Mahsuldor qatlamlarini ochish usullari




Download 33,44 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2024
Hajmi33,44 Kb.
#132510
1   2   3   4
Bog'liq
1. Mahsuldor qatlamning ochilish-fayllar.org (2)

2.Mahsuldor qatlamlarini ochish usullari

Mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida hosil qilinadigan quduq tubi bosimi bilan qatlam bosimining nisbatlari muhim rol o’ynaydi.


Bularga muvofiq ravishda mahsuldor qatlamlarni ochish usullari muhim hisoblanadi:
qatlamni repressiya sharoitida quduqlarni burg’ilash (quduq tubining gidrostatik bosimining qatlam bosimidan yuqoriligi);
muvozanat bosim sharoitida burg’ilash (gidrostatik quduq tubi bosimining qatlam bosimiga tengligi);
qatlamga depressiya bosimi ostida burg’ilash (qatlam bosimi gidrostatik bosimdan yuqori bo’ladi).
Shunday qilib mahsuldor qatlamlarni ochish muvozanatli bosim usulida (qatlamga repressiya sharoitida burg’ilash) va movozanatlanmagan bosim ostidagi usullarda (qatlam bosimi va quduq tubining tenglik sharoitlarida hamda qatlamga depressiya sharoitida burg’ilab) ochiladi.
Qatlamni repressiya sharoitida burg’ilash quduqqa qatlam flyuidlarining kirib kelishini oldini oladi hamda quduqni qazish rejimini taminlaydi.
Bunda mahsuldor qatlamlarni ochishda qo’llaniladigan an‘anaviy repressiyada ochish usulida bosimlar farqi burg’ilash eritmalarining qatlamga kirishi uchun va ularni qatlamning kollektorlik xossasiga ta‘sir qilishiga sharoit yaratadi.
Neftgazpaydo bo’lishini oldini olish maqsadida neft gaz sanoatidagi texnik xavfsizlik qoidalariga mos ravishda qatlamni repressiya sharoitida ochishda quduq tubi zonasida minimal-kerakli gidrostatik bosim ustunini hosil qilish uchun burg’ilash eritmasining talab qilingan zichligi aniqlanadi va bu bosim loyihaviy qatlam bosimining qiymatidan kichik bo’lmasligi kerak:
10% quduqning chuqurligi 1200 m.gacha (oraliqlar 0 metrdan 1200 m.gacha); 5% quduqni burg’ilash oralig’i 1200 metrdan to loyihaviy chuqurlikgacha.
Tog’ jinslarini murakkab uchastkalaridagi geologik qirqimlarini burg’ilashda tushirish-ko’tarish operatsiyalarini hisobga olib, eritmaning zichligini oshirishga ruxsat etiladi, lekin repressiyaning oshishi mahsuldor qatlamning kollektorlik xossalarini saqlanish darajasini ta‘minlanishi hisobga olinadi.
Quduq tubi zonasida qatlamning o’tkazuvchanligining pasayish sabablarini o’rganish burg’ilashni muvozanatlashmagan qatlam bosim sharoitida burg’ilashni olib borishga olib keldi.
Mahsuldor qatlamlarni sifatli ochishning zamonaviy usullarini qo’llashga olib keldi: qatlamni depressiya va muvozanat sharoitida burg’ilash ya‘ni, muvazanatlanmagan qatlam bosimi sharoitida.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda kollektorlik xossalarini maksimal darajada saqlashning eng yaxshi usuli qatlamni depressiya sharoitida ochish hisoblanadi. Ikkinchidan mahsuldor qatlamni ochishda kollektorlik xossasining saqlanishini ta‘minlaydigan usul bu bosimlar tengligi sharoitida burg’ilash hisoblanadi.
Qatlamga depressiya sharoitida mahsuldor qatlamni ochishda mahsuldor qatlamni ochishning to’liq davrida qatlam bosimi quduq tubi bosimidan yuqori bo’lganda qatlamga beriladigan ortiqcha bosimni hosil bo’lishining oldi olinadi.
Qatlam bosimini gidrostatik bosimga tenglik sharoitida burg’ilash eritmasining zichligi 1,0 g/sm3 bo’lgan suv asosli yoki uglevodorod asosli yengillashtirishgan yuvuvchi suyuqliklar qo’llaniladi. Bunda mahsuldor qatlamlarni qatlamga depressiya sharoitida ochishda kengroq uglevod asosidagi eritmalar qo’llaniladi.
Shunday qilib, qatlamni depressiya sharoitida burg’ilash ishlatish obektlarining mahsuldor yotqiziqlarini ochishda qatlam flyuidlarini oqimini doimiy quduqqa kirib kelish (neft yoki gazni) jarayonlari bilan birlashtiriladi. Bunda burg’ilash eritmasi qatlamdan kirib keladigan flyuidlardan va burg’ilangan tog’ jinslarining quyqumlaridan doimiy ravishda tozalanadi. Qatlam flyuidlari burg’ilash eritmalaridan ajratilgandan keyin maxsus sig’imlarda to’planadi.
Qatlamni depressiya sharoitida burg’ilashda maxsus yer usti va yer osti jihozlari qo’llaniladi, quduq tubi bosimini va quduqqa kirib keladigan neft va gaz oqimining kirib kelish nazoratini ta‘minlaydi hamda quduq tubi bosimini boshqaradi va sig’imning avariyasiz ishlashini ta‘minlaydi.
Qatlam bosimining qiymati va qatlamga beriladigan depressiya kattaligi burg’ilash kolonnasining ostki jamlanmasida joylashtirilgan maxsus manometrlar yordamida nazorati amalga oshiriladi.
Tenglik bosimlar sharoitida burg’ilashda mahsuldor gorizontlarni ochish jarayonida quduqqa qatlam flyuidlarining kirib kelishini oldini olish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Shuning uchun ham suvli yoki uglevodorod asosidagi yengillashtirilgan burg’ilash erimalari qo’llaniladi. Bosimlar tengligi sharoitida mahsuldor qatlamlarni ochishning eng afzali uglevodorod asosli eritmalar hisoblanadi.
Quduqlarda avariyasiz qazishni olib borishni ta‘minlashda quduqlarni burg’ilash jarayonida neftgazpaydo bo’lishini nazarot qiladigan va oldini oladigan maxsus jihozlardan foydalaniladi.
Muvozanatlashmagan qatlam bosimi sharoitida burg’ilashda neftgazpaydo bo’lishini nazorat qilishda aylanuvchi preventorlardan foydalaniladi.
Bosimlar tengligi va qatlamga depressiyada quduqlarni burg’ilashni
boshlashdan oldin mahsuldor qatlamning shipiga ishlatish kolonnasi tushiriladi va

