2. Innovatsion texnologiyalar




Download 25,47 Kb.
bet1/6
Sana18.01.2024
Hajmi25,47 Kb.
#140283
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12.MUSTAQIL ISH 1


Donni qayta ishlashda innovatsion texnologiyalar

Reja:


1. Sanoatni rivojlanishida fan-texnikaning o’rni

2. Innovatsion texnologiyalar


3. Ishlab chiqarishdagi integratsiya jarayonlari
4. Donni qayta ishlashda innovatsion texnologiyalarning faoliyati

1. Sanoatni rivojlanishida fan-texnikaning o’rni
Fan – bu taraqqiyotni anglatadi. Ilm-fanni rivojlantirmay Vatan kelajagi to’g’risida gapirish qiyin. Hozirgi davrning eng muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu milliy iqtisodiyotning barcha sohalarda chuqur keskin o’zgarishlar, hosil qilayotgan fan va texnikaning shiddatli rivojidir.
Fan-texnika taraqqyoti – bu, juda murakkab va ko’p qirrali jarayon. U ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o’z ichiga oladi. Shu sababli ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi.
Texnika taraqqiyotining asosini fan, ilmiy bilimlar tashkil etadi. Xo’sh, fan nima?
Fan – inson faoliyatining ma’lum sohasi. U shunday sohaki, voqea-hodisalar haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo’lga solinadi. Fan – ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir.
Fan yoki ilm – bu, o’qish, o’rganish va hayotiy tajriba asosida fikrlanadigan bilim va malakalar majmuasidir. Uning asosiy vazifasi, avvalo, voqea va hodisalarni, shu jumladan, texnik va texnologik hodisalarni tasvirlash, tushuntirish, oldindan aytib berish, bashorat qilishdan iborat.
Texnika – bu, eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng ma’noda esa, u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarining yig’indisidir.
U ishlab chiqarish kuchlarining eng faol elementi hisoblanadi.
Texnologiya (yunoncha «techue» – san’at, mahorat, uddalash va logiya) – ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xomashyo, material yoki yarimfabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini o’zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuyidir.
Fan-texnika taraqqiyoti juda murakkab jarayon bo’lib, ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. Fan va texnikani bir-biridan faqat shartli ajratib ko’rish mumkin. Aslida esa ular yonmayon turadi. Shu sababli «Fan-texnika» atamasi ko’p ishlatiladi.
Fan-texnika taraqqiyotining asosini ilmiy bilimlar tashkil etadi. Ilm va bilim asosida yangi texnika va texnologiya yaratiladi, eskilari esa takomillashadi.
Fan-texnika taraqqiyoti – bu, mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng yangi xomashyosi va materiallarini, yoqilg’i va energiyaning, texnologik jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va hammasini yangidan yaratishni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan ishlovchilarning umumiy ma’lumotini, mahoratini uzluksiz sistematik rivojlantirish va takomillashtirish ham fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati bilan chambarchas bog’liqdir.
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalar umumjamiyat miqyosida, xalq xo’jaligi, uning tarmoqlari, korxona (firma)larda va tashkilotlar miqyosida xam hisobga olinishi mumkin.
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat:

  1. tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xomashyo va

materiallarni, yoqilg’i, elektr energiyasi va h.k. larni tejash);

  1. ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni

yengillashtirish;

  1. mehnatning mazmuni va xarakterini o’zgartirish;

  2. ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada yuqori darajaga ko’tarish.

Fan va texnikaning ijtimoiy-iqtisodiy vazifa ularning rivojlanishi hisobga olinmasdan turib hal qilinishi mumkin emas. Buyuk davlatni qurish, iqtisodiy o’sishni izchil olib borish, ishlab chiqarish taraqqiyotini tezlashtirishni ilm-fansiz mutlaqo tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’zbekiston Davlatining fan-texnika siyosati davlat va nodavlat tashkilotlari, mehnatkashlar jamoalari iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va tarbiyaviy chora-tadbirlarining, harakatlarining tizimi bo’lib, bular fanni rivojlantirish uchun, uning yutuqlarini yangi texnika va texnologiyada mujassamlashtirish hamda ana shu negizda mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini sifat jihatidan og’ishmay takomillashtirib borish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgandir. Fan-texnika siyosatining mohiyati ana shundan iborat.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika siyosati umumdavlat siyosati sifatidagina samarali amalga oshirilishi mumkin bo’lib, butun tarkibiy qismlari, shuningdek, uni amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning butun faoliyati strategik maqsadga bo’ysundirilgan.
Fan-texnika taraqqiyotining mazmuni va maqsadlarini davlat iqtisodiy siyosatining mushtarak (umumiy) vazifalari, shuningdek, bozor iqtisodiyotining u yoki bu bosqichi aniq tarixiy sharoitlari belgilab beradi. Fan-texnika rivoji darajasining, bu borada hal etiladigan vazifalarni chuqur ilmiy umumlashtirish asosida davlat fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini ta’riflaydi hamda ularni amalga oshirish uchun optimal shart-sharoitlarni ta’minlovchi tadbirlar ishlab chiqadi.
O’nlab ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurtlari, yuzlab loyiha-konstruktorlik tashkilotlari tadqiqotlar olib bormoqdalar, yangi texnika va texnologiyalarni yaratmoqdalar. Hozirgi ilmiy tadqiqot institutlari eng mukammal texnika bilan jihozlangan va yuksak malakali ilmiy kadrlar qorishmasidan iboratdir.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini yuqori darajaga ko’tarish fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni yanada izchil, yanada qat’iyat bilan olib borishni talab etadi. Ayni chog’da ilmiy-texnika rivojining yutuqlarini ishlab chiqarishda ro’yobga chiqarish mexanizmini takomillashtirish hozirgi bosqichda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning hal qiluvchi omili ekanligi davlat siyosatining eng muhim qoidasi hisoblanadi. Ana shu mexanizmni takomillashtirish fan-texnika taraqqiyotini tashkil etish va boshqarish, rejalashtirish va bashoratlash, mablag’ bilan ta’minlash va rag’batlantirish kabi elementlarni o’z ichiga oladi.

Download 25,47 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 25,47 Kb.