|
Mavzu: Tabiiy fanlar (Science) boʻyicha oʻquvchilar bilimlarini baholash Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 88,14 Kb. | | #272118 |
Bog'liq OJdBo1nQUm5bnpZMMIXQhNeMEhkexlC2yj9moLLe
Mavzu: Tabiiy fanlar (Science) boʻyicha oʻquvchilar bilimlarini baholash
Reja:
1. Siz odatda nimani baholaysiz (bilim, ko‘nikma, malaka)?
Siz o‘quvchilarni qanday baholaysiz?.
3. Nima uchun (nima sababli) o‘quvchilarni baholaysiz?
Baholash nima?
Baholash – biron-bir domenning (bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar majmuyining) ta’lim oluvchilarda (test topshiruvchilarda) shakllanganlik darajasini o‘lchash jarayoni.
Formativ (shakllantiruvchi, joriy) baholash - o‘quvchilarning yutuqlarini yaxshilash uchun, o‘qitish va o‘quv faoliyatini o‘zgartirish maqsadida o‘qitish jarayonida doimiy ravishda o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan norasmiy baholash jarayoni.
Formativ baholashda natijalar norasmiy deb olinadi, o‘qitish jarayoniga o‘zgartirish kiritish imkonini beradi, qayta aloqa mavjud bo‘ladi.
Formativ baholash odatda o‘rganish uchun baholash (assessment forlearning) deb yuritiladi.
O‘qituvchi formativ baholashni o‘qitishni o‘z vaqtida tuzatishi, rejalashtirishga o‘zgartishlar kiritishi uchun, o‘quvchilar esa bajarilayotgan ishning sifatini yaxshilash uchun qo‘llaydilar. Bunda o‘quvchining asosan qobiliyat darajasi emas, konkret ishi baholanadi.
Formativ baholash o‘quv jarayonida amalga oshiriladi va uning maqsadi ta’lim jarayonini yanada yaxshilashdir.
Formativ baholash orqali quyidagi maqsadlarga erishiladi:
-o‘quvchilar diqqatini o‘rganishning takomillashtiriladigan jihatlariga qaratilishini ta’minlash;
-o‘quvchilarning kuchli tomonlarini ajratib ko‘rsatish va ularni yanada yaxshiroq ishlashga undash;
-o‘quvchilar individual ravishda qanchalik yaxshi ishlashini ko‘rsatish;
-o‘quvchilarni o‘z ta’limi uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga undash;
- o‘quvchilarni o‘rganishda birgalikda ishlashga motivlash va ularning harakatlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
-o‘quvchilarga baholash mezonlarini tushunishga yordam berish;
o‘quvchilar uchun maslahat berish va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
- keyingi mashg‘ulotlar uchun o‘quvchilarni oldindan tayyorlash;
- ota -onalar va vasiylarni farzandining ta’lim olishiga jalb qilish.
|
| |