifati va uning iqtisodiy sarfi bo'yicha keltirilgan ma'lumotlarga tayangan holda barcha sohalarda kundan kunga yangi loyihalar hayotga tadbiq etilmoqda, ular orasida energiya resurslaridan tejamkorona foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlariga energiya tejamkor uskunalarni tadbiq etish loyihalari katta ahamiyat kasb etgani holda, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda hamda ishlab chiqarish sifatini oshirib, yangi bosqichga olib chiqishda katta ahamiyat kasb etadi. Energiya tejamkor uskunalardan foydalanish energiyani tejash bilan bir qatorda ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirib uning tanna rxining arzon bo'lishiga ham asos bo'lib xizmat qiladi. Energiya tejamkor uskunalarni tadbiq etish loyihasini eng katta ishlab chiqarish tarmog'i hisoblangan sanoat korxonalariga tadbiq etish hamda u yerda qo'llaniladigan katta quvvatli uskuna va mexanizmlarni energiya tejamkor elektr qurilmalari bilan jihozlash juda katta iqtisodiy samaradorlikka erishishga xizmat qiladi. Jumladan hozirgi kunda juda jadallik bilan kengayib borayotgan energiya tejamkor ko'p tezlikli elektr yuritmalarini qo'llash bilan energiya tejamkorligiga hamda ishlash samaradorligini va sifatini sezilarli oshirishga erishish mumkin.


Kar’er chegarasidan yog’ingarchiliklar tufayli yig’ilgan suvlar yoki suvni uzanlaridagi suv yig’ilish kuchini kamaytirish uchun suv chiqarish qurilmalaridan foydalaniladi.


Kar’erni suvsizlantirishda 3 xil usuldan foydalaniladi.
1.Ochiq usulda nasos qurilmasi kar’er suv yig’gich hovuzi atrofiga joylashtirilib trubalar yordamida ustuplar orali kar’er chegarasidan chiqariladi. Bunda suv chiqarish bi yoki ko’p pog’onali bo’lishi mumkin.
2.Quduq usulda kar’er suv sathini kamaytirish uchun yig’ilish suvining dinamik sathidan past bo’lgan quduq qaziladi va unga (ПЭДВ turdagi) botirma nasos trubalar va boshqarish apparatlari bilan tushiriladi.Kabel suv itaruvchi trubalar kolonnasi bilan bir vaqtda tushiriladi.
Drenaj usulida erosti suv yig’lish komplekslari quriladi.Bunda suv qiya kanavalar orqali kar’er perimetri bo’ylab drenaj laxmlarga yig’iladi,undan esa markaziy suv yig’gichga kelib tushadi,undan esa stasionar suv chiqarish qurilmalari va stvolda joylashgan trubalar orali kar’er chegarasidan chiqarib yuboriladi.Bu usul murakkab elektrotexnik ko’rinishga va katta quvvatli dvigatellarga ega.Suv chiqarish qurilmalar elektrjihozlariga elektrodvigatellar,ishga tushirish apparatlari va avtomatizaciya priborlari kiradi.
Bu dvigatellar bir nechta talablarga berishi kerak:
-dvigatelga namlik tushganda himoya
-tok utuvchi chulg’amlarini namlikka chidamliligi
Ishlash sharoitidan kelib chiqqan holda dvigatellar yopiq,himoyalangan (А, АП, АТД, ДСП, ДАМ, ДАНТ, ДАМСОидр.) yoki portlashga havfsiz (ВАО, АЗП, ДАЗ, ДАПидр.) yasalishi mumkin.
Namligi yuqori bo’lgan atmosferada ishlaydigan dvigatellar uzoq vaqt dabomida tuxtab tursa chulg’am izolyasiyasi namlanishi mumkin.Shuning uchun bunday namlikni quritish uchun qo’shimcha transformatorlar ko’rib chiqilgan.
Bu transformatorlarning ikkilamchi chulg’amidagi kuchlanish dvigatel nominal kuchlanishining 6 — 8 % ni tashkil etadi.
