• Mustaqil ish
  • KOMPYUTER TARIXI
  • Mamlakat rivojini zamonaviy kompyuter va texnologiyalarsiz tasavvur qilish mushkul. Ilm-fan taraqqiyoti hamda sohalarning rivojlanishida ular alohida ahamiyat kasb etadi




    Download 35,81 Kb.
    bet1/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi35,81 Kb.
    #245112
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Abduqayumov A KT




    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
    "Kompyuter injiniring" fakulteti
    "Kompyuter tizimlari" kafedrasi
    "Kompyuterni tashkil etish" fanidan


    Mustaqil ish

    Mavzu: Kompyuter avlodlari, ularning farqini texnik tahlil qilish


    Bajardi: DI-22-12-guruh
    Talabas:Abduqayumov A.
    Qabul qildi: Norqulov.A
    SAMARQAND – 2024
    MAVZU: Kompyuter avlodlari, ularning farqini texnik tahlil qilish


    REJA:



    1. Kompyuter tarixi

    2. Kompyuter avlodlari

    3. Kompyuterning beshinchi avlodi(Sun’iy intelekt)



    KOMPYUTER TARIXI

    Mamlakat rivojini zamonaviy kompyuter va texnologiyalarsiz tasavvur qilish mushkul. Ilm-fan taraqqiyoti hamda sohalarning rivojlanishida ular alohida ahamiyat kasb etadi. Kompyuterlar axborotni aniq maqsad yo‘lida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarini tubdan o‘zgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beribgina qolmay, hozirgi kun talabiga mos darajada rivojlanishimiz zarurligi kabi bir qator vazifalarni qo‘ymoqda.


    Kompyuter so‘zi ingliz tilidagi “to compute”, “computer”, so‘zlarining hosilasi bo‘lib, ular “hisoblash”, “hisoblagich” deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu so‘z, mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko‘magisiz arifmetik hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning ma’nosi mashinalarning o‘ziga ko‘chirildi, biroq, zamonaviy kompyuterlar matematika bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab masalalarni ham bajaradilar.
    XX asrning 90-yillaridan boshlab, kompyuter atamasi elektron hisoblash mashinalari (EHM) atamasini amalda siqib chiqardi. Kompyuter bu - turli hajmdagi, har xil ko‘rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.
    1943-yilda AQSh armiyasi buyurtmasiga ko‘ra, Pensilvaniya universiteti olimlari Djon Mochli va Prespera Ekerta tomonidan elektron lampalar asosida boshqa EHMni yaratgan. Uning nomi ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer - Elektron raqamli integrator va kompyuter) bo‘lib, keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirish uchun qayta dasturlash mumkin bo‘lgan ilk elektron hisoblagich yaratildi. Og‘irligi 30 tonna, uzunligi 30 metr bo‘lib, tarkibida 18 ming elektrolampalar bor edi. Mashinada 1950-yilda birinchi muvaffaqiyatli raqamli ob-havo prognozi ishlab chiqilgan.



    Download 35,81 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 35,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mamlakat rivojini zamonaviy kompyuter va texnologiyalarsiz tasavvur qilish mushkul. Ilm-fan taraqqiyoti hamda sohalarning rivojlanishida ular alohida ahamiyat kasb etadi

    Download 35,81 Kb.