Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash




Download 25,47 Kb.
bet4/6
Sana18.01.2024
Hajmi25,47 Kb.
#140283
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12.MUSTAQIL ISH 1

Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash
Yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini aniqlash kerak. Shu sababli yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish asosida xalq xo’jaligida, jumladan, sanoat ishlab chiqarishida yuqori ko’rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur.
Texnik tadbirlarning asosiy guruhlari quyidagilardan iborat:

  1. mashina va mexanizmlar, jihozlar va asboblarning yangi hamda takomillashgan turlari va konstruksiyalari;

  2. xomashyo, materiallar, yoqilg’i va energiyaning yangi turlari;

  3. texnologik jarayonlarning yangi va takomillashgan turlari;

  4. mahsulotning kimyoviy va fizik xossalarini, parametr va assortimentlarini yaxshilash;

  5. texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomat-

lashtirish;

  1. jihozlarni modernizatsiyalash;

  2. bino va inshootlarning yangi tiplarini yaratish;

  3. mehnatni tashkil etish va boshqarishning yangi va takomillashgan usullari;

  4. ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari.

Korxonalar, tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarda ishlab chiqarish sur’atini tezlashtirish, mahsulot hajmini ko’paytirish, uning sifatini oshirish, ishlab chiqarishning foydaliligini ko’tarish uchun fantexnika tarqqiyotini jadallashtirish kerak. Bu ish ma’lum choratadbirlarni amalga oshirish hisobiga bo’lishi mumkin. Chora-tadbirlar albatta, samarali bo’lishi kerak. Uni hisobga olmasdan, baholamasdan fan-texnika bo’yicha tadbirlar ishlab chiqarishga joriy etilmaydi.
Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi uslubiy qo’llanmalarda izohlab berilgan.
Ularga quyidagilar kiradi:

  1. kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo’yicha namunali (tipovaya) metodika;

  2. xalq xo’jaligida yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;

  3. korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalari boshqaruvining avtomatlashtirilgan tizimining iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi;

  4. boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi samaradorligini;

  5. mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni MIT bo’yicha tadbirchoralarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;

  6. atrof-muhitni muhofaza etish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash uchun vaqtinchalik metodika.

Undan tashqari, tarmoq vazifalari, ilmiy tekshirish institutlari, loyiha tashkilotlari, oliy o’quv yurtlari ham metodik materiallar tayyorlashlari mumkin.
Texnika taraqqiyoti, avvalo, yangi texnikani yaratish orqali amalga oshiriladi, ro’y beradi. Shu sababli yaratilgan va joriy etilayotgan texnika samarali yoki samarasizligini bilish, demak, samarani o’lchash va baholash kerak.
O’zbekiston Respublikasi juda katta fan-texnika salohiyatiga ega. Bu yerda: O’zbekiston FA va 400 dan ortiq ilmiy tadqiqot muassasasi tashkiloti bo’lib, ularda fan-texnika taraqqiyotining fundamental va amaliy muammolari tadqiq qilinadi, xususan, sanoat ishlab chiqarishiga uning ilmiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida ilmiy va amaliy yordam ko’rsatiladi.
Sanoatiga xorijiy mamlakatlarning fan va texnika sohasidagi tajribalarini olib kelish hamda ularni joriy etish masalasiga juda katta e’tibor berilmoqda. Keng ko’lamda globallashuv jarayoni kechayotgan bugungi kunda olimlarning yutuqlari tijoratlashib bormoqda va hozirgi paytda dunyo bozoridagi eng qimmat mahsulot turlaridan biriga aylanmoqda.

Download 25,47 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 25,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash

Download 25,47 Kb.