• Ikkilamchi ma’lumotlar fayli
  • Tiklash modeli
  • Tiklashning oddiy modeli
  • Birlamchi ma’lumotlar fayli




    Download 36,22 Kb.
    bet3/13
    Sana26.05.2024
    Hajmi36,22 Kb.
    #254201
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Data base security - lecture 9

    Birlamchi ma’lumotlar fayli
    Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar fayllarining ikki xili yaratilishi mumkin.
    Birlamchi ma’lumotlar fayli (Primary data file). Ushbu faylning yaratilishi shart bo‘lib, unda ma’lumotlar bazasi katalogining yuklama axboroti va ma’lumotlar bazasining boshqa fayllariga ko‘rsatkichlar saqlanadi.
    Ma’lumotlaming birlamchi faylida obyektlar va foydalanuvchilar ma’lumotlari joylashishi mumkin. Birlamchi fayl nomi uchun mdf kengaytirish tavsiya etiladi.


    Ikkilamchi ma’lumotlar fayli
    Ikkilamchi ma’lumotlar fayli (Secondary data file). Ushbu faylning yaratilishi shart boimay, unda obyektlar va foydalanuvchilar ma’lumotlari saqlanadi. Unumdorlikni oshirish uchun ikkilamchi fayllami turli disklarda saqlash tavsiya etiladi. Ma’lumotlar bazasida 32766 dan ko‘p bo`lmagan ikkilamchi fayllar joylashtirilishi
    mumkin. Ikkilamchi fayl nomi uchun ndf kengaytirish tavsiya etiladi.


    Tiklash modeli
    Tiklash modeli (recovery model) - ma’lumotlar bazasi konfiguratsiyasining
    parametri bo‘lib, tranzaksiyalami ro‘yxatga olishni, tranzaksiya jumalining rezervli nusxasini yaratishni va ma’lumotlar bazasini tiklash parametrlarini boshqaradi. Tiklash modelini tanlash, ma’lumotlar bazasini tiklashga va tiklash modelining tranzaksiyani ro‘yxatga olishi yoki olmasligiga bogMiq holda unumdorlikka jiddiy
    ta’sir ko'rsatadi.
    To‘liq tiklash modeli deganda, ma’Iumotlar bazasi yadrosining tranzaksiyalar jumalida barcha amallami ro‘yxatga olishi va hech qachon jumalni qisqartirmasligi tushuniladi. Ushbu model ma’lumotlar bazasini uning yanglishishi onigacha bo‘lgan holatini tiklashga imkon beradi.


    Tiklashning oddiy modeli
    Tiklashning oddiy modeli aksariyat tranzaksiyalar xususidagi ma’lumotlaming eng oz miqdorini ro‘yxatga oladi va har bir nazorat nuqtasidan so‘ng tranzaksiyalar jumalini qisqartiradi. Tiklashning ushbu modeli rezervli nusxalashni va tranzaksiyalar jumalini tiklashni madadlamaydi. Uning ustiga ma’lumotlaming alohida sahifalarini tiklashga imkon bermaydi.
    To‘liq bo'lmagan bayonnoma tuzishli modelda ma’lumotlar bazasi yadrosi SELECT INTO va BULKINSERT kabi ommaviy amallaming eng oz miqdorining ro'yxatini olib boradi. Agar jumalning rezerv nusxasi tarkibida qandaydir ommaviy amallar bo‘lsa, ma’lumotlar bazasini tranzaksiyalar jumalining rezervli nusxasining oxiriga mos holatigacha (vaqtning ma’lum onigacha emas) tiklash
    mumkin. Tiklashning ushbu modeli faqat katta ommaviy amallar uchun ishlatiladi.

    Download 36,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 36,22 Kb.