Suv chiqarish qurilmalari uchun asosan 380 — 660 V yoki 6 кV ga ishlaydigan faza yoki qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellar ,kamdan-kam hollarda sinxron dvigatellar qo’llaniladi. Qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellar releli kontaktor orqali ishga tushiriladiKuchlanish uzoq vaqt davomida nominal kuchlanishdan tushib (U< 0,8Uном) ketganda avariya uchirish ham nazarda tutilgan.
1 kV gacha bo’lgan nasos qurilmalari dvigatellarini boshqarishda magnit puskatel,kontaktor,himoya relelaridan foydalaniladi.! kVdan yuqori bo’lgan dvigatellarni boshqarish uchun esa shkaf ЯКНО-6, ПКРН-6В, 3КВЭ-10 dab foydalaniladi.
Dvigatellarni uzluksiz ishlashi kar’er elektrta’minoti sistemasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.Kam quvvatli ko’chma komplekt transformator podstansiya(ПКТП) dan 6/0,4 кV КГ kabel orqali amalga oshiriladi
6 kV li nasoslarga esa elektrta’minot qo’shuvchi punkt orqali КГЭ kabeli bilan beriladi.
Elektr ta’minoti uzluksizligi jihatidan suv chiqarish qurilmalari II (ochiq usul va quduq usuli) va I(drenaj usuli) kategoriyaga kiradi. 0.4 kV li dvigatellar qisqa tutashuvdan va yuklanishdan himoya qilish uchun avtomatik uchirgichlardan foydalaniladi. Murakkab gidrogeologik sharoitli va suv yig’ilish ko’p bo’lganda yuqori quvvatli suv chiqarish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu ko’chma suv chiqarish qurilmada 2 ta katta (9.3) quvvatli (250kVt) nasos mavjud bo’lib biri ishchi ikkinchisi zahirada turadi va 3 ta 0.4 kVga ishlovchi kam quvvatli avariyni nasoslardan iborat.6kV li asosiy dvigatellar kar’er ko’chma taqsimlovchi punkti (ПКРП)dan , avariya nasoslari esa 6/0.4 kVli ПКРП da o’rnatilgan transformatorlardan ta’minlanadi.6 kV li tomonda tokdan himoya (1ТТи 2ТТ) va bir fazali erga tutashuvdan himoya 3ТТ o’rnatilgan0.4 kV taqsimlovchi punkti elektrshit xonasiga joylashtirilgan.Bu suv chiqarish qurilma quvvati 1250 Kvt(6kV),75 kVt(0.4/0.13kV) ga teng.
Ishchi nasoslarni boshqarish uchun unifikasiyalangan apparaturadan (УАВ) foydalaniladi.Joydan boshqaruv shkafi vaУАВ apparatlari elektrshit xonasiga o’rnatiladi.
Suv chiqarish qurilmasi ta’minot tarmog’I kabel orqali bajariladi. Nasos xonasida 2 ta pasaytiruvchi transformator 380/127 V , 380/36 V bo’lib birinchisi ishchi yoritish uchun ikkinchisi tamir vaqtida yoritish uchun xizmat qiladi.
Perforator va pnevmatik bolg’alarda birlamchi va ikkilamchi burg’ilash,ayrim kon mashinalari organlarini ishga tushirishda siqilgan havo energiyasidan fodalaniladi.Bu energiyani olish uchun kar’erda ko’chma va stacionar compressor qurilmalaridan foydalaniladi.Odatda vintli va porshenli kompressorlardan foydalaniladi.Siqilgan havodan foydalanuvchi ko’p sonli istemolchisi mavjud kar’erlarda stasionar compressor stansiyalari karer bortidan chetda quriladiva trubalar orqali etkaziladi.Kam sonli istemolshi karerlarda esa kochma kompressorlardan foydalaniladi.Ko’p hollarda tog’kon transportlari individual kompressorlar bilan jihozlanadi.
Kompressor ishlash rejimi o’zgarmas yuklamali doimiy.Odatda kompressorlar salt holatda ishga tushiriladi.Stasionar kompressorlar elektrodvigatellari sinxron yoki faza rotorli asinxron dvigatellar bo’ladi.
