• Modellarni ishlab chiqishning 1-bosqichi
  • Jarayonni detallashtirishni




    Download 36,22 Kb.
    bet11/13
    Sana26.05.2024
    Hajmi36,22 Kb.
    #254201
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Data base security - lecture 9

    Jarayonni detallashtirishni
    Tizimostini detallashtirishda faqat ishlab chiqilayotgan tizimosti bilan axborot aloqasi bo‘lgan tizimosti komponentalaridangina foydalanish mumkin.
    Jarayonni detallashtirishni yakunlash to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
    • jarayon 2 ta ma’lumotlar oqimi bilan o‘zaro harakat qilganda;
    • jarayonni ketma-ket (uzviy) algoritmlar bilan bayon etish imkoniyati bo‘lganda;
    • jarayon kirituvchi ma’lumotlarni chiquvchi ma’lumotga qayta aylantirishning yagona mantiqiy funksiyasini bajarganda.
    Detallashtirilmaydigan jarayonlar uchun mazkur jarayonning mantiqi (funksiyasi) ta’rifini o ‘z ichiga olgan spetsifikatsiya (tasnif) tuziladi. Bunday ta’rif tabiiy tilda, tuzilmalashtirilgan tabiiy tilni (psevdokodlar) qo‘ llagan holda algoritmlar sxemasi ko‘ rinishida jadval va masalalar ≪daraxti≫ni, shuningdek flow-forma va Nassi-
    Shneyderman diagrammasidan foydalanib tuzilishi mumkin. Detallashtirilayotgan tizimosti jarayonlarini qabul qilishni osonlashtirish uchun ular iyerarxiya nomerlariga rioya etilgan holda raqamlanadi.
    Bunda jarayonni yoki 1-tizimostini detallashtirishda olingan jarayonlar ≪1.1≫, ≪1.2≫ va hokazo shaklda nomerlanishi lozim. Bundan tashqari har bir diagrammada 3 tadan 6—7 tagacha jarayonlarni joylashtirish va ushbu darajada muhim bo'lmagan detallar bilan diagrammani tirband qilib qo‘ymaslik tavsiya etiladi. Ma’lumotlar oqimini dekompozitsiyalashni jarayonlarni dekompozitsiyalash bilan parallel holda amalga oshirish zarur.


    Modellarni ishlab chiqishning 1-bosqichi
    Modellarni yakuniy ishlab chiqish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
    1-bosqich - kontekstli diagrammani tuzish quyidagi amallarni bajarishni o‘z ichiga oladi:
    • ko‘plab talablarni tasniflash va ularni asosiy guruhlar, jarayonlarga tashkil etish;
    • tizim bilan bog‘langan tashqi obyektlar, tashqi mohiyatni identifikatsiyalash;
    asosiy axborot turlarini, tizim va tashqi obyektlar o ‘rtasida aylanuvchi malumotlar oqimini identifikatsiyalash;
    • kontekstli diagrammani dastlabki qayta ishlash;
    • dastlabki kontekstli diagrammani o‘ rganish va unga barcha bo`limlar bo'yicha masalalarni o‘rganishda yuzaga keladigan javoblar natijalariga ko‘ ra o‘zgartirishlar kiritish;
    • dastlabki diagrammalar barcha jarayonlarini bitta jarayonga birlashtirish orqali kontekst diagrammani tuzish.



    Download 36,22 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 36,22 Kb.