|
Funksional diagramma iyerarxiyasini tuzishi
|
bet | 9/13 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 36,22 Kb. | | #254201 |
Bog'liq Data base security - lecture 9Funksional diagramma iyerarxiyasini tuzishi
Chiziqlar turlicha tarmoqlanishi va turli usullar bilan birlashishi mumkin. Tarmoqlanish ma’lumotlarning bir qismi yoki barchasi har ajralgan yoyda foydalanish mumkinligini anglatadi. Yoy har doim uzatiladigan ma’lumotlar to‘plamini identifikatsiyalash uchun tarmoqlanguncha belgilanadi. Agar yoy bandi tarmoqlangandan so‘ng belgilanmagan boisa, u holda belgilanmagan band
barcha ma’lumotlar to‘plamini o‘zida saqlaydi. Bandning har bir belgisi aynan shu band mavjudligini aniqlab beradi.
Funksional diagramma iyerarxiyasini tuzish detallashtirish darajasini oshirish orqali boqichma-bosqich olib boriladi. Keyingi har bir daraja diagrammasi asl blok strukturasini aniqlab beradi. Modelni tuzish yagona blokdan boshlanadi va uning
uchun boshlang‘ ich ma’lumotlarni, natijalar, boshqaruv va amalga oshirish mexanizmini belgilab beradi. So‘ngra u ketma-ketlik bilan qadamma-qadam detallashtirish usulidan foydalangan holda detallashtiriladi. Bunda har bir funksiyani ko‘pi bilan 3—7 ta blok bilan taqdim etish tavsiya qilinadi. Barcha hollarda har bir kichik funksiya faqat foydalanilgan yoki asl funksiya orqali
uzatiladigan ma’lumotlar elementlardan foydalaniladi. Ayni paytda hech bir element tushirib qoldirilmasligi lozim va bu holat tuzilgan modelning to‘g‘riligini, ya’ni uni zid kelmasligini ta’minlaydi.
Kiruvchi yoki chiquvchi strelkalar
Bosh diagrammadan kiruvchi yoki chiquvchi strelkalar simvollar (belgilar) va sonlardan foydalangan holda raqamlanadi.
Ramz aloqa turini bildiradi:
I — kiruvchi,
S — boshqaruvchi,
M— mexanizm,
R — natija,
Son — asosiy blokning tegishli tomoni bo‘yicha aloqa nomeri yuqoridan pastga va chapdan o‘ngga qarab hisoblanadi.
Barcha diagrammalar bir-biri bilan bloklarning iyerarxik nomerlanishi orqali bog‘lanadi: birinchi daraja — AO, ikkinchisi — Al, A2, uchinchi daraja A l l , A12, A13 va h.k. Bunda birinchi raqam — bosh blok nomeri, oxirgisi esa — bosh blokka tegishli ma’lum bir kichik blok nomeri sanaladi.
|
| |