Ko’chma yoki individual kompressorlar dvigatellari esa 100 kVt gacha bo’lgan qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatel bo’ladi.
Kompressor dvigatellari magnitli puskatel, kontaktor, avtomat , КРУ lar bilan boshqariladi.Har qanday sonli 10 m3 /min dan 100m3 /min gacha ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan kompressorlar avtomatik boshqariladi.Kompressorlar elektr ta’minoti suv chiqarish qurilmalari kabi amalga oshiriladi.
Qo’zg’almas suv chiqarish qurilmasi nasoslardan, suv quvurilar
dan, elektr tortgichdan va avtomatlashtirish apparatlaridan iborat. 
Qo’zg’almas suv chiqarish qurilmalarida suv oqimi 50 m 3
/soat dan yuqori bo’lganda nasoslar soni 3 tadan kam bo’lmasligi kerak, ulardan biri ishchi, ikkinchisi zaxirada va uchinchisi almashtiruvchi. 
Markaziy va bosh suv chiqarish qurilmalari ikkita suv haydovchi suv quvuri 
bilan jihozlangan bo’lib, biri ishlab ikkinchisi zaxirada bo’lishi kerak. 
Shaxta stvolidagi zo’riqma stavlari soni suvning oqim tezligiga bog’liq 
bo’lib, uning qiymati 2,5 m/sek dan oshmasligi kerak (hisoblarda 2 m/sek qabul 
qilinadi). 
Suv quvurlar yetarli mustahkamlikka ega bo’lishi, suv chiqarish 
qurilmalarining tinimsiz ishlashini ta’minlashi, xizmat ko’rsatish xavfsiz, 
korroziyaga chidamlilik, minimal og’irlikka ega bo’lishi, ta’mirlash va ayrim 
qismlarini almashtirish qulay bo’lishi kerak. 
Suv chiqarish qurilmalari unumdorlikka qarab suv quvuri diametri 100-600 
mm gacha bo’lishi mumkin, bunda suv bosimi 1-10 MPa gacha borishi mumkin. 
Suv quvuri uchun po’lat trubalar, ayrim hollarda bosim 1 MPa gacha bo’lsa 
cho’yan trubalar ishlatiladi, ularni bir-biriga po’lat flanetslar bilan ayrim hollarda 
elektrpayvand bilan ulanadi. 
Suv quvuri armatura bilan jihozlangan bo’lib, uning tarkibiga 
qabul qiluvchi klapan to’r bilan (so’ruvchi suv quvurida), teskari klapan, yopuvchi
zadvijka, salnikli kompensator, tirgak trubalar, tirgak yoki oddiy tirsaklar o’tuvchi 
troyniklar va boshqalar. 
Suv haydovchi suv quvurining balandligi 200 m dan kam bo’lgan hollarda 
metall tirgaklik tirsak o’rnatilib, stav og’irligi shunga tushadi. Undan uzun 
stvollarda bir necha orasidagi masofasi 150-250 m bo’lgan o’rtadagi tayanchlar 
bo’lib, stav og’irligi o’shalar orasida taqsimlanadi. Har bir uchastkaning pastki 
qismiga o’rtadagi tirgak bo’lib, tepa qismiga kompensator o’rnatiladi. 
Gorizontal siljishlardan suv quvuri belbog’lar (xomutlar) yordamida ushlab 
turiladi, ular orasidagi masofa 25-35 m bo’ladi. 
Texnik ekspluatatsiya qoidalariga ko’ra zo’riqma suv quvurilari maksimal 
ishchi bosimdan 1,25 barobar yuqori bosimda gidravlik sinovdan o’tkaziladi. 
Elektr energiyasi o’chganda yoki boshqa sabablarga ko’ra nasos qurilmasi 
to’xtab qolsa, suv quvurida gidravlik zarba hosil bo’ladi. Tajribalar shuni 
ko’rsatadiki gidravlik zarbadagi maksimal bosim 1,5 R st
(statik bosimning 1,5 barobariga teng) bo’ladi. Suv quvurini gidravlik zarbadan saqlash uchun chuqur shaxtalarda ikkita teskari klapan o’rnatiladi va har xil zarba so’ndiruvchi moslamalar qo’llaniladi. 
