Axborot madaniyatini shakillantirish va rivojlantirish shart sharoitlari va vositalari




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana26.06.2024
Hajmi0,74 Mb.
#265841
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Karimova Maftuna Shukur qizi


часть
1
 
«
Научный импульс
»
июля 
, 202

140 
tibbiyot, matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir qancha kasbiy sohalarda revolyutsion 
o’zgarishlar yuzaga kelishiga olib keldi.
Kompyuterlarni ta’lim tizimida qo’llash g’oyasi ancha ilgari paydo bo’lgan bo’lgan 
bo’lsada, ta’lim tizimining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini qo’llash multimedia 
qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo bo’lgach to’liq ma’noda amaliyotga joriy 
etilib boshlandi.
Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash;
o’quv jarayonining samaradorligini oshirish;
ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o’zlashtirganlik, bilimga 
chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o’zini o’zi tarbiyalash, o’zini o’zi kamol toptirishga 
qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishi, 
o’rganishga bo’lgan qiziqishi, mehnatga bo’lgan munosabati); 
ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning 
alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va 
differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan 
olish;
ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish; mustaqil 
o’quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o’qib va rivojlanib boradi; ta’lim 
oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez 
o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish 
jarayoni zamonaviy, ko’ptarmoqli, predmetga yo’naltirilgan multimediali o’quv vositalarini 
ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi.
Ular tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilimlar bazasi
sun’iy intellekt tizimlari, ekspert-o’rgatuvchi tizimlar, o’rganilayotgan jarayon va 
hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo’lgan laboratoriya amaliyotlari 
kiradi.
Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning 
manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga ko’maklashish imkoniyatlariga ko’ra, 
shuningdek, har xil turdagi multimediali o’quv axborotlarining uyg’unlashuvi, interfaollik
moslashuvchanlik sifatlariga ko’ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi 
hisoblanadi.
Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan 
taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta’lim 
oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. 
Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: 


Международный
научный
журнал
№ 
12 
(100),
Download 0,74 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot madaniyatini shakillantirish va rivojlantirish shart sharoitlari va vositalari

Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish