• Jarayonlar spetsifikatsiyasi
  • Atamalar bayoni
  • Ma’lumotlar oqimini modellashtirish




    Download 36,22 Kb.
    bet6/13
    Sana26.05.2024
    Hajmi36,22 Kb.
    #254201
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Data base security - lecture 9

    Ma’lumotlar oqimini modellashtirish
    Ma’lumotlar oqimini modellashtirishga asoslangan tuzilmali (strukturali) tahlil va loyihalashtirish metodologiyasi odatda, loyihalashtirilayotgan dasturiy ta’minot kompleks tasavvuridan modellar majmuasi shaklida foydalanadi:
    • tizimda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan jarayonlar orqali axborot manbai va iste’molchilarning o‘zaro ta’sirini bayon etuvchi ma’lumotlar oqimi manbai va iste’molchilar diagrammasi (DFD — Data Flow Diagrams);
    • ishlab chiqilayotgan tizimning ma’ lumotlar bazasini bayon etuvchi ≪mohiyat-aloqa≫ diagrammasi;
    • tizimning ma’lum vaqtdagi holatini tavsiflovchi vaziyatlar o‘zgarishi diagrammasi (STD — State Transition Diagrams);
    • jarayonlar spetsifikatsiyasi;
    • atamalar lug‘ati.


    Jarayonlar spetsifikatsiyasi
    Jarayonlar spetsifikatsiyasi odatda qisqacha matn bayoni sxemasi, psevdokodlar, Flow-forma yoki Nassi-Shneyderman diagrammasi shaklida bo‘ladi. Chunki, jarayonlar bayoni ishlanma mutaxassisiga ham, buyurtmachiga ham birday tushunarli va qisqa bo‘lishi lozim. Ularni tavsivlash uchun ko‘pincha psevdokodlardan foydalaniladi.
    Atamalar lug‘ati. Atamalar lug‘ati spetsifikatsiyalash jarayonida foydalaniladigan asosiy tushunchalarning qisqacha bayonidan iborat bo‘ladi. U predmet sohasidagi asosiy tushunchalarni aniqlash ma’ lumotlar elementlari tuzilmasi, ularning turlari
    va shakli bayoni, shuningdek, barcha qisqartmalar hamda shartli belgilarni o ‘z ichiga olishi lozim.
    Atamalar lug'ati predmet sohasini tushunish darajasini oshirish va buyurtmachi hamda ishlanma ijrochilari o‘rtasida modellar muhokamasi borasida qaramaqarshilik yuzaga kelishining oldini olish uchun mo‘ljallangan.


    Atamalar bayoni
    Odatda, lug‘atda atamalar bayoni quyidagicha sxema bo‘yicha bajariladi:
    • atama;
    • kategoriya (predmet sohasi tushunchasi, ma’lumotlar bazalari, shartli belgilar)
    • qisqacha bayon.
    Ko‘rsatilgan modellardan tashqari to‘ liq spetsifikatsiya tarkibiga har qanday yondashuvda predmet sohasi obyektlari bayon ining matematik modellari ham kiradi. Ular tahlil etilayotgan o‘lchamlar va shu o‘lchamlarga qo‘yilgan cheklovlarning asosiy nisbatini aniqlash imkonini beradi. Sanab o‘tilgan modellarni batafsil ko‘rib chiqishga o‘tamiz.



    Download 36,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 36,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar oqimini modellashtirish

    Download 36,22 Kb.