Suv chiqarish qurilmalarining elektr yuritmalari va avtomatlashtirish 
apparatlari. 
Suv chiqarish qurilmalarining elektr yuritmalari asosan, qisqa tutashgan 
rotorli asinxron elektr yuritmalari yoki ayrim hollarda faza rotorlik asinxron elektr 
yuritmalaridan tashkil topgan bo’ladi. TSNS (TЦНС) turidagi nasoslar uchun qisqa tutashgan rotorli A va AO seriyadagi elektr yuritmalar ishlatiladi. 
Portlashga xavfli bo’lgan shaxtalarda MA, KO va VAO seriyadagi 380/660 
V kuchlanishda ishlaydigan suv chiqarish qurilmalari nasoslari uchun yuritmalar 
ishlatiladi. Bundan tashqari A, AO, AP, APZ seriyadagi yuqori ishonchlilikka ega 
bo’lgan va portlash o’tmaydigan VAO seriyadagi quvvati 1600 kVt (aylanishlar 
soni 1500 ayl/min) va “Ukraina” seriyadagi (aylanishlar soni 3000 ayl/min) 
quvvati 630 kVt va kuchlanishi 6000 V bo’lgan elektr yuritmalari keng qo’llaniladi. 
Suv chiqarish qurilmalarini ishlatishda suv to’plagichdagi suv sathini, 
unumdorlikni, zo’riqmani (bosimni), nasos va elektr yuritma podshipniklari  temperaturasini o’lchash va nazorat qilish kerak bo’ladi 
Sathni o’lchash asboblari suv to’plagichdagi suv sathini o’lchab, nazorat 
qilib turish uchun kerak bo’ladi. Ikki turdagi sath o’lchash datchiklari bo’lib, 
po’kaklik (poplovkovie) va elektrodlik. Elektrodlik ED turidagi, suvning tok 
o’tkazish xususiyatidan foydalanib ishlaydigan turi keng tarqalgan. 
Unumdorlikni o’lchash relesi, nasos unumdorligini tinimsiz nazorat qilib 
to’xtaydi va uni gidravlik himoya qiladi. Gidravlik himoya shundan iboratki, nasos 
suvga to’ldirilmagan bo’lsa, rele nasosni ishga tushirishga yo’l qo’ymaydi va 
unumdorlik nolga tenglashganda nasosni o’chiradi. 
Bosim relesi nasoslardagi bosimni aniqlash, nasoslarni suvga to’laligini va 
suv to’planadigan joydagi suv sathini nazorat qilishga xizmat qiladi. 
Turg’un suv chiqarish qurilmalarini avtomatlashtirish uchun AV-5 va AV-7 
– turidagi uchastka suv chiqarish qurilmasi uchun, AVO-3 – alohida suv chiqarish 
qurilmasi uchun, AVN-1m – past kuchlanishli chiqarish qurilmasi uchun, UAV – 
bosh chiqarish qurilmalari uchun past va yuqori kuchlanishlar uchun, VAV – bosh 
chiqarish qurilmalari gazga va changga xavfli shaxtalar uchun qo’llaniladi. Bu 
apparatlarda UAV va VAV turidagilari eng takomillashgan turlari hisoblanadi. 
Unifikatsiyalashgan UAV turidagi apparatlar shaxta suv chiqarish 
qurilmalarini avtomatik ravishda boshqarishga mo’ljallangan bo’lib, 9 tagacha 
nasos agregatini yuqori yoki past kuchlanishli asinxron yuritmalari bilan gazga va 
changga xavfi shaxtalarda ishlatiladi. 
Ushbu avtomatik boshqarish apparatlari Konotop zavodida ishlab 
chiqariladi. 
