• Tashqi mohiyat
  • Ma’lumotlar ombori
  • Ma’lumotlar oqimlari diagrammasi




    Download 36,22 Kb.
    bet10/13
    Sana26.05.2024
    Hajmi36,22 Kb.
    #254201
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Data base security - lecture 9

    Ma’lumotlar oqimlari diagrammasi
    Ma’lumotlar oqimlari diagrammasi ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot funksiyasini ham, ular orqali qayta ishlanadigan ma’lumotlarni spetsifikatsiyalashga imkon beradi. Ushbu modeldan foydalanishda tizim ma’lumotlar oqimi diagrammasining iyerarxiyasi ko'rinishida taqdim etiladi. Iyerarxiyaning keying har bir darajasida navbatdagi jarayon elementar deb qayd etilmaguncha jarayonlar aniqlanib boriladi.
    Eslatma. Ma’lumotlar oqimi modeli bir-biridan mustaqil ravishda avvaliga Y. Iordan (1975), so‘ngra Ch. Geyn va T. Sarsonlar tomonidan (1979) taklif etilgan, Iordan—De Mark va Geyn Sarson flkricha muvofiq ushbu modellarda dasturiy ta’minotni strukturaviy tahlil etish va loyihalashtirish klassik metodologiyasiga
    asoslangan. Shuningdek, model Buyuk Britaniyada axborot tizimini ishlab chiqishning milliy standarti sifatida qabul qilingan SSADM (Structural Systems Analysis and Design Method)ni strukturaviy tahlil etish va loyihalashtirish metodologiyasida foydalaniladi. Model asosida tashqi mohiyat, jarayon, ma’lumotlar va ma’ lumotlar bazalari ombori (saqlovchisi) tushunchalari yotadi.


    Tashqi mohiyat
    Tashqi mohiyat axborot manbai yoki qabul qiluvchi, masalan, buyurtmachi, personal, yetkazib beruvchi, mijozlar, bank va shu kabi moddiy obyekt yoki jismoniy shaxsdir.
    Jarayon — ma’lum bir algoritmlarga muvofiq kiruvchi ma’lumotlar oqimining chiquvchi oqimga aylanishi. Tizimdagi har bir jarayon o‘z nomeriga ega va mazkur qayta hosil bo‘lishni amalga oshiruvchi ijrochi bilan bog‘ liq. Funksional diagramma holidagidek bu yerda almashtirishlar kompyuterda, qo‘ lda yoki maxsus qurilmalar bilan amalga oshirilishi mumkin. Iyerarxiyaning yuqori darajasida hali jarayonlar aniqlanmaganda ≪jarayon≫ tushunchasi o‘rniga ≪tizim≫ va ≪tizim osti≫ tushunchasidan foydalaniladi. Ular tizimga muvofiq
    to‘liq yoki funksiyaviy jihatdan tugallangan qismni bildiradi.


    Ma’lumotlar ombori
    Ma’lumotlar ombori — axborotlarni saqlash uchun abstrakt qurilma. Qurilma turi va axborotni joylashtirish, olish va saqlash usullari bunday qurilma uchun detallashtirilmaydi. Jismoniy jihatdan bu ma’lumotlar bazasi, fayl, tezkor xotiradagi jadval, qog‘oz ko‘rinishidagi kartoteka va hokazolar bo‘ lishi mumkin.
    Ma’lumotlar oqimlari — ayrim ma’ lumotlarning manbadan uni qabul qiluvchiga uzatish jarayoni. Axborotni uzatish jarayoni kabel orqali dastur yoki tizim dasturi boshqaruvida yoki qurilma orqali qo‘lda yoki loyihalashtirilayotgan tizimdan tashqari insonlar ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
    Shunday qilib, diagramma ayrim tashqi mohiyatlardan yuzaga kelgan ma’lumotlar oqimi qanday qilib tegishli jarayonlar (yoki kichik tizim) bilan transformatsiyalashuvini, ma’lumotlar yig'uvchilari bilan qanday saqlanishi va boshqa tashqi mohiyatlarga
    — axborot tashuvchilariga qanday uzatilishini namoyon etadi. Natijada biz axborotni saqlash qayta ishlashning tarmoq modeliga ega bo`lamiz.
    Ma’lumotlar oqimi diagrammasini tasvirlash uchun odatda notatsiyaning ikki xil turidan -foydalaniladi. Bular: Iordan va Geyn-Sarson notatsiyasi.


    Strelka
    Strelka bilan belgilanadigan oqim chizig‘ i ustida ushbu holatda aynan qanday axborot uzatilishi ko‘rsatiladi. Ma’ lumotlar oqimi diagrammasining iyerarxiya tuzilishi alohida turdagi diagramma — kontekstli diagramma bilan boshlanib,
    u tizimning nisbatan umumiy ko‘rinishini belgilab beradi. Bunday diagrammada ishlab chiqilayotgan tizim ijrochining ko‘rsatmasisiz axborot qabul qiluvchi va uning manbai o‘rtasida o‘zaro qanday harakat qilishi ko‘rsatiladi. Aniqrog'i, tizim va tashqi olam o‘rtasidagi interfeysni yozib oladi. Odatda boshlang‘ ich kontekstli
    diagramma yulduzlar shaklida bo‘ladi.
    Agar loyihalashtirilayotgan tizim ko‘p sonli tashqi muhitga alohida xususiyatga ega bo‘lsa yoki mavjud tizim ostini o ‘z ichiga olsa, u holda kontekstli diagramma iyerarxiyani tuzadi.
    Kontekstli diagrammani ishlab chiqishda kelgusi tizimning funksiyaviy tuzilmasini detallashtirish amalga oshiriladi. Agar ishlanma bir necha jamoa tomonidan olib borilayotgan bo`lsa juda muhim. Ana shunday tarzda olingan tizim modeli tizim obyektlari to‘g‘risidagi boshlang‘ ich ma’ lumotlarning to‘liqligi va ularning
    boshqa obyektlar bilan axborot aloqasi yo‘qligini tekshiradi. Keyingi bosqichda kontekstli diagrammaning har bir tizimosti ma’lumotlar oqimi diagrammasi yordamida detallashtiriladi. Detallashtirish jarayonida balanslash qoidasiga rioya etiladi.



    Download 36,22 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 36,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar oqimlari diagrammasi

    Download 36,22 Kb.