sementlanadi. Eng oxirgi vaqtlarda muvozanatlashmagan qatlam bosimi sharoitida burg’ilash texnologiyasi ishlangan va qo’llanilishi boshlab yuborilgan. Qatlamni depressiyada burg’ilashda uzluksiz egiluvchan burg’ilash quvurlaridan (koltyubing) foydalanish texnologiyasi keng qo’llanilmoqda.


Kon sharoitida mahsuldor qatlamlarni depressiya sharoitida ochish texnologiyasining natijalarini tahlil qiladigan bo’lsak, mahsuldor qatlamning kollektorlik xossalarining maksimal darajada saqlanganligi ma‘lum ya‘ni, repressiyada ochilgan quduqlarni ekspluatatsiyasida mahsuldor qatlamning beraoluvchanligi yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi.
Bundan tashqari kon tajribasida olingan ma‘lumotlarni tahlil qiladigan bo’lsak, mahsuldor qatlamlarning beraoluvchanlik ko’rsatgichi repressiya sharoitida ochilgan quduqlarni ochishning geologik sharoitlarga bog’liqligini ko’ramiz. Bu usulda ochilgan quduqlarda kollektorlik xossalarini maksimal saqlanib qolinishi ta‘minlanadi.
Murakkab geologik sharoitdagi samaralarda qatlamni repressiya sharoitida ochishda burg’ilash ishlarining sifati va samaradorligi amalda pasayishi mumkin. Bu holat burg’ilash eritmasi komponentlarining mahsuldor qatlamning quduq tubi zonasiga va qatlamga repressiya tufayli qatlamning o’tkazuvchanligini katta qiymatga pasaytirishi bilan bog’liqdir.
Shunday qilib, qatlamni repressiya sharoitida burg’ilashda ifloslanish darajasining oshib ketishining oldini olish uchun mahsuldor qatlamni ochishda tenglik va qatlamga depressiya sharoitida ochishni qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochish usulini tanlashni asoslash uchun mahsuldor qatlamni ochishda qo’llaniladigan har xil usullarni qo’llanilishi quduq qurilishini texnik – iqtisodiy ko’rsatgichlari hisoblari bajarilib asoslaniladi. Aniq geologik sharoitda flyuidlarni qazib olishning rentabelligi va quduqning qurilish bahosi hamda quduqni ishlatish jarayonida kutiladigan mahsullik baholanadi
Mahsuldor qatlamlarni past kollektorlik xossalarida flyuidlarni qazib olish qimmatlashishiga qaramasdan bu usullarning qo’llanilishi quduq qurilishi va ishlatilishi bo’yicha texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlarning samaradorligi bo’yicha baholanadi.
Keltirilgan tahlillarimizga muvofiq mahsuldor qatlamni ochishning har xil usullari taqqoslanganda mahsuldor qatlamning ochishning eng afzal usuli aniq geologik sharoitdan kelib chiqib tanlanadi.


Download 33,44 Kb.
1   2   3   4




Download 33,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsuldor qatlamlarini ochish usullari

Download 33,44 Kb.