Nasoslarni avtomatik ravishda boshqarish suv to’plagichdagi suv sathiga 
qarab boshqariladi. Belgilangan dastur bo’yicha yuqori, ko’paygan va avariya 
holatidagi sathlarda nasos agregatlari qo’shiladi, agarda nasos nosoz bo’lsa 
o’chirilib zahiradagisi qo’shiladi va xokazolar. 
Shuningdek sxemada suvga to’ldirilmagan nasosni ishga tushirmaslik
unumdorlik yo’qolganda, podshipniklar qizib ketganda o’chirish ko’zda tutilgan. 
Suv chiqarish qurilmasini loyihalash davomida birnechta usullar yordamida kerakli bo'lgan ko'rsatkichlarga erishish suv chiqarish qurilmasini normal ishlashi uchun kerakli bo'lgan tashqitarmoq, quvur jihozlari bir necha diametlarda ishlab qurilma ish rejimini grafik usilida toppish va uni grafikta qurish shart bo'ladi grafikda qurilmaning tashqi tarmoq bilan birgalikda ishlashi, ish jarayoni namoyon bo'ladi. Ish jarayonini tahlil qiladigan bo'lsak 9 metrga ko'tarishi kerak bo'lar edi, quvur deametri 1,2 metr bo'lgan tashqitarmoq 10,2 mertrga ko'tarmoqda unimdorligimiz esa 11300m3/soatni tashkil etmoqda, ikkinchi tashqitarmog'imizning quvur deametri 1,3metr bo'lgani esa 9,2metrni tashkil etmoqda unimdorlik 11600 m3/soatni tashkil etmoqda shart bajarildi. Shartning bajarilishiga keladigan bo'lsak birinchi holatdagi tashqi tarmoq nasos zo'riqmasi baland bo'lgani bilan unimdorlik past ko'rsatkichni qayt etmoqda ikkinchi holatdagi nasos zo'riqmasini 0,2metr zahira bilan unimdorligimiz esa 11600 m3/soatni tashkil etmoqda o'z-o'zidan ko'rinib turibdiki quvur diametrini 1,2 metr deb qabo'l qilamiz qolaversa tashqi tarmoqning quvur anjomlarini ham 1,2 metr bo'lganlarini qabo'l qilamiz va tashkil etamiz. Tashqi tarmoqni tanlashda nasos unumdorligi ham muhim ro'l o'ynaydi.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki zamonaviy kon korxonalarida suv va qishloq xo'jaliklarida, suv chiqarish qurilmalarida markazdan qochma nasoslarni ishlatishda tashqi tarmoqni tanlash va ularni yig;ish ishlariga nasosning texnologik ko'rsatkichlariga tasir qilish omillariga etibor qaratish kerakligi ishlab
chiqarish jarayonlariga tadbiq qilish orqali nafaqat katta samaradorlik va energiya tejamkorligiga qolaversa elektr yuritmani birinchi tezlikda ishga tushirib ikkinchi tezlikga o'tkazib ishlatishimiz ham mumkin bo'ladi bunda elektr yuritmani ishga tushish tokidan ham yutishimiz mumkin bo'ladi.

Adabiyotlar ro'yxati:


[1]. O'zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2020-yildagi 19-iyunda imzolangan "Energiyadan oqilona foydalanish to'g'risida"gi O'RQ-628 sonli qarori 412-I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 118-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda;
[2]. Jalolov I. S. O. G. L. PROKATLASH JARAYONIDAGI TERMAL QATTIQLASHTIRISHNING AVTOMATIK BOSHQARUV NAZORATI //Academic research in educational sciences. - 2023. - Т. 4. - №. 1. - С. 116-121.
[3]. Khalikov S,Boqijonov U, Muminov H, Ikromov N,Yuldashev E Operational Eanagement of Substation Safety Power Supply Cite as: AIP Conference Proceedings 2552, 060017 (2023); https://doi.org/10.1063/5.0117222 Published Online: 05 January 2023
Download 29.44 Kb.




Download 29.44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suv chiqarish qurilmasi elektr uskunalari va elektr ta’minoti Reja: Kar’er chegarasida s

Download 29.44 Kb.