Международный
научный
журнал
№
12
(100),
часть
1
«
Научный
импульс
»
июля
, 202
3
138
AXBOROT MADANIYATINI SHAKILLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH SHART -
SHAROITLARI VA VOSITALARI
Karimova Maftuna Shukur qizi
Fargʻona viloyati Oltiariq tuman 2-son kasb hunar maktabi
Informatika fani oʻqituvchisi.
Annotatsiya:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy
jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy
axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy
iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu
muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib
borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari
respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda
hal etishga ham bog’liqdir.
KIRISH
O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining
yaratilishi mazkur fanlarni
o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini
yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini
chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya
sifati va samaradorligini
oshiradi.
ASOSIY QISM
Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish,
professor-o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va texnologiyalar
bilan qurollantirish,
ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o’rganish
hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini
yaratadi.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir.
Uning
ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy
(matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar,
telekadrlar, animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi.
Bunday integrasiya axborotni ruyxatdan utkazish va aks ettirishning turli qurilmalari,
muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda,
audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio
axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun
markaziy prosessor tez
xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati operativ va video-
xotira, katta sigimli tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha
almashuvi tezligini taxminan ikki barovar
oshirilishi talab etiladi, “inson-kompyuter”