|
Axborot madaniyatini shakillantirish va rivojlantirish shart sharoitlari va vositalariBog'liq Karimova Maftuna Shukur qizi часть
1
«
Научный импульс
»
июля
, 202
3
142
Ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta’lim va ijtimoiy sohalarida avtomatlashtirilgan axborot
tizimlarini keng ko’lamda joriy qilishni ta’minlash asosida elektron hukumat uchun zamin
yaratish;
Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlariga
ulanganligi asosida undagi milliy axborot resurslarining ulushini yuksaltirib borish.
Yuqoridagi uch asosiy tamoyildan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalar hal
etilishi talab qilinmoqda:
axborotlarga tovar sifatida qarashni ta’minlovchi va rag’batlantiruvchi huquqiy va
iqtisodiy me’yorlarni joriy etish;
axborotlarni taqdim etish, saqlash va uzatishga oid xalqaro standartlarga rioya qilish;
ushbu industriyani shakllantirish va rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasi, dasturiy vositalar ishlab
chiqarishni o’zlashtirish, ma’lumotlar bazasi va dasturiy mahsulotlar eksportini yo’lga
qo’yish, axborot xizmatlari bozorini shakllantirish;
ma’lumotlarni uzatish milliy axborot hisoblash tarmog’i, davlat xizmati va tuzilmalari
idoraviy tarmog’i, vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlar, xususiy va tijorat lokal
axborot tarmoqlarini, ilmiy texnikaviy fanlar
avtomatlashtirilgan ish o’rinlarini yaratish va rivojlantirish;
Axborot tizimlarining eng yangi modellarini yaratish sohasidagi fundamental va
amaliy tadqiqotlarni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – ma’lumotlarni o’zida to’plash,
saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish vositalari orqali barcha sohalarda keskin
rivojlanishga imkon yaratib beruvchi texnologiyalar. Bu texnologiyaning asosini axborot
(informatsiya) va ularni qayta ishlash vositalari (asosan kompyuterlar) tashkil qiladi. Bu
texnologiyadan hozirgi vaqtda deyarli barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. Shu
jumladan ta’lim tarbiya jarayonida ham. Bu texnologiyadan ayniqsa ta’lim jarayonida
boshqa sohalarga nisbatan samaraliroq foydalanish imkoniyatlari mavjud va dunyo
miqyosida keng tadbiq etilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish kabi
zamonaviy tarmoqlar taraqqiyotida, xizmat ko’rsatish, xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy
sohalar, ilm-fan va texnikani rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda jamiyatni
yuqori texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz, global tarmoqqa ulanmasdan va axborot
resurslaridan foydalanmasdan rivojlantirib bo’lmaydi. Ular ijtimoiy hayotning ajralmas
qismi va mamlakat taraqqiyotining mezoniga aylanmoqda.
|
| |