|
9-Mavzu. Ma`lumotlar bazasini tiklash Rezervli nusxalash
|
bet | 8/13 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 36,22 Kb. | | #254201 |
Bog'liq Data base security - lecture 9Funksional diagrammalar
Birinchi galda ishlab chiqiladigan dasturiy ta’minot funksiyalarining o‘zaro aloqasini aks ettiruvchi diagrammalar funksiyaviy deb yuritiladi.
Funksiyaviy modelga misol tariqasida faol modelni ko'rib chiqamiz. U SADT (Structured Analysis and Design Technique — strukturaviy tahlil va loyihalashtirish) funksiyaviy modellashtirish metodologiyasi tarkibida D. Ross tomonidan taklif etilgan. Eslatma. SADT metodologiyasi shuni nazarda tutadiki, u tizim funksiyalariga yoki uning predmetlariga (ma’lumotlari, jihozlar, axborotlar va h.k.) asoslanadi. Har ikki holatda o ‘xshash grafik notatsiyalar qoilaniladi. Ammo birinchi holatda blok funksiyalarga, ikkinchisida ma’lumotlar elementiga mos keladi. Tegishli modellarni faol modellar va ma’ lumotlar modellari deb atash qabul qilingan. To‘liq model o‘z ichiga dasturiy ta’minotning nisbatan to‘liq bayonini ta’minlovchi har ikki model tuzilishini oladi, biroq faol (funksional) modellar keng qoilaniladi. SADT metodologiyasi asosida keyinchalik IDEFO (Icam DEFinition — ICAM notatsiyasi) murakkab tizim bayonining mashhur metodologiyasi yaratilgan.
ICAM (Integrated Computer-Aided Manufacturing)
Integrallashgan kompyuter ishlab chiqarish dasturining asosiy qismi sanaladi. Dastur AQSH harbiy havo kuchlari tashabbusi bilan o`tkaziladi.
Faollik modeli funksiyalarining o ‘zaro aloqasini aks ettirish bir necha funksiyaviy diagramma o ‘zaro aloqasini sxematik taqdim etuvchi funksiyaviy diagramma iyerarxiyasini tuzish vositasida amalga oshiriladi. Bunday diagrammaning har bir bloki ayrim funksiyalarga mos keladi. Unda boshlang‘ ich ma’lumotlar, natijalar,
boshqaruvchi axborotlar va uni amalga oshiruvchi mexanizmlar, ya’ni odam yoki texnik vositalar aniqlab berilishi lozim.
Yuqorida qayd etilgan funksiyalarning barcha aloqalari yoy bilan ko‘rsatib beriladi. Ayni paytda aloqa turi va uning yo`nalishi qat’iy reglamentlangan. Наr bir aloqa turini tasvirlovchi yoy blokka ma’lum bir tomondan yondashishi, aloqa yo‘nalishi esa yoy oxirida strelka bilan ko‘rsatilishi kerak.
Boshlang‘ ich ma’lumotlarning yoylari, natijalari va boshqaruvi funksiyalar o‘rtasida o‘zaro uzatiladigan ma’lumotlar to`plamini taqdim etadi. Funksiyalarni-amalga oshirish mexanizmini belgilovchi yoylar asosan, murakkab axborot tizimining spetsifikatsiyasini bayon etishda foydalaniladi. Mazkur tizim ham avtomatlashgan, ham qo‘lda bajariladigan operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Bloklar va yoylar tabiiy tilda matnlar bilan belgi qo‘yiladi (markirovkalanadi).
≪Zinamazina≫ sxemasi
Diagrammada bloklar ularning ish ketma-ketligiga yoki bir blokning ikkinchisiga ko‘rsatadigan ta’siriga muvofiq ≪zinamazina≫ sxemasi bo‘yicha joylashgan bo‘ladi. SADT funksiyaviy diagrammalarida bloklar o‘zaro ta’sirining beshta turi farqlanadi. Ular:
• blokning kirish-chiqishi nisbatan kam ustunlik bilan blok kirishiga beriladi
• boshqaruv-blok chiqishi kam ustunlik bilan keyingi blok uchun boshqaruv sifatida foydalaniladi;
• blokning kirish-chiqish bo‘yicha qayta aloqasi blok kirishiga katta ustunlik bilan uzatiladi;
• boshqaruv bo‘yicha qaytuvchi aloqa-blok chiqishi blok uchun katta ustunlik bilan boshqaruvchi aloqa sifatida foydalaniladi;
• chiqish-ijrochi — blok chiqishi boshqa blok uchun mexanizm sifatida foydalaniladi.
|
| |