|
Axborot madaniyatini shakillantirish va rivojlantirish shart sharoitlari va vositalariBog'liq Karimova Maftuna Shukur qizi часть
1
«
Научный импульс
»
июля
, 202
3
141
ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o’zgartirishi, natijalarini
o’rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so’roviga javob berishi,
materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin.
Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e’tiborga olish muhim.
Multimediada taqdim etilayotgan o’quv materiallari tushunish uchun qulay bo’lishi,
zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi.
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to’liq ochib berish va ulardan
samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o’qituvchining
ko’magi zarur bo’ladi.
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo’llashda ham ta’lim
strategiyasi ta’lim jarayonida o’qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta’lim
oluvchilarga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan
shug’ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki
animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko’rinishdagi matnlarga qaraganda ancha
jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to’ldirgan holda zaruriy emosional
darajani ta’minlab turishi mumkin.
Multimedia vositalari har xil ta’lim yo’nalishlari (stillari) uyg’unligida qo’llanilishi va
ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega
bo’lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o’qish
orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko’rish orqali ta’lim
olishni va bilimlarni o’zlashtirishni xush ko’radilar.
Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo’lgan ta’lim oluvchiga
noan’anaviy qulaylik tug’diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda
fonologik malakalar va o’qish malakalari o’sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual
o’zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa
vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.
Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari)
bo’lib, u o’qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra keng ko’lamdagi ma’lumotlar
massivini taqdim etish; ko’rgazmali va uyg’unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar,
sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini
ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o’rganishiga mos
ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha O’zbekiston
Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari industriyasini rivojlantirishning
tamoyillari quyidagilardir:
Birinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish,
davlat muassasalari va xo’jalik subyektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun
axborot xizmatlarini yo’lga qo’yish;
Международный
научный
журнал
№
12
(100),